|
Yacheykadagi ma’lumoтlar bilan ishlash
|
bet | 62/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Yacheykadagi ma’lumoтlar bilan ishlash.Yacheykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o’chirish uchun yacheykani faollashtirib, DELEТE tugmasini bosish yetarli bo’ladi. Bir necha yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish uchun esa, tozalanishi kerak bo’lgan yacheykalar ajratiladi, so’ng DELEТE tugmasi bosiladi.
Eslatma: yacheykani faollashtirish deyilganda jadval kursorini kerakli jadval ichiga olib o’tish tushuniladi.
Yacheykadagn ma’lumotlarni almashtirish
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish uchun yacheykani faollashtirib, yangi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma’lumotlar o’chirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida yacheykaningoldingi qiymati bilan yangi qiy-mati almashadi, lekin bichimlash atributlari bu yacheykada sakqlanib qoladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash
Agar yacheykadagi ma’lumotlar ozchilikni tashkil etsa, yangi ma’lumotlar kiritish yo’li bilan ham almashtirib ketish mumkin. Ammo yacheykada joylashgan ma’lumotlar uzun matn yoki murakkab formula bo’lsa va unga unchalik katta bo’lmagan o’zgartirishlar kiritilishi - kerak bo’lsa, yacheyka ichidagi ma’lumotlar tahrirlanadi. Barcha ma’lumotlarni qayta kiritish talab qilinmaydi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash quyidagi uch usulda olib boriladi:
• Sichqoncha ko’rsatkichini yacheykaga keltirib, chap tugmasi ikki marta tezlikda bosiladi. Bu usul ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri tahrirlash imkonini beradi.
• Ғ2 tugmasini bosish orqali. Bu ham yacheykadagi ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri tahrirlash imkonini beradi.
• Тahrirlash kerak bo’lgan yacheykani faollashtirish va sichqoncha ko’rsatkichi yordamida kursorni formulalar qatoriga keltirib tahrirlash. Bu ma’lumotlarni formulalar qatoridan turib tahrirlash imkonini beradi.
Ma’lumotlarni tahrirlashda yuqorida keltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin. Ayrim foydalanuvchilar yachsykadagi ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri tahrirlash usulidan, ayrimlari esa formulalar qatoridan turib tahrirlash usulidan foydalanadilar.
Bu barcha qilingan ishlar formulalar qatoridagi uchta tugma (piktogramma) paydo bo’lishiga olib keladi.
Kiritilgan o’zgartirishlar tugmasini bosish bilan tasdiqlanadi.
Agarda oldingi holatga qaytmoqchi bo’linsa | tugmasi bosiladi.
• Ishchi jadvaldagi formulalar bilan ishlashda f(x) tugmasidan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.
Yacheykalarni tahrirlash oddiy holatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori matn kursoriga aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin bo’ladi. Siz tahrir qilingandan keyin oldingi holatga qaytmoqchi bo’lsangiz, «Pravka» (Тo’g’rilash) — «Otmenit» (Bekor qilish) buyrug’ini yoki Ctrl+Z, tugmalarini barobar bosing. Shunda yacheykadagi boshlang’ich ma’lumotlar qayta tiklanadi. Ma’lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni bajarmasdan tezlikda qilinishi kerak. Aks holda. ya’ni boshqa ma’lumotlar kiritilsa yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orqaga qaytish amalga oshmaydi.
Nusxa ko’chirish
Ayrim hollarda bir yacheykadagi ma’lumotlarning nus-xasini boshqa yacheykaga yoki diapazonga o’tkazishga to’g’ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash buyrug’i orqali amalga oshirish mumkii.
Nusxa ko’chirish bir necha usul_da amalga oshiriladi.
• Yacheykadagi ma’lumotlarni boshqa yacheykaga ko’chirish.
• Yacheykadan ma’lumotlarni diapazonga ko’chirish. Bunda belgilangan diapazonning har bir yacheykasida ko’chirilayotgan yacheyka ma’lumotlari hosil bo’ladi.
• Diapazondan diapazonga ko’chirish. Diapazon o’lchamlari bir xilda bo’lishi kerak.
Yacheykadan nusxa ko’chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o’zgaruvchilar bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko’chiriladi.
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nusxa ko’chirish uchun yacheyka yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko’chirish.
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo’lgan diapazonga o’tkazish va buferga ko’chirilgan ma’lumotlarni unga qo’yish.
Olingan nusxa tegishli yacheyka yoki diapazonga quyilgandan keyin Microsoft EXCEL bu yacheykadan ma’lumotlarni yo’qotadi. Shuning uchun agar yacheykadagi oldingi axborotlar zarur bo’lsa darhol «Pravka»(Тo’g’rilash) —“Otmenit” (Bekor qilish) buyrug’ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini ba-ravar bosish kerak.
Uskunalar paneli yordamida nusxalash
Nusxa ko’chirish amalini bajarish uchun standart uskunalar panelida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bular nusxalanayotgan ma’lumotlarni cho’ntakka olish (buferga nusxa olish) va cho’ntakdan chiqarish (buferdan nusxani chiqarish) tugmalaridir, ya’ni
Kopirovat v bufer va Vstavit iz bufera
Agar sichqoncha ko’rsatkichi cho’ntakka olish krpirovat v bufer [(Buferga nusxa olish) tugmasiga olib kelgan holda bosilsa, ajratilgan yacheykadagi ma’lumotlar cho’ntakka olinadi. Shundan sung qo’yiladigan yacheyka faollashtirilib, cho’ntakdan chiqarish Vstavit iz bufera (Buferdagi nusxani qo’yish) tugmasiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelib bosiladi.
|
| |