|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 70/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Animatsiya-bu ob’ektlar kameralar yorug’lik manba’larini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga esa bo’lgan vazifa yoki topshiriqdir. Hozirgi paytda kompyuterli grafika vositalarini qo’llashni ushbu soxasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Animatsion grafika o’zida rang tasvir va illyustrativ grafika(mashinaviy tasvirlar illyustrativ matnlar chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega.
Televizorimiz ekranida har kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli multfilmlarning ko’pchiligi ana shu animatsion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disney studiyasi tomonidan bundan 50 yil muqaddam yaratilgan «Oqqiz va yetti gnomlar» multfilmi birinchi animatsion tasma bo’lgan yoki 1991-yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan «Soxibjamol va maxluq» multfilmini ko’pchiligingiz sevib tomosha qilasiz.
Animatsion effektlarni qo’llash uchun bichimlash uskunalari panelidagi
( ) tugmachasi bosiladi. Natijada quyidagi «Еффекты анимации»(Animatsiya effektlari) uskunalar paneli hosil bo’ladi.
Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz.
1.Sarlavxa animatsiyasi. Bunda animatsiya nomi yoziladi.
Анимация заголовок
-
2. Slayd matnlarining animatsiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda namoyish etadi.
Анимация текста слайдп
3.Kirish effekti bu piktogrammaga sichqoncha ko’rsatkichi keltirib bosilgandan so’ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo’ladi.Ya’ni , belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta’minlanadi.
Еффект въезда
4.Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini
ta’minlaydi.
Еффект полета
5.Kamera effekti.Namoyish slaydining tasvirini ta’minlaydi.
Еффект камеры
6.Portlash effekti.Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda 1marta hosil bo’lib,yuqolish xolati ta’minlanadi.
Вспышка
7.Lazerli effekt.Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini turli tomonlardan uchib
tushish parametrlarini o’zgartirish piktogrammasidir.
Лазерные еффект
8.Yozuv mashinkasi animatsiyasi.Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi hosil bo’ladi.
Пишущая машинка
9.Otib tushirish effekti.Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi.
Вбрасывание
10. Animatsiyalarni sozlash. Bu piktogramma animatsiyalar parametrlarini o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
Настройка анимации.
Eslatma : Animatsiya effektida ishlash uchun :
animatsion effekt qo’llanilishi kerak bo’lgan ob’ekt belgilanadi;
tanlangan animatsion effekt tugmacha (piktogramma)si bosiladi.
|
| |