|
Power Point dasturida slaydlar va struktura rejimida ishlash
|
bet | 71/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Power Point dasturida slaydlar va struktura rejimida ishlash
Power Point dasturining slaydlar rejimida slayd yaratish, uning belgisini o’zgartirish, slayd matnini terish, tahrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini o’zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin.
Slaydga matn kiritish va uni tahrir qilish 2 usulda amalgam oshiriladi:
matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bo’lgandan so’ng matn klaviatura orqali kiritiladi;
sichqoncha ko’rsatkichi “A”tugmasiga olib kelinib bosiladi va kerakli sohaga matn kiritiladi.
Slaydlarni kichraytirish uchun matn bloki tanlanadi yoki ob’ekt va tanlash markeri chegaralari tanlanadi.
O’zgartirish kiritish uchun sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi. Ekranda yordamchi menyu hosil bo’ladi. Menyudan kerakli rejim tanlab olinadi.
Slaydlarni belgilashni qo’llab rasm, diagramma, jadval yoki WINDOWSning ixtiyoriy ob’ektini qo’yishni mo’ljallab slayd tanlash mumkin. Buning uchun «Файл» menyusidan «создать» buyrug’I tanlanadi.
Struktura rejimida ishlash. “Struktura rejimiga o’tish” piktogrammasi ishga tushirilganda, tartiblangan har bir slaydning matn va rasm ko’rinishlari yoziladi. Shundan so’ng Struktura rejimida muloqot darchasi quyidagicha ko’rinishni oladi.
Bu rejimda matnli ma’lumotlarni kiritish, taqdimotturkumini boshqarish mumkin. Shundan so’ng bu muloqot darchasida gorizontal menyudagi «Показ слайдов»bo’limidan «Показ»buyrug’I tanlanadi. Slaydlarning struktura rijimida ish yuritilayotganda slaydlarga turli amallar va keyingisga o’tkazish ishlarini bajaruvchi tugmachalar darchaning chap qismida paydo bo’ladi.
Power Point dasturida maxsus effektlarni o’rnatish
Maxsus effekt — taqdimot qilishda bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma-ketligi belgilash. Animatsiya-ob’ektlar, kameralar, yorug’lik manba’larini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga ega bo’lgan vazifa yoki topshiriq.
Maxsus effektlarni o’rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funksiyani bajarish uchun Power Point dasturining «Slaydning o’tishi» («Переход слайда») nomli muloqot darchasi bo’lib, u gorizontal menyudagi quyidagi buyruqlar orqali ishga tushiriladi.
Bu buyruqlar bajarilgandan so’ng ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynada ish yuritish, yani bir slayddan boshqa slaydga o’tish ikki xil usulda olib boriladi:
1 Sichqoncha tugmasini bosish orqali. Bunda oynaning chap pastki qismidagi «Продвижение» (harakatlanish) darchasidagi «по шелчку» oldiga belgi qo’yiladi
2 Avtomatik ravishda (belilangan vaqtdan keyin). Buning uchun 1-usuldagi ish takrorlanadi, faqat «Продвижение» (harakatlanish) darchasida «автоматически после» oldiga belgi qo’yiladi va unining tagida slaydlarni almashinish daqiqasi kiritiladi. Shundan so’ng «Применит ко всем» (Barcha slaydlarga qullash} yoki joriy (ish yuritayotgan) faylning slaydlarini almashtirish uchun «Применит» (Qo’llash) buyruqlari tanlanadi.
|
| |