|
«Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) bilan ishlash
|
bet | 58/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) bilan ishlash
“Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni hosil qilishda EXCEL qo’shimcha ko’rsatmasiz, qabul qilingan turini quradi. Agar" «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) qo’llanilsa, unda EXCEL bir nechta turini tanlab olish imkoniyatini beradi.
«Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ning muloqot darchasining umumiy ko’rinishi quyidagicha «Master diagramm» yordamida joriy qilingan diagrammalar qurish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
• Diafamma uchun kerakli ma’lumotlar ajratib olinadi va «Vstavka» (Qo’yish)—«Diagramma» buyruqlari tanlanadi.
• Diagramma uchun kerakli ma’lumotlar ajratib olinib, sichqoncha ko’rsatkichi «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasiga olib kelinadi va bosiladi.
Ma’lumotlarni ajratib olishda diapazonga qator va ustun sarlavhasi kabi elementlarni ham kiritish tavsiya etiladi.
Ma’lumotlar ajratib ko’rsatilgandan so’ng «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ishga tushiriladi.
1. Agar «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi)ni ishga tushirish oldidan yacheykalar diapazoni belgilangan bo’lsa, unda diapazon manzili Diapazon maydonchasida hosil bo’ladi. Aks holda diagramma uchun ma’lumotlarni o’z ichiga olgan yacheykalar diapazoni ko’rsatilishi zarur. Dia-pazonni ko’rsatish qo’lda yoki to’g’ridan-tug’ri varaqda ko’rsatilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
2. Ikkinchi bosqichda tuzilayotgan diagrammaning asosiy ko’rinishini aniqlash kerak. Diagrammalarning asosiy ko’rinishlari 15 ta bo’lib, ular shartli belgilar, piktogrammalar ko’rinishida keltirilgan.
3. Bu bosqichda tanlab olingan diagrammalarning turli ko’rinishlari ko’rsatiladi.
4. Тo’rtinchi bosqichda ma’lumotlar guruhini tanlab olish (satrda, tugmachada) va qanday ma’lumotlarni sarlavha sifatidaolish kerakligi ko’rsatiladi. Namuna darchasida siz diagrammalar ko’rinishlarini nazorat qilib borishingiz mumkin.
5. Beshinchi bosqichda nomlar mazmuni va koordinata o’qlarining mazmuni aniqlashtiriladi.
Alohida varaqsa yangi diagramma yaratish uchun ma’lu-motlar ajratib olynib, Ғ11 tugmasi bosiladi. Natijada yangi diagramma varag’i hosil bo’ladi va alohida ko’rsatma-siz yaratiladigan diagramma ko’rinishi hosil bo’ladi. Diagramma asosiy belgilangan diapazon ma’lumotlaridan tuziladi va bunda «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ishtirok etmaydi.
|
| |