|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 57/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Nazorat savollari.
1. EXCEL da funksiya nima?
2. Funksiyalar qanday ishlarni bajarish imkonini beradi?
3. Funksiyalarni ishlatish usullari qanday?
4. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) nima ish bajaradi?
5. «Master funksiy» (Funksiyalar ustasi) bilan funksiyalar qanday kiritiladi?
6. Formula nima? Uyacheykalarga qanday kiritiladi?
7. Formulalar qanday elemertlardan tuziladi?
8. Yacheykaga formulalar kiritishning necha usuli mavjud?
9. Yacheykalardagi ma’lumotlar boshqa ishchi jadvallarga qanday o’tkaziladi?
10. Boshqa ishchi kitob yacheykalariga ma’lumotlar o’tka-zish uchun qanday bichimlardai foydalaniladi?
18-amaliy ish. MS Excel dasturida diagrammalar bilan ishlash
Ishning maqsadi: Excel dasturiga kiritilgan sonli ma’lumotlarni grafik ko’rinishda ifodalash va ular bilan ishlash ko’nikmasini oshirish.
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: DIAGRAMMALAR BILAN ISHLASH
Diagrammalar grafiklar deb ham ataladi. Ular elek-tron jadvallarning ajralmas qismidir. Diagramma - sonli jadval ko’rinishida berilgan axborotlarni ko’rgazmali namoyish etish usulidir.
Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varag’iga bir necha son kiritiladi, so’ng diagramma tuzishga kirishiladi..Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan bo’la-di. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarniko’p sonli ishchi varaqlar va hatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin.
EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud:
1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo’yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.)
2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag’ida diagramma qo’yish. Diagramma varag’i ishchi kitobning varag’idan bitta diagrammani saqlashi va yacheykalari bo’lmaganligi bilan farq qiladi.
Agar diagramma varag’i faollashtirilsa, unda EXCEL menyusi u bilan ishlash uchun mos holda o’zgaradi.
Diagrammani joylashtirish usullaridan qati nazar, diagramma qurish jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o’zgartirish, shkala masshtabini o’zgartirish, to’r (setka) chiziqlariga qo’shimchalar kiritish va boshqa elementlarni qo’llash mumkin.
EXCEL diagrammasi ishchi jadval varag’ining ma’lumotlari bilan bevosita bog’liq. Ishchi jadval varag’idagi ma’lumotlar o’zgartirilsa, tezda ularga bog’liq bo’lgan diagramma chiziqlari o’zgaradi.
.Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud: chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi va boshqalar. EXCELda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni ham aks ettiradi. Masalan, bargli, halqasimon va h.k.
Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o’zgarmas holatda bo’lmaydi, balki har doim uning shaklini o’zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo’shish, yangi ma’lumotlar to’plami bilan to’ldirish, mavjud ma’lumotlar to’plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalanadigan qilib ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Boshqa grafik ob’ektlar kabi diagrammalarni bir joy dan ikkinchi joyga ko’chirish ham mumkin. Uning o’lchamlarini, nisbatlarini o’zgartirish, chegaralarini to’g’rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin. Joriy qilingan diagrammaga o’zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha ko’rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo’ladi. Bunda diagrammalar faollashib, EXCEL menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko’rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga joylashtirish mumkin
Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda bir nechta diagramma tuzmoqchi bo’lsangiz, unda har birini alohida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko’rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul qurilgan diagrammalarni tezda topish imkol-nini beradi, chunki bu holda diafamma varag’ining muqova yorlig’iga mos nomlar berish mumkin.
|
| |