O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari




Download 267,86 Kb.
bet13/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

quyoshda chiniqish. quyosh nuri, avvalo ultrabinafsha nurlar organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ta’siri ostida markaziy nerv sistemasining tonusi ko‘tariladi, terining muhofaza qilish funksiyasi yaxshilanadi, ichki sekretsiya bezlarining faoliyati aktivlashadi, terida “D” vitamini paydo bo‘ladi. Bular bari odamning ish qobiliyatini oshiradi va uning umumiy kayfiyatini yaxshilaydi, bundan tashqari quyosh nuri turli kasal tarqatuvchi mikroblarga qiron keltiradi.
quyosh nurlari faqat muayyan dozada qabul qilingandagina organizmga ijobiy ta’sir etadi. quyosh nuridan mohirona foydalana bilmaslik natijasida kishi foyda ko‘rish o‘rniga o‘ziga tuzalmaydigan kasallik orttirib olishi mumkin, quyosh nurini suiste’mol qilinishi nerv sistemasini, yurak-qon tomir a’zolari va organizmning boshqa sistemalarini jiddiy ravishda ishga yaroqsiz qilib qo‘yishi mumkin.
quyosh nuriga asta-sekin o‘rganib, uning energiyasidan ongli ravishda, me’yorini bilib foydalanilgandagina u organizmni mustahkamlashi va uning hayotiy faoliyatini aktivlashtirishi mumkin. Ayrim kasalliklarga chalinganda quyosh nurida chiniqish mumkin.
quyoshda chiniqishni havo iliy boshlagan dastlabki kunlardan boshlab, uni butun yoz mobaynida davom ettirish lozim. Basharti, quyosh vannasi qabul qilish kechikib boshlangan bo‘lsa, aytaylik, bu ishga yozning o‘rtalarida kirishilgan bo‘lsa, uni qancha vaqt davom ettirish va quyosh radiatsiyasi ta’sirini orttirib borishga ayniqsa extiyot bo‘lib borish kerak. Shuningdek, yozgi mavsumda, shimoldan janubga qarab sayohat qilgan vaqtda ham extiyotkorlik talab qilinadi.
quyosh vannalarini yer va havo nisbatan kam qizigan va issiqqa hali chidash mumkin bo‘lgan ertalabki soatlarda qabul qilgan ma’qul. Mamlakatimizning janubiy rayonlarida yoz mavsumida ertalab soat yettidan o‘ngacha, uning o‘rta qismida esa sakkizdan o‘n birgacha qabul qilgan ma’qul. Bahor va kuzda quyosh vannalari uchun soat 11 dan 14 gacha eng yaxshi vaqtdir.
quyosh vannalarini quyosh nuri tik tushib turgan va kuchli shamollardan himoyalangan har qanday joyda ham qabul qilish mumkin. Chiniqishni shahar tashqarisida suv havzalarida boshlagan ma’qul, chunki bu yerlarda havoning harorati boshqa joylarga nisbatan pastroq va havo harakati esa ko‘proq bo‘ladi, bu tanadan issiqlik ajralib chiqishini yaxshilaydi. Buning ustiga toblangandan so‘ng havo muolajalarini o‘tkazish mumkin.
quyoshda jamoa bo‘lib o‘tkazishni solyariyalarda, ya’ni maxsus jixozlangan maydonchalarda amalga oshiriladi. Bunday joylarga quyosh yaxshi tushib turadigan bo‘lishi, havoning xarakati uchun hamma tomon ochiq bo‘lishi lozim. Yaxshilab jihozlangan solyariyada quyosh vannasi qabul qilish uchun maydoncha, dam olish uchun soya joy, qayta kiyinib olish uchun kabinalar bo‘lishi zarur. Bundan tashqari u yerda dush, bufet, hojatxona, tibbiyot va ma’muriy xodimlar uchun xonalar bo‘lmog‘i shart.
quyosh vannalarini ovqatlangandan keyin oradan 30-40 minut o‘tgach, qabul qilish tavsiya etiladi. Ertalab nahorda va bevosita ovqatlanishdan oldin quyoshda chiniqish maqbul emas.
quyoshda chiniqishni chalqancha yotgan holda ham, harakat qilib turib o‘tkazish ham mumkin. Yog‘och karavot ustida yoki yerga biron narsa tashlab chalqancha yotib isinish, oyoqlarni quyosh tomonga uzatish kerak. Boshga oq narsa o‘rab olish yoki zontik tutib yotish lozim.

Download 267,86 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Download 267,86 Kb.