• Qo‘llarni parvarish qilish
  • O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari




    Download 267,86 Kb.
    bet16/24
    Sana14.02.2024
    Hajmi267,86 Kb.
    #156459
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
    Bog'liq
    O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

    Terini parvarish qilish muhim gigienik ahamiyatga egadir. Tanani parvarish deganda tana terisini hamda og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish bilan bog‘liq bo‘lgan gigienik tadbirlar tushuniladi. Sportchining salomatligi, uning ish qobiliyati va turli kasalliklarga chidamliligi ko‘p jihatdan teri to‘qimalarining holatiga bog‘liqdir, chunki teri juda ko‘p har-xil fiziologik funksiyalarni bajaradi. Agar teri yomon va noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning muhim funksiyalari buzilishi mumkin. Iflos teri odatda yiringli kasalliklarning sababchisi bo‘ladi.
    Terini parvarish qilishning negizi-bu butun gavdani issiq suvda sovunlab, bulut bilan muntazam ravishda,q har 4-5 kunda bir marta yuvib turishdan iboratdir.
    Shundan keyin ich kiyimlar almashtiriladi. Tananing ko‘proq kir bo‘ladigan joylarini, har kuni ertalab va kechqurun sovunlab yuvish zarur.
    Jismoniy mashq mashg‘ulotlarida teri anchagina kir bo‘ladi. Shuning uchun trenirovkadan keyin albatta issiq dush qabul qilish kerak. U faqat terini tozalab qolmay, shu bilan birga nerv va yurak qon tomir sistemalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi, modda almashinuvini oshiradi hamda kuch-quvvatni tiklash jarayonlarini yaxshilaydi. Dush qabul qilgandan keyin badanni yaxshilab artish va asosiy muskul guruhlarini yengil massaj qilish zarur.
    Qo‘llarni parvarish qilish alohida e’tibor berishni talab qiladi, chunki qo‘ldagi patog‘en mikroblar hamda gelmint tuxumlari qo‘l orqali oziq-ovqatlarga o‘tishi mumkin. Ayniqsa, tirnoqlar ostida juda ko‘p mikroblar to‘planadi. Turli ishlarni bajargandan keyin va ovqatlanishdan oldin qo‘lni albatta sovunlab yuvish kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qo‘llar qanchalik tez-tez yuvib turilsa, qo‘l terlari o‘z-o‘zini tozalashga shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Toza yuvilgan qo‘lning terisiga tushirilgan mikroblar oradan 10 minut o‘tgandan keyin 85% kamaygan, iflos teriga tushirilgan mikroblar esa oradan 20 minut o‘tgandan keyin atiga 5% ga kamaygan.
    Sportning ba’zi bir turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar qo‘llarining terisini alohida tarzda parvarish qilishlari kerak. Gimnastika, eshkak eshish, og‘ir atletika bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning qo‘llarida tez-tez qadoq paydo bo‘lib turadi. Bu qadoqlar jihozlarni uzoq vaqt ko‘tarib turishi uchun to‘qimalarning fiziologik vositasi hisoblanadi. qadoqning ortiqcha qatlamini extiyotkorlik bilan olib tashlash tavsiya etiladi. Mashg‘ulotlar boshlanishi oldidan va mashg‘ulotlardan keyin qo‘lni terisini yumshatish uchun glitserin yoki boshqa mazlardan surtish kerak.

    Download 267,86 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




    Download 267,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

    Download 267,86 Kb.