|
III.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini tarbiyalashda sog‘lom turmush tarzining axamiyati
|
bet | 18/24 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 267,86 Kb. | | #156459 |
Bog'liq O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari III.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini tarbiyalashda sog‘lom turmush tarzining axamiyati. 3.1. Sog‘lom avlod tarbiyasida sog‘lom turmush tarzi.
Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri-bu badan-tarbiyadir. Sog‘lom turmush tarzi va sog‘liqni saqlashda Abu Ali Ibn Sino asosan yetti narsaga e’tiborni kuchaytirish zarurligini uqtirib o‘tadi: bularga mijozning mo‘’tadil qilish, yoyiladigan va ichiladigan ovqatlarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to‘g‘ri tuzilishini saqlash, burun orqali olinadigan havoni yetarli va yaxshi olish, kiyimga e’tibor berish, jismoniy va ruxiy harakatlarning tartibga solish.
Mijoz elementlarning eng mayda bo‘laklaridagi qarama-qarshi kunlarning birbiriga ta’siri ma’lum bir chegara yetganda paydo bo‘lgan kayfiyatdir. Yuqorida aytib o‘tilgan elementlarning dastlabki turi to‘rt xil bo‘ladi: issiqlik, sovuqlik, xo‘llik va quruqlik. Umuman olganda, mijoz ikkiga bo‘linadi. Birinchi haqiqiy mo‘’tadil mijoz, bunday mijoz egasidagi qarama-qarshi kayfiyatlarning miqdorlari teng bo‘ladi. Ikkinchisida qarama-qarshi kayfiyatlar orasida mijoz mutlaqo o‘rtada bo‘lmay, ikki tomonning biriga, ya’ni sovuqlik yoki issiqlikka, xo‘llik yo quruqlikka yoki har ikkalasiga moyilroq bo‘ladi.
Olimlarning odam umirini uzaytirish, kasallikka duchor bo‘lishning oldini olish va sog‘lomlashtirishda yuqorida aytilgan elementlardan foydalanish yaxshi natijalar bergan edi. Afsuski, odamlar asta-sekin mijoz va boshqa tushunchalarni unuta boshladilar.
Mamlakatimizda erkaklarning o‘rtacha umri 65 yosh, ayollarniki esa 67 yoshga tushib ketgan bir vaqtda, bu ko‘rsatkich AQShda 73 va 77 yoshni, Yaponiyada esa 75 va 79 yoshni tashkil etadi. Erkaklarning barvaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab, keyingi paytda ularda yurak-qon tomir kasalligining nisbatan ko‘p ekanligidir.
Aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarining yuqori saviyada olib borilishi, Sog‘lom Turmush Tarziga e’tiborni kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish ko‘pgina mamkatlarda yurak hastaliklari bilan og‘rish ko‘rsatkichini ancha pasaytirdi. Amerika olimi Kennet Kuper tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar to‘plami-aerobika va sheyping ko‘p mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanib, ko‘pgina odamlarning sog‘lig‘ini mustahkamladi va yurak xastaliklari kasalliklarning oldini olishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilyapti. Inson ham aqlan, ham jismoniy baquvvat, chiniqqan bo‘lmog‘i lozim.
|
| |