Sog‘lom turmush tarzi - salomatlik kafolati




Download 267,86 Kb.
bet20/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

3.2. Sog‘lom turmush tarzi - salomatlik kafolati.


Yoshlar sog‘lom turmush tarzining shakllanishi har tomonlama garmonik yetuk, faol shaxsni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Sog‘lom turmush tarzi, eng avvalo, ishlarini oqilona uyushtirishni, hordiq chiqarishni, ovqatlanishni, jismoniy faollikni, shaxsiy gigiena qoidasini, oila ahilligini va zararli odatlarga barham berishni taqozo etadi. Nazariy va amaliy mehnat jarayonida Sog‘lom Turmush Tarzi katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda yoshlarda sog‘lom turmush tarzi shakllanishining ahamiyati yana ham oshib bormoqda. Yosh avlod har xil ta’sirlarga o‘ta beriluvchan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan olganda, bu davrda sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda zarur ongli shaxsiy faoliyat mukammallashadi. Bu sohadagi faoliyat kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasallikni va zararli odatlarning oldini olish imkoniyatini beradi.
Yosh avlod sog‘lom turmush tarzining shakllanishida buyuk rol o‘ynaydigan shaxsdir.
Mamlakatimizning kelajagi bugungi kunlarda o‘z fuqarolari uchun olib borilayotgan va ularning jismoniy faoliyatini kuchaytirish, ishchanligini oshirish, chiniqtirish va atrof muhitning oddiy va ekstremal ta’siriga moslashishini ta’minlashga qaratilgan tadbir va choralarining samaradorligiga bog‘liqdir. Inson sog‘liqi va me’yoriy jismoniy rivoji hayot kechirishining eng zarur shartidir va insonning o‘zi uchun zarur sifatidir. Sihat-salomatlik insonga uning o‘z ishini a’lo darajada bajarishga; uzoq umr ko‘rishiga, hayotiy zarur organlarning: qon aylanish, ovqat hazm qilish, suyak-pay tarmoqlarining, asab tizimlarining faoliyatini yaxshilashga undaydi. Har bir talaba faollik va sihat-salomatlik keksalikda kasallik va sust hayot kechirishdan, xushchaqchaq, kulib yurish-bo‘zrayib yurishdan afzalligiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Sihat-salomatlikning zarur shartlaridan biri inson harakati faoliyatini rivojlanganligidir. “Sihat-salomatlik” va “harakat” tushunchalari uzviydir. Shuning uchun ham qadimda “kuchli bo‘lay desang-yugur, aqlli bo‘lay desang-yugur, chiroyli bo‘lay desang-yugur” degan so‘zlar baland joyga, hamma ko‘radigan joyga yozib qo‘yilgan.
Har kim o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg‘ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. O‘z-o‘zini jismonan tarbiyalash zarurligini anglab o‘z organizmiga va sog‘lig‘iga e’tibor beradigan kishi o‘ziga mos mashqlar to‘plamlarini tanlashi kerak. Mashq to‘plamlari gavda tuzilishiga, u yoki bu jismoniy mashqlarga qiziqishiga, mijoziga bog‘liq holda tanlanadi. Charchash holati odatda kunning oxirida seziladi, buning sababi esa bosh miya qobig‘iga kelayotgan impulslarning, qonda qand moddasining, kislorodning kamayishi va nihoyat orrganizmda moddalar almashinuvi qoldiqlarining to‘planishi oqibatidadir. Charchash holatini bartaraf qilish usullari turlichadir. Birinchisi uzoq vaqt sust dam olish. Ikkinchi, maxsus medikament dorilar iste’mol qilish, ular bosh miya xujayralari faoliyatiga ta’sir qilib, zaiflantiradi. Uchinchi yo‘l eng samarali va xavfsiz-jismoniy zo‘riqish, yugurish suvda suzish, har xil gimnastika mashqlarini bajarish.
Mashqlar to‘plamini tanlashda mehnat faoliyati turiga e’tibor berish kerak. Ish faoliyatida kam xarakatda bo‘ladigan organlar ishini hisobga olib, mashqlarda ularning harakatini yo kuchaytirish yoki susaytirish kerak. Madaniy dam olishni yaxshi tashkil qilmaslik ham sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muddatdan oldin keksayish, semirib ketish, asab kasalliklariga chalinib insonni sog‘lig‘iga e’tiborsizlik oqibatidir. Talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan foydalanib o‘z-o‘zini tarbiyalashga intilishi yoki uni bajarish uchun rejalar tuzish, ularning sog‘liqqa ta’sirini nazorat qilib borishi kerak. Faqat shu yo‘l bilan jismoniy tarbiya va sportni odat tusiga kiritib odamga sihat-salomatlik keltirishini tushunish kerak. Sport bilan muntazam shug‘ullanib, musobaqalarda qatnashuvchi sportchilar, qaddi-qomatining kelishganligini namoyish qilib, o‘zlarda havas hislarini uyg‘otadi.
Bu ma’noda sport insonni faqat jismonan emas, balki estetik jihatdan ham tarbiyalaydi deb ayta olamiz.
Yosh mutaxassis jismoniy tarbiya va sportning foydasi va hayotda zarurligini hammaga yetkazishi kerak. Shunday qilib, mashq qilgan, mushaklari kuchli rivojlangan kishilar o‘zlrining tana tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadilar, kam charchaydilar, aqliy yoki og‘ir jismoniy mehnatdan keyin o‘zlarining ish qobiliyatlarini tezda tiklaydigan bo‘ladilar. Bunga esa yoshlar doim intiladilar. Bir qaraganda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishdan oson ish yo‘qqa o‘xshaydi.

Download 267,86 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sog‘lom turmush tarzi - salomatlik kafolati

Download 267,86 Kb.