O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari




Download 267,86 Kb.
bet23/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

XULOSA


Ta’lim muasasasida tashkil etilgan jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarining shakllari va turlari hamda uslublari o‘rganildi. Jismoniy tarbiya tadbirlarining maqsadi mamlakatda O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini shakllantirish, axolini sog‘lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish hamda jismoniy harakatlarga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. Sport tadbirlarning maqsadi va vazifalari sport turlari bo‘yicha mutaxassislikka erishish hamda yuqori malakali sportchilar tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Sog‘lomlashtirish tadbirlarning maqsad va vazifalari yosh avlod organizmini sog‘lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabda jismoniy tarbiya tadbirlaridan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya darslari, katta tanaffusdagi harakatli o‘yinlarning tashkil etish jarayonlari hamda o‘quvchilarning ulardagi ishtiroki tahlil etildi. Sport tadbirlaridan hisoblangan sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari, ommaviy sport bayramlarini tashkil etish jarayonlari o‘rganildi. Maktabda, yashash joylari va oilada bolalar bilan tashkil etiladigan sayr va sayohatda hamda turizm mashg‘ulotlari tabiat omillari yordamida chiniqtirish, gigiena talablariga rioya qilish yordamida sog‘lomlashtirish jarayonlari tahlil etildi. Maktabda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarining me’yoriy va ish hujjatlari o‘rganildi. Pedagogik jamoani o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishdagi roli va vazifalari tahlil etildi. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati a’zolari o‘quvchilarni sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarni tashkil etishdagi faoliyati tahlil qilindi. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning organizmi tibbiy nazoratlar yordamida tahlil etildi. Tibbiy nazoratlar natijalariga muvofiq o‘quvchilar sog‘lom, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarga saralandilar. Guruhlarda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlarining turlari mazmuni va shakllari o‘rganildi.
Bitiruv malakaviy ish xulosalari:

  1. Mamlakatda O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o‘rni muxim bo‘lib, jismoniy rivojlantirish, jismoniy harakatlarga o‘rgatish va yetuk inson qilib tarbiyalashdan iborat bo‘ladi.

  2. Sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayonlarida organizmni sog‘lomlashtirish, chiniqtirish, gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzi talablari asosida hayot kechirishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi.

  3. Sport turlarining maqsad va vazifalari yoshlar o‘rtasida sportni ommaviylashtirish, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashgan erishtirish hamda sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish va yuqori malakali sportchilar tayyorlashdir.

  4. O‘quvchilar organizmi jismoniy rivojlanishi darajalarini muntazam tibbiy ko‘rik va amaliy nazorat me’yorlari yordamida o‘rganib va baholab turish maqsadga muvofiq hisoblanadi.




Download 267,86 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Download 267,86 Kb.