O‘qishdan tashqari jismoniy va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish




Download 267,86 Kb.
bet21/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

O‘qishdan tashqari jismoniy va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Talabalar mehnati-ongli faoliyat bo‘lib, bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini hosil qilishga, fan va texnika, ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlashni o‘rganishga qaratilgan. Har qanday mehnatdagi singari o‘qishda ham sog‘liqni saqlab turish, yuqori darajada ishchanlik uchun hech narsa to‘sqinlik qilmasligi kerak. Talabalar mehnatini ilmiy tashkil qilishni baholashda mutaxassislarning fikricha o‘qishga sarf qilinadigan vaqtning bo‘sh vaqtga nisbatining ahamiyati muhimdir. O‘quv ma’lumotlarining yil sayin oshishi talabalarning mehnatini tashkil qilishni takomillashtirishni taqazo etadi.
Talabalar mehnatini ilmiy tashkil qilish talabalar faoliyatini o‘qituvchilar faoliyati bilan o‘zaro bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Nazariy bilimlarni, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan holda an’anaviy o‘qitish usuli eng unumli va tejamli usul bo‘lib qolmoqda. Ma’ruza, suhbat yoki namoyish paytida talabalar o‘qituvchilardan qisqa vaqt ichida batafsil axborot oladilar, talabalar mehnatini shunday tashkil qilish usuli ularda xotirani, miyaning analitik-muntazam faoliyatini rivojlantiradi. Biroq bunda bilim umumlashtirish, takroriy fikrlash darajasida rivojlanadi, bu esa ijodiy fikr yuritishning, bilimning, mehnat qilishning, yangi holatlarida qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
O‘qitishning an’anaviy auditoriya usullari ishlab chiarishdan ajralib qolganligi, oliy o‘quv yurtlarining akademik va tarmoq ilmiy muassasalari orasidagi aloqaning bo‘shligi ko‘pchilik yosh mutaxassislarni texnika va texnologiyaning yangi turlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishga tayyor emasligiga olib keldi, ular zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy tajribalarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib tatbiq qilishga tayyor emas. Aqliy mehnatni faollashtirishning muhim omillaridan biri xotiradir. O‘quvchilarda fikrlash jarayonlarini jonlantirishda o‘qituvchining roli katta bo‘lsa, xotirasini har kim o‘zi mustaqil tarbiyalashi va mustahkamlashi kerak. Xotirada saqlab qolish jarayonining samaradorligini oshirishni xohlovchilar uchun mutaxassislarning bir necha maslahatini keltirib o‘tamiz:

  1. Eslab qolishni istash zarur, chunki xohish bilan eslab qolish, to‘satdan eslab qolishga nisbatan ancha samarali bo‘ladi.

  2. Agar siz o‘quv materiallariga oid bayon-reja tuzsangiz yoki uni tuzilish prinsipini yaxshilab o‘ylab, ayrim qismlari orasida mantiqiy o‘zaro bog‘lanishni anglasangiz, o‘quv materialini yaxshi eslab qolasiz.

  3. Xotirada saqlab qolishni yana bir g‘oyat ahamiyatli usuli “matnni o‘z tiliga tarjima qilish”, deb aytish mumkin. Hammaga ma’lumki, ma’lum darajada materialni aniq tushunmaslik uni o‘z tilimizda yaxshi ifodalab berolmasligimiz uni o‘z tilimizda yaxshi ifodalab berolmasligimizda seziladi.

  4. Xotirada saqlab qolishda rasmlarning roli kattadir. Samaradorlikni aniqlashning an’anaviy usuli o‘qitish bo‘lsa, bilimni o‘zlashtirish usuli imtihondir.

Odatda bir xil savollarga yozma ravishda berilgan javoblarga qo‘yilgan baholar og‘zaki javoblarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Shuning uchun ham talabalar mustaqil ish bajarishdan ayniqsa qo‘shimcha adabiyot bilan ishlaganda referatlar, konspektlar yozishdan, Olimpiadalarda ishtirok qilishdan, yozma kontrol ishlardan bo‘yin tovlamasliklari kerak, chunki yuqorida qayd qilib o‘tilgan tadbirlar talabalarda o‘z fikrlarini mantiqiy ifodalash ko‘nikmasini hosil qilishga va uni rivojlantirishga yordam beradi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish talabalarning shaxsiy va ruhiy-fiziologik sifatlariga bog‘liqdir. Bular ichida organizmning stressga olib keladigan omillarga bardoshliligi katta ahamiyatga ega, chunki ko‘pchilik talabalar uchun imtihon keltiruvchi omil hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish aqliy mehnatni uyushtirishning ta’sirli vositalaridan biridir. Harakatchan faoliyat o‘zlashtirishning o‘sishiga, imtihonlar paytida asabning mustahkamlashishiga yordam beradi. Ma’ruza oldindan besh daqiqa miyani psixologik gimnastika qilish, asabiy hayajonlanishni kamaytiradi. Charchashni va asabiy tanglikni suvda suzish bilan yo‘qotgan talabalarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanishdan zarur kayfiyat, funksional holat vujudga kelishi isbotlangan. Kun tartibida o‘quv mashg‘ulotlarini qo‘shib olib boradigan talaba sportchilarning miyasi yaxshi ishlashi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tganda foydali hayajonlanish manbalari hosil bo‘ladi. Dominant markaz baland ko‘tarilgan hayajonlanish bilan ifodalanadi, bu hol boshqa markazlarni oz yoki ko‘p darajada tormozlanishga olib keldi. Shu tufayli faol ish uchun, miya dam olishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Butun ish kuni davomida dominantlarni almashinuvi sportchitalabalar o‘quv materiallarini dars paytida faol o‘zlashtirishga imkon beradi, buning oqibatida o‘zi uchun sevimli sport turi bilan shug‘ullanishga vaqt ajratadi. Bir faoliyatdan boshqa faoliyatga o‘tish, asosiy ishga ijodiy yondashish va sport bilan do‘stlashish, har bir ishda muvaffaqiyatni ta’minlaydi, ijobiy hissiyotni vujudga kelishiga, bosh miyaning to‘la dam olishiga olib keladi. A’lochi talaba boshqa talabalardan o‘zlarining g‘ayrati, butun o‘quv yili davomida qiladigan rejali mehnati bilan ajralib turadi. Ya’ni a’lochi talabalar o‘z kasbini yaxshi egallagan usta va ishchan bo‘lishi bilan birga ularda o‘ziga xos tsh uslubi va usuli shakllanadi, bu esa ularning mehnatini unumli qiladi. Bir me’yorda har kuni bajarilgan ish, onda-sonda zo‘riqib qilingan ishdan kam charchatadi. Mamlakatimizdagi o‘quv yurtlarida odat tusiga kirib qolgan 45 daqiqalik dars va besh daqiqalik mustaqil mashg‘ulotlarda ham saqlab qolish maqsadga muvofiqdir. A’lochi talabalar bo‘sh vaqtlarini oqilona taqsimlashni yaxshi bilishadi, ularning vaqti jamoat ishlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan ham shug‘ullanishga yetadi.
Har xil sohada Talabalar mehnatini ilmiy tashkil qilish mutaxassislarining asosiy vazifasi o‘quv darslarining hozirgi zamon rivoji bilan odam miyasining qabul qilish qobiliyati orasidagi nomunosiblikni tugatish, talabalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning salomatligini, yuqori ish qobiliyatini saqlashdan iborat, mutaxassis-o‘qituvchilar, psixologlar va fiziologlar o‘z fikrlarida, tavsiyalarida quyidagilarni qayd qiladilar: birinchidan, oliy o‘quv yurtlarida talabalar o‘qishining dastlabki kunidan boshlab o‘zlarining faolligini oshirishlari kerak; ikkinchidan, kun tartibida o‘quv mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ketma-ket almashinib turishi kerak, faoliyat turining almashib turishi ularni to‘g‘ri tashkil qilish, miyaning har bir qismlarining navbati bilan dam olishiga imkoniyat yaratadi.
Bo‘lajak mutaxassislarning har tomonlama rivojlanishiga olib keladi. Odam organizmi rivojlanishining hamma bosqichlarida harakat va o‘sish funksiyalarida mushak faoliyati zarur shartdir. Odam biologiyasi va fiziologiyasi, mushaklar faoliyatining ahamiyati juda katta, uni hayotning bosh belgisi deb baholaydilar.
Maxsus tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, past darajadagi jismoniy faollik paytida aqliy faoliyatning samaradorligi 50 foiz kamayadi, bu paytida biror narsaga diqqatni qaratish keskin kamayib, asabiylashish hollari ko‘payadi, tez charchash hollari ro‘y beradi, o‘zi bajarayotgan ishga nisbatan qiziqish kamayib, odam badjahl bo‘lib qoladi. Demak, harakat har qanday mushaklar faoliyati uchun, eng muhimi uzoq va barqoror ishlashi uchun zarur shart ekan.
Sog‘lom turmush tarzini uy-joy gigienasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Talabalarning yashash joylaridagi qoniqarsiz sharoitlar har xil kasalliklarga olib kelishi mumkin. Uxlash oldinlan xonani shamollatish alohida ahamiyatga ega.
Shaxsiy gigienaga alohida e’tibor berish lozim. Shaxsiy gigienada badan terisiga e’tibor berishning ahamiyati katta. Odam terisi murakkab tuzilgan bo‘lib, ko‘p vazifalarni bajaradi, Badanterisi organizmni kimyoviy, mehanik, issiq, sovuq ta’sirlardan, jarohatlanishdan saqlaydi, organizmga mikroblarning kiritishga to‘sqinlik qiladi. U boshqa a’zolar va tana bilan uzviy bog‘langan. Odamning tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi, markaziy nerv sistemasining yuqori bo‘limi orqali, ya’ni bosh miya qobig‘i istida joylashgan ko‘pdan-ko‘p nerv uchlari tashqi ta’sirni qabul qilishi orqali amalga oshadi.
Badan terisining tozaligi, nozikligi, sog‘lom rangi, ajin tushmasligi faqatgina oddiy teri gigienasiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, oshqozon va ichak holatiga, kun tartibiga rioya qilishga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga sof havoda sayr qilishga bog‘liqdir. Kiyim yengil qulay bo‘lib, harakatni sihmasligi, qon aylanishiga va nafas olishga halaqit bermasligi kerak.
Oyoq kiyim ham o‘rnatilgan gigiena qoidalariga mos bo‘lib, oyoq panjalarining tabiiy harakatini chaklamasligi, siqmasligi, iqlim sharoitga, yil mavsumiga, turmush va ish xususiyatiga mos kelishi kerak.

Download 267,86 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qishdan tashqari jismoniy va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish

Download 267,86 Kb.