|
Talabalarning ish faoliyatini tiklash vositalari
|
bet | 22/24 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 267,86 Kb. | | #156459 |
Bog'liq O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llariTalabalarning ish faoliyatini tiklash vositalari.
Bugungi kunda organizmda sodir bo‘ladigan tiklanish sportchilarni tayyorlash tizimining uzviy qismidir, ularni band qilishning qulay yo‘lini topishning ahamiyati ham ancha katta. Mashq qilishlar, musobaqalar tiklanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sportchilar tayyorlanishning asosini tashkil etadi. Tiklanish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar faqat aniq sport turi, bo‘limi, mashg‘ulotlarning uslubi va tartibi,shug‘ullanuvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqin aloqada olib borilgandagina amaliy natija berish mumkin. Tiklanish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘proq mashq qilish madaniyati bilan asoslanadi.
Zamonaviy trener tiklanish va charchash jarayonlarini boshqara bilishi, shu sohada kerakli bilimlar to‘plami bilan tanish bo‘lishi kerak. Charchatmaydigan mashqlar bo‘lmaydi. Tiklanish organizm faoliyatining ish boshlashdan oldingi holatiga qaytish va undan yuqori darajaga ko‘tarilishidir. Charchash va tiklanishning birligi-mashqlar fiziologiyasining asosidir. Charchash mashg‘larning bajarilishiga qarab har xil bo‘ladi: dastlabki, so‘ngi. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan uchta pog‘ona: charchash, tiklanish va superkompensatsiya, bu vaqtda organizm ancha samarali ish bajara oladi.
Organizmning tiklanish qobiliyatini jadallashtirish mumkin, shuning uchun ham tiklanish tezligi, yuklanishni oldindan belgilab beradigan va mashq qilish darajasini aniqlab beradigan ko‘rsatkichlardan biridir. Tiklanish vositalari shoshilinch ravishda, odatdagidek, har kuni sport faoliyati jarayonida organizmni o‘ziga xos bo‘lmagan barqarorligini oshirish va qattiq charchashning oldini olish bo‘ladi. Tiklanish vositalari 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: pedagogik, psixologik va tibbiy. Pedagogik vosita-yuklanishning va dam olishning oqilona birligi hamda mashg‘ulot davrini hisobga olib, tez tiklanishga imkon yaratib beradi.
Tiklanish vositalarini qo‘llaganda ularning samaradorligini ta’minlovchi quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
komplekslik, ya’ni organizmni asosiy funksional bo‘limlari harakat qiluvchi doiraga, asabiy jarayonlarga, energiya va modda almashinuviga ferment va immunitet statuslariga har xil vositalarni jami bilan bir vaqtda ta’sir qilish;
foydalanilayotgan vositalarni o‘zaro mosligi va birligi ularni kompleks qo‘llanishining asosiy shartidir;
V) organizmni tezligk tiklanish jarayonlarini shakllanishida ba’zi bir tiklanish vositalariga bo‘lgan sezgirlikda o‘z aksini topgan kishiga xos xususiyatlarini hisobga olish;
G) qo‘llanilayotgan farmokologik va boshqa vositalarning foydasi, kam zaharligi, ularda keskin hayajonlantiruvchi, keskin tormoz qiluvchi ta’sirning yo‘qligi, qo‘shimcha ta’sir qiluvchi metabolik faollikning yo‘qligi to‘g‘risida to‘liq ishonch bo‘lishi lozim;
D) tiklanish vositalari sport turiga, mashg‘ulotning vazifasi va yo‘liga, bajarilayotgan va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar xarakteriga mos bo‘lishi;
Ye) kuchli ta’sir ko‘rsatuchi tiklanish vositalarini muntazam ishlatish mumkin emas, chunki ular salbiy ta’sirlarga olib keladi. Organizmning bu vositalarga ko‘nikishi va oqibatda asta-sekin ularning samaradorligi kamayadi, yuklanishga ko‘nikish oqibatida mashq qilish qobiliyati pasayadi.
Tiklanishga bo‘lgan tabiiy qobiliyatning pasayish oqibatida tiklanishning maxsus vositalarini bekor qilish uzoqqa cho‘zilishi mumkin. Qo‘shimcha ta’sirlarning kuchayishi, bu yerda tiklanishning pedagogik psixo-pedagogik va gigiena vositalari, sportchilarning tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, ular har xil yoshdagi sportchilarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, har kimning salomatligi o‘z qo‘lida, salomatlik uchun kurashish kerak, baxtli hayot uchun mehnat qilish kerak. Buning uchun odam o‘zini ruhan ishontirish kerak.
|
| |