Sog‘lom turmush tarzi va uning mazmuni




Download 267,86 Kb.
bet19/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Sog‘lom turmush tarzi va uning mazmuni.
Sog‘lom turmush tarzi inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mehnat
unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o‘z ichiga oladi. STTning asosiy tarkibiy qismlari- samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiena, zararli odatlardan voz kechish, belgilangan bir vaqtda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy chiniqish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib turish. STT-kasalliklarining oldini olishda asosiy tadbirlardandir. STT-ma’lum miqdorda ruhiy va jismoniy talablarning qoniqarli darajada amalga oshirishga imkon beradi.
Kun sayin sog‘lomlashtirish uslubining turlari oshib bormoqda: Jismoniy mashqlar, ovqatlanish me’yori, uyqu, hammomdan foydalanish va boshqalar harakat faoliyatini oshirib boradi. Hamma narsa bir maqsadga-odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilishi kerak. Ayrim mualliflar “sog‘liq” tushunchasini insonning tashqi muhit ta’siriga ko‘nikishi bilan bog‘lansalar, boshqa bir qator mualliflar esa bu tushuncha ostida kasal bo‘lmaslikni yoki jismoniy kamchilikning yo‘qligini tushunishadi. Birinchi fikrdagi mualliflar ma’lum darajada haqlidir, chunki ular sog‘liqni harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda deb qaraydilar. “Sog‘liq” tushunchasi-inson organizmning faoliyati, uning anatomik, fiziologik, biokimyoviy va ruhiy holatidir. Ijtimoiy omillar sog‘liqqa, ya’ni shu holatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, holos.
Insonga tabiat tomonidan bir marta berilgan hayotni e’zozlab qadriga yetish, tug‘ilish, o‘sish, ulg‘ayish, aqliy va jismoniy mehnat qilish, sog‘liqni e’zozlash zarur. O‘zini aqliy va jismoniy kuchini har xil foydasiz ishlarga sarflamaslik kerak. Tabiat yer yuzidagi jonzotlar evolyutsiyasi davrida insonni-bizning bobokalonlarimizni kuchli, chaqqon qilib yaratdi, hozirgi inson, hatto jahon rekordchilari ham jismonan unga tenglashishi mushkul. Inson uzoq umr ko‘rishi uchun uning jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lishi kerak va bu hayot qonuni bir necha million yillar davomida isbotlanmoqda. Lekin fan-texnika inqilobi davrida o‘ta kuchli mushaklarga ehtiyoj bo‘lmay qoldi. Lekin faoliyatsizlik sog‘liqqa koni zarardir. Faoliyat yo‘q ekan, har qanday jism va vaqt o‘tishi bilan nuraydi, kuchsizlanadi. Xarakatsizlik tufayli mushaklarga oqib keladigan ozuqaning susayishi boshqa a’zolarga, xatto miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Miya faoliyatining susayishi mehnat unumdorligini pasaytiradi. Va aksincha, jismoniy mashq va harakat miya faoliyatini yaxshilaydi, fikrlashni kuaytiradi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti asrida jismoniy harakat sifatlariga ehtiyojning susayishiga qaramay, jismoniy tarbiya harakat sifatlarini rivojlantirib borish zarur.
Shunday qilib, tabiat insonni jismoniy harakat sifatlarini to‘xtovsiz rivojlanishiga moslashtirdi, rejalashtirdi. Insonning barcha a’zolari faoliyati shunga mos ravishda taraqqiy qiladi.
“Inson-tabatning oliy mo‘jizasi. U o‘ta nozik va murakkab jonzotdir. Ammo hayot ne’matlaridan bahramand bo‘lish uchun inson sog‘lom va aqlli bo‘lmog‘i kerak”,-degan edi I.P.Pavlov.
Sog‘lomlik darajasining 50 foiz ijtimoiy taminot va turmush tarziga, 20-30 foiz ekologiyaga, 20 foizga yaqini esa genetik omillarning ta’siriga va 8-10 foizi sog‘lomlashtirish tadbirlariga bog‘liqdir. Talabalar sport maydonchalari va sport zallariga yaqin yashashlariga qaramay kechalar va ayniqsa, ertalab jismoniy mashqlarga vaqt ajratmaydilar. Bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Talabalarning jismoniy mashqlarni bajarishga e’tiborsizligi ularning jismoniy tarbiyaning mohiyatini, foydasini tushunmaslikdandir.
Moddiy yetishmovchilik, uy-joy masalasi, oziq-ovqat ta’minoti va sifati, havo tozaligi va hokazolar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish organlari kasallanishining asosiy sabablari noto‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigienaga e’tiborsizlik, spirtli ichimliklarni ortiqcha istemol qilish, kun tartibiga rioya qilmaslikdir. Yil mobaynida ba’zi hodisalar o‘ziga hos o‘zgaruvchanlikka ega, masalan, bolalar yozda kuzdagiga nisbatan tezroq o‘sadilar. Kuzda o‘quvchi yoshlar faoliyati kuchayadi, yoz oxiri va kuz boshlarida organizmning kasallikka qarshi kurashuvchanligi ortadi, chunki bu davrda mevalar pishib odam organizmi vitaminlarga to‘yinadi, yozda esa talaba va yoshlar hordiq chiqarib, dam oladi, chiniqadi. Ma’lum faslda turli xil kasallik ko‘payadi, masalan, ma’lum bir faslda gripp, dizenteriya va boshqa yuqumli kasalliklar tarqaladi. Talabalar haftalik ish rejalarini to‘g‘ri tashkil qilib, hamma ishlarni yakshanba kunigacha bajarishlari lozim. Yakshanba dam olish kuni. Bundan unumli foydalanish talabalarning keyingi bir haftalik ish faoliyatini o‘stiradi.
Tabiat qonuniga ko‘ra: kunduzi mehnat, kechqurun esa dam olish kerak. Olimlarning fikricha, bir kun mobaynida organizmda 300 dan ortiq hayotiy jarayonlar kechadi. Harakat-hayotning bir qismi. Ko‘pgina yoshlar o‘z sog‘liqlari haqida qayg‘urmaydilar va noto‘g‘ri ovqatlanadilar. Natijada bir kun kelib o‘zini nosog‘lom, noxush sezadi. Aksincha, o‘z sog‘lig‘ini saqlashga harakat qilgan inson o‘z organizmining samarali faoliyatiga erishadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishimizga qaramasdan ichkilikka va chekishga yo‘l qo‘ysak sog‘lig‘imizni mustahkamlay olmaymiz. Ba’zi talabalar spirtli ichimlik va tamaki ta’sirida organizmlarida qanday salbiy jarayonlar kechayotganidan behabar bo‘ladilar. Tamaki tutunidagi zaharli moddalar, ko‘p a’zolarning kushandasidir. Bir quti chekilgan sigareta oqibatida organizmda 50-60 mg zaharli gaz to‘planadi, natijada havo yetishmasligi yuz beradi. Oqibatda miya faoliyati zarar ko‘radi, bosh og‘rish va toliqish kabi illatlarga olib keladi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, hir bir chekilgan sigaretlardan so‘ng 5-10 daqiqa mushaklar faoliyati 15 foiz pasayadi.
Tamaki tutuni yurak qisqarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. U yurak qisqarishini minutiga 15-18 marta ko‘paytiradi. Bu hol inson umiriga zavol bo‘ladi.
Odam organizmining, salomatligining eng ashaddiy kushandasigiyohvandlikdir. Uni doimiy ravishda istemol qilish kashandalikni keltirib chiqaradi. Natijada insonning bu falokat iskanjasidan qutulishi ancha qiyinlashib qoladi.

Download 267,86 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sog‘lom turmush tarzi va uning mazmuni

Download 267,86 Kb.