|
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari
|
bet | 17/24 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 267,86 Kb. | | #156459 |
Bog'liq O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llariOyoqlarni parvarish qilish sistemali ravishda amalga oshirilishi kerak.
Ayniqsa,oyoq ko‘p terlaydigan bo‘lsa, uni ehtiyot qilish kerak. Chunki ter oyoqning shakllanishiga, ayrim joylarining shamollashi va qadoqlarga sabab bo‘ladi. Shuning uchun har kuni yotish oldidin oyoqni sovunlab yuvish, paypoqlarni va poyabzalni tez-tez almashtirib turish kerak. Oyoqda quruq qadoq paydo bo‘lganda, ularni qadoq plastiri yoki qadoq ketkazadigan suyuqlik yordamida o‘z vaqtida yo‘qotib turish zarur.
Sportchilarning oyoq panjalarida goho zamburug‘li kasallik epidermofitiya paydo bo‘ladi. Bu kasallik kasal odamdan sog‘ odamga epidormofitiyan kasalligining patog‘en zamburug‘i orqali yuqtirilganda paydo bo‘ladi. Bunda asosan oyoq uchidagi va oyoq panjalari orasidagi terilar kasallanadi. Patog‘en zamburug‘ sport zalining polida, kiyim yechiladigan joyda, dushxona va boshqa joylarda bo‘lishi mumkin. Begona kishining paypog‘idan, oyoq kiyimidan, sochig‘idan va boshqa buyumlardan foydalangan vaqtda ham epidermofitiya yuqishi mumkin.
Kasallikning dastlabki belgilari: Oyoq panjalari qichishadi va achishib og‘riydi: teri po‘st tashlaydi: mayda-mayda pufakchalar paydo bo‘lib, ulardan suv chiqadi va teri yorila boshlaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak va muntazam davolashni boshlab yuborish kerak.
Epidermofitiya oldini olish maqsadida sportchi har doim fqat o‘z shaxsiy buyumlaridan foydalanishi-o‘z paypog‘i, tualetda, dushxonada rezinadan tayyorlangan individual “shippaklardan” foydalanish kerak. Jamoat joylarda oyoqni yuvgandan keyin oyoq uchlarini va barmoqlar orasini, tovonlarni yaxshilab artish zarur.
Terida bo‘ladigan yiringli kasalliklarning oldini olish badanni parvarish qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Terining yiringli kasalliklari asosan shilingan teriga yoki yog‘ va ter bezlariga patog‘en mikroblar tushishidan paydo bo‘ladi. Terining yiringli kasalliklariga asosan shaxsiy gigiena qoidalari bajarmasligi, terining bunday infeksiyalarga chidamliligi susayishi, kir kiyim, teri shilinishi, kir bo‘lgan sport jihozlari va uskunalar sabab bo‘ladi.
Tish va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish gigienik nuqtai nazardan olganda zarur tadbirdir. Og‘iz hidlanganda va tishlar og‘rigan bo‘lsa-bu bamisoli turli infeksiyalar uchun darvoza vazifasini bajaradi hamda oshqozon-ichak trakti ishini buzilish sabablaridan biri bo‘ladi. Tish va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Har kuni ertalab va kechqurun uyquga yotish oldidan tishlarni tashqi va ichki tomonlarini tish pastasi bilan 1-2 minut mobaynida yaxshilab yuvish lozim, unda tish cho‘tkasi milklardan tishga qarab yurgiziladi. Buning aksini qilmaslik kerak.
|
| |