O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari




Download 267,86 Kb.
bet15/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Ratsional kun tartibi organizmning va o‘z kuchlarini qayta tiklab olish uchun optimal shart-sharoit yaratadi hamda sport sohasidagi ish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, to‘g‘ri tuzilgan va qat’iy rioya qilingan kun tartibi organizmda muayyan faoliyat ritmini vujudga keltiradi. Buning natijasida sportchi muayyan muhlat ichida turli xil ishlarni eng samarali tarzda bajarishi mumkin.
Muayyan ishni har doim bir xil vaqtda bajarilishi organizmda dinamik stereotipning shakllanishiga olib keladi. Bu shartli reflekslarning tartibga solingan, muvozanatli bir sistemasi bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Sistemali faoliyat natijasida dinamik stereotip mustahkamlanib boradi va u saqlanib qolishi uchun, tobora kamroq nerv zo‘r berishi talab qilinadi. Doimiy rejimning bo‘lmasligi yoki shakllanib qolgan stereotipning tez-tez o‘zgartirib turilishi organizm ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va sport sohasidagi ish qobiliyatining susayib ketishiga olib keladi.
Ratsional kun tartibi sportchiga yuksak darajadagi ish qobiliyatini saqlab qolishiga va samarali mashq qilishiga yordam beribgina qolmay. Shu bilan birga unga o‘z vaqtini yaxshiroq rejalashtirishga va muvaffaqiyatli tarzda mehnat qilishga imkon beradi. Shuningdek, kun tartibiga og‘ishmay amal qilish sportchilarga uyushqoqlikni, irodalilik, sifatlarini tarbiyalashga yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi hamda ongli, intizomli bo‘lishga o‘rgatadi.
Turmush va mehnat sharoiti, maishiy va individual xususiyatlar har kimda har xil bo‘lishi tufayli barchaga qo‘l keladigan yagona kun tartibi tuzish mumkin emas. Biroq, har qanday holda ham kun tartibi tuzishning asosiy qoidalariga amal qilinishi shart. Sportchining kun tartibida avvalo quyidagi ishlarni bajarish ta’min etilishi zarur: har xil faoliyat turlarini qat’iy belgilangan muayyan bir vaqtda bajarish: mehnat faoliyati, trenirovka mashg‘ulotlari va dam olishni bir-biri bilan to‘g‘ri almashinib turishni ta’minlash: har kuni, har doim bir xil soatlarda muntazam ovqatlanish, trenirovka uchun optimal bo‘lgan vaqtni tanlash, uzoq vaqt orom olib, to‘liq uxlash-ana shu talablar jumlasidandir.
Har kuni ertalab bir xil vaqtda, soat 7 dan kechikmay turishga odatlanish kerak.
Uyqudan uyg‘ongach ertalabki gimnastika bilan shug‘ullanish lozim.
Ertalabki gigienik gimnastika uyqudan bedorlikka o‘tishni tezlashtiradi, markaziy nerv sistemasini bardam qiladi, barcha organlar ishini aktivlashtiradi. Tetik va quvnoq kayfiyat yaratadi. Badan tarbiyani har qanday sharoitda ob-havoda xam o‘tkazgan ma’qul. Xonada badan tarbiya qilinganda deraza yoki uning kichik ko‘zini ochib qo‘yish kerak.
Badan tarbiyani sekin yurishdan boshlab, keyin yugurishga o‘tiladi. So‘ngra, to‘rli muskul guruhlarini asta sekin ishga solib yuboriladigan mashqlar bajariladi.
qo‘l, yelka kamari va uchun-gavda va oyoqlar uchun mo‘ljallangan mashqlarni birbiri bilan almashtirib bajarish tavsiya etiladi. Mashqlarning har bir seriyasini bajarib bo‘lgandan keyin 20-30 sekund dam olish va muskullarni bo‘shashtirish lozim. Badan tarbiya mashqlarini sportchi o‘zi ixtisoslashayotgan maxsus sport turiga oid mashqlardan ham bir nechtasini qo‘shib bajarishi maqsadga muvofiqdir. Ertalab statik harakterdagi mashqlarni bajarish, shuningdek, kuchayib, zo‘riqib,q ko‘p kuch sarflanadigan mashqlarni bajarish ham maqsadga muvofiq emas. Badan tarbiya 15-
20 minut davom etishi kerak. Shundan so‘ng kishida tetiklik, bardamlik tuyg‘usi va yaxshi kayfiyat paydo bo‘ladi. Badan tarbiya tugashi bilan darhol tanani chiniqtiradigan tadbirlarni bajarishga kirishishi shartdir.
Kun tartibida ovqatlanish uchun muayyan bir vaqtni belgilab qo‘yish va unga qat’iy amal qilish zarur. Bu ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga va tanaga singishiga yordam beradi. Trenirovkadan 2-2,5 soat oldin va trenirovka mashqlari tugagandan keyin oradan 30-40 minut o‘tgach ovqatlanish kerak.
Trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun muayyan vaqt belgilab qo‘yiladi. Bunda sport sohasidagi ish qobiliyatining bir-kecha kunduzdagi dinamikasi, tayyorgarlikning mazkur davri uchun mo‘ljallangan konkret vazifalar, bo‘lg‘uvchi musobaqalar o‘tkazish vaqti va boshqa omillar hisobga olinadi. Trenirovka uchun eng optimal vaqt soat 10-13 gacha va 16-20 gacha hisoblanadi. Asosiy trenirovka mashg‘ulotlarini mana shu vaqtda rejalashtirish maqsdga muvofiqdir.
Oddiy sharoitlarda trenirovka mashg‘ulotlarini soat 20-21 dan keyin o‘tkazish tavsiya etilmaydi. qechqurunlari juda kech o‘tkazilgan trenirovkalarning ham samarasi oz bo‘ladi. Bu mashqlar natijasidagi hayajon tufayli odatda sportchilar belgilangan vaqtda uxlay olmaydilar.
Kun tartibida shuningdek, aktiv va passiv dam olishning optimal muddatlari va qancha vaqt davom etishini ham ko‘zda tutish zarur. Bu muayyan bir vaqtlarda amalga oshirilishi kerak. Shunday qilganda, dam olish ish qobiliyatini tezroq tiklanishiga yordam beradi. Bir kunda ikki martadan trenirovka o‘tkaziladigan vaqtlarda, mashqlar orasidagi dam olish davrida turli kuch-quvvatni tiklash tadbirlarini qo‘llanishi yaxshi natija beradi.
Kun tartibda uyquga alohida ahamiyat berish kerak. Uyqu dam olishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan turidir. Uyqu sihat-salomatlik va yuksak darajadagi sport qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
Uyqu vaqtida odamda ikki bir-biriga o‘xshamaydigan holat sikli tarzda vujudga keladi: sekin-asta tush ko‘rmasdan uxlanadigan uyqu, elektroensefalogrammada qisqa-qisqa to‘lqinlar bilan ko‘rinadigan va tez-tushlar ko‘rib va buning natijasida qayg‘urib, tashvishlanib uxlanadigan uyqu. Bunda ko‘z soqqalari ham tez-tez harakatga kelib, muskul tonuslari ham keskin qiynoqqa solinadi. Tez uyqu vaqtida kunduzgi-bir lahzalik uyqu vaqtidagiga o‘xshagan elektroeetsefalogramma kuzatiladi. Uyqudagi vaqtning ko‘proq qismini sekin uyqu egallaydi. Bu uyqu parodoksal uyqu holatida bir necha marta bo‘linib turadi. Shunday fikrlar ham aytilmoqdaki, sekin uyqu bosh miya po‘stlog‘idagi faoliyatning natijasi hisoblanadi, tez uyqu esa miya ustunining quyi qismida sodir bo‘ladi. Uyquning bu har ikkala fazasi ham hayotiy zaruriyat ekanligi isbotlangan.
Muttasil uxlamaslik yoki uyqusizlik shuning uchun xavfliki, u nerv sistemalarini qattiq charchatadi, ish qobiliyatini susaytiradi, organizmning himoya kuchlarini bo‘shashtiradi, biroq ortiqcha uxlashning ham foydasi yo‘q. Uyquning qancha vaqt davom etishi kishining yoshiga, salomatligi va individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Katta yoshli kishilar uchun uyqu 8-9 soat davom etishi kerak. Har bir sportchi o‘z uyqusining optimal muddatini belgilab olishi kerak va bunga qat’iy amal qilishi zarur. Ishga qattiq kirishilganda, trenirovka va musobaqalar davrida uyqu muddati uzaytirilishi kerak.
Trenirovka jarayoni bilan kun tartibini rejalashtirayotganda kun tartibi, ya’ni uyqudan uyg‘onish va uxlash, trenirovka mashg‘ulotlari, ovqatlanish vaqti va boshqa tadbirlar vaqti qaytadan ko‘rib chiqiladi. Odatdagi kunlarda uyquga yotish va uyqudan turish kunduzgi rejimini o‘zgartirish ikki haftaga mo‘ljallab, butun kun tartibining o‘zgartirilishi esa uch haftaga mo‘ljallanadi. Zaruriyat paydo bo‘lganda yangi kun tartibiga darhol amal qila boshlash kerak. Bu rejimni asta-sekin o‘zgartirib borishga qaraganda ancha samaraliroq bo‘ladi.
Ko‘p kunlik musobaqa va turnirlar vaqtida o‘rganib qolingan odatdagi kun tartibi birdan o‘zgartirilib yubormasligi lozim. Bunday paytlarda trenirovka mashg‘ulotlarini musobaqalar o‘tkaziladigan soatlarda o‘tkazilgani ma’qul. Bunda sportchi o‘z diqqatini qiziqarli va sevimli bo‘lib qolgan faoliyat turlariga qaratishi, mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda yurishi lozim.
Sportchilar uchun eng ratsional kun tartib tuzish vaqtida individual xususiyatlarni albatta hisobga olish kerak.

Download 267,86 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

Download 267,86 Kb.