I.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini jismonan barkamol va ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli




Download 267,86 Kb.
bet3/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

I.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini jismonan barkamol va ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli.

1.1. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dastlabki islohotlar.


Mustaqillik erkin fikr yuritish, adolat, teng huquqlik hamda halqaro maydonga yangi yo‘llarni ochdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o‘zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo‘ldi. Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy madaniyat va sport ham o‘z o‘rni hamda mavqeiga egadir.
Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda.
O‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko‘magida singdirish borish ishlari amalga oshmoqda.
E’tirof etish kerakki, mustaqil O‘zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo‘luvchi eng muhim voqealardan biri bu O‘zbekiston
Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunidir. (1992-y 14yanvar, 2000-y 26-may hamda 2015-yil 24-iyuldagi yangi tahrirda qayta qabul qilindi.)
Shu qonunga muvofiq «Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlari har yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning hamda o‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini ko‘rikdan o‘tkazish belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, qonunda umumta’lim maktablarida, boshqa o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi». — deb ko‘rsatilgan. Bu esa o‘quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli kishilar qilib tarbiyalashga qaratilgandir. Bu imkoniyat va talablarni har bir o‘quvchi yoshlar o‘z tafakkurlari bilan tushunishlari, mustaqil O‘zbekistonning istiqboliga hissa qo‘shish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish, o‘z burchlarini ado etishlari kerak. Ma’lumki, Respublika Oliy Kengashining sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun qabul qilinib, unga ta’lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratish, o‘qish, mehnat qilish, dam olish uchun O‘rta maxsus kasb xunar kollejlari mas’uldir deyilgan. Bu ikki qonunning mazmun va mohiyati o‘zaro mujassamlashib, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgandir.
O‘quvchi yoshlarning ta’lim olishlari va ularni doimo sog‘lom bo‘lishlarini davlat qonunlari bilan muhofaza qilish, bo‘lajak mutaxassislarning porloq kelajagini ta’minlash, deb talqin qilish mumkin. Shu tufayli barcha o‘quvchi yoshlar qaerda ta’lim olmasin, ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish, jismoniy kamolotni ta’minlash, uning ijtimoiy mohiyatlarini yanada ko‘tarish, uni imkoni boricha, inson hayotidagi yuksak omilkor ekanligini kelajakka meros qilib qoldirish kerakdir.
Shu sababdan, respublika sportining istiqbolidagi asosiy manbalarning holati va uni doimiy ravishda rivojlantirib borish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Download 267,86 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB. O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalarini jismonan barkamol va ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli

Download 267,86 Kb.