Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalari




Download 267,86 Kb.
bet4/24
Sana14.02.2024
Hajmi267,86 Kb.
#156459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari

1.2. Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalari.


Jismoniy tarbiyani va uning xilma-xil harakat shakllarini chaqaloq boladan tortib, to juda keksayib qolgan kishilargacha tavsiya etish mumkin. Biroq qilinadigan harakatlar odam organizmidagi organ va sistemalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmog‘i lozim.
Odamning yoshiga qarab rivojlanish dinamikasi uning tug‘ilgan kunidan boshlab, to juda keksayib qolguniga qadar o‘ziga xos o‘zgarishlarni boshidan kechiradi.
Organ va sistemalar faoliyatining takomillanishi taxminan 35 yoshgacha davom etadi, shundan keyin esa oxirgi nuqtagacha ko‘tarilgan hayot egri chizig‘i bir qancha vaqt o‘sha yuksaklikda turgach, asta-sekin pastga tomon tusha boshlaydi.
Keksayishga xos alomatlar paydo bo‘ladi, ya’ni qarish boshlanadi. Hujayra va to‘qmalarning o‘zgarish jarayoni davom etaveradi, lekin endi u teskarisiga qarab davom etadi: hujayralar tiklanish qobiliyatini yo‘qotadi, ularning strukturasi buziladi, ishchanligi pasayishni boshlaydi, barcha organlarning funksiyalari susayib qoladi.
Yoshga doir o‘zgarish jarayonlari bir tekisda o‘zgarmaydi, buni sport bilan shug‘ullanishda va harakat me’yorlarini belgilashda hisobga olish zarur.
Odam o‘z rivojlanishida oltita yosh davrini bosib o‘tadi:

  1. go‘daklik – tug‘ilgandan to 9 oylik bo‘lgunga qadar, bolalikka - 9 oylikda 7 yoshgacha: o‘smirlik - 7 yoshdan 14 yoshgacha davrlar kiradi:

  2. o‘spirinlik-15 dan 20 yoshgacha;

  3. navqironlik va o‘rta yoshlik davri –21 dan 50 yoshgacha:

  4. yetuklik –50 dan 60 yoshgacha:

  5. keksalik-60-70 yosh;

  6. qarilik davri-70 yoshdan boshlab.

O‘spirinlik bilan 40-50 yoshdan keyingi yosh davrlarning o‘zgarishlarini taqqoslab ko‘raylik. Bu o‘zgarishlarni bilish jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarishga, ularni mukammallashtirish va harakatlarni me’yorlashtirishga yordam beradi.
O‘spirinlik davrida nerv jarayonlari nihoyatda harakatchanligi bilan
farqlanadi, bosh miya po‘stlog‘ining qo‘zg‘aluvchanligi oshgan bo‘lib, qo‘zg‘alish jarayonlari tormozlanish jarayonidan ustun turadi.
Yosh o‘tishi bilan, ayniqsa 50 yoshdan keyin, bosh miya po‘stlog‘ining qo‘zg‘aluvchanligi pasaya boshlaydi, po‘stloqda tormozlanish susayadi, nerv jarayonlarining harakatchanligi pasayadi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi oliy nerv faoliyatining asosini tashkl etadi. Yoshning ulg‘ayishi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchining pasayishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida esa miyaning ishi pasayadi, nerv hujayralari tez holdan ketadi. Shuning uchun ham yetuklik, keksalik va qarilik davrida jismoniy va aqliy mehnatdan keyin uzoqroq dam olish talab etiladi, jismoniy mashqlarni bajarganda esa shuni nazarda tutish kerakki, ko‘p kuch sarf qilib jadallik bilan bajariladigan mashqlarning hammasi ham organizmni charchatib qo‘yadi va unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
50 yoshdan keyin nerv sistemasining funksiyasi yomonlasha boshlaydi, jadal sur’at bilan harakat qila olish imkoniyati pasayadi, harakatlarning aniqligi va chaqqonligi, shuningdek ritm sezgisi va muvofiqlik birmuncha susayadi. Yangi harakat malakalarini qabul qilish va o‘zlashtirish bo‘shashadi.
50 yoshdan oshgan kishilarga sport va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etganda har bir kishiga individual yondoshish lozimligini yana bir marta eslatib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Agar shifokorning sinchiklab tekshirishidan keyin bir kishiga harakatlarni cheklansa, ikkinchi bir kishiga, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib jismoniy ishlarni bajarishga ruxsat etiladi.
Jismoniy mashqlarni yoshlarga tavsiya etishga ham individual yondoshmoq kerak, chunki nerv sistemasining rivojlanishi va takomillashuvi turli odamlarda turlicha o‘tadi. Orqa miyaning rivojlanishi bolada ikkinchi yoshning boshlanishiga yaqin, po‘stloq osti va po‘stloqdagi harakatlantiruvchi tugunchalarning rivojlanishi 8-10 yoshlarda, po‘stloqdagi harakat sohalarining rivojlanishi 17-18 yoshlarda nerv sohalari to‘la-to‘kis rivojlanib bo‘ladi.
14-18 yoshlarda balog‘atga yetish davrida ichki sekretsiya bezlari faoliyatida yuz beradigan o‘zgarishlar bosh miya po‘stlog‘ining fuksiyasiga ko‘proq ta’sir etadi. Ularning ta’siri ostida qo‘zg‘alish jarayonlari kuchayadi, o‘smirning hayotida alohida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatning pasayishi natijasida ularda yuksak qo‘zg‘aluvchanlik, o‘zini tuta olmaslik, beqarorlik paydo bo‘ladi.
14-18 yoshlarda qo‘zg‘alish jarayonlarining ko‘p va kuchaygan bo‘lishi sababli tez bajariladigan jismoniy mashqlar, masalan, qisqa masofaga yugurish, sakrash, turli sport o‘yinlari tavsiya etiladi.
Ko‘pgina kuzatishlarning ko‘rsatishicha, muntazam trenirovka qilish, jismoniy mashqlarni bajarish, buyrak usti bezlari funksiyasining uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, binobarin, 50 yoshdan keyin ham bardamlik kuch-quvvat va mehnat qobiliyatining saqlanib qolishiga imkon beradi.
Yoshi ulg‘ayishi bilan suyak-muskul apparatining rivojlanish dinamikasi ham o‘zgaradi. Suyak to‘qimasi 20-25 yoshlarda batamom shakllanib bo‘ladi. Suyakning tarkibiga organik moddalar hamda anorganik birikmalar-kalsiy va fosfor tuzlari kiradi. Anorganik birikmalar suyaklarni qattiq qiladi, organik moddalar esa, elastik va qayishqoq qiladi. Kishining yosh davrida uning suyaklarida organik moddalar keksa odamlarning suyaklaridagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun qarilarning suyaklari mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qoladi. Suyakning og‘irlikka ko‘rsatadigan qarshiligi o‘lchab ko‘rilganda, bu qarshilikning o‘rta yoshdagilarda hammadan ko‘p, keksalarda ozroq, go‘daklarda esa juda ham oz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Umurtqa pog‘onasi 24-25 yoshlarda, ba’zi odamlarda 30 yoshlarda bo‘yiga qarab o‘sishdan to‘xtaydi va o‘zining so‘nggi uzunligiga yetadi. Yosh ulg‘ayganda umurtqa yoyining yupqalanishi hisobiga umurtqa pog‘onasi bir oz kaltalashib qoladi. Bolalar va o‘smirlarda suyak skeleti juda elastik va qayishqoq bo‘lgani sababli noto‘g‘ri holatida turib ish bajarish natijasida umurtqa pog‘onasi turli shaklda qiyshayib qolishi mumkin; lekin bunday hollarni boshlang‘ich davrida jimoniy mashqlar yordamida tuzatib yuborsa bo‘ladi. Bolalar bilan o‘smirlarda umirtqa pog‘onasi nihoyatda harakatchan bo‘lib, keksalar bilan qarilarda esa harakatchanlik pasayib qoladi. Yoshi ulg‘aygan va qari kishilarda qobirg‘alar orasidagi muskullar bo‘shashadi, boylam apparatining egaluvchanligi kamayadi, bo‘g‘imlardagi tog‘aylar o‘zgaradi. Yoshi ulg‘aygan va qarigan chog‘ida kam harakat qiluvchi kishlarda bu o‘zgarishlar ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
Muskul sitemasida ham yoshga doir o‘zgarishlar yuz beradi.
Odam yoshi ulg‘aygan va qarigan davrida muskul kuchi kamayadi. Elastiklik xususiyati yomonlashib, ularda atrofik jarayonlar avj oladi, harakat aktining sifati o‘zgaradi, buning natijasida ta’sirlanishning yashirin davri cho‘zilib, javob reaksiyasi sekinlashadi.
Shunday bo‘lsa ham keksalik va qarilikda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turish natijasida muskul to‘qimasi o‘sib borishi va o‘z hajmini hamda bo‘rtib turuvchi chiroyli shaklini saqlab qolishi mumkin.
Jismoniy yuklama, sport musobaqalarida ishtirok etish masalalarini hal qilayotgan yoki turli mashqlarni indivdual tartibda bajarishni ayniqsa katta yoshdagilarga tavsiya etishda birinchi galda yurak-qon tomir sistemasining holatiga alohida e’tibor berilishi kerak.
Ko‘pincha shifokorlar ko‘pdan buyon jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanib kelayotgan 40-50 yoshdagi kishilarga mashqlarni to‘xtatishni buyuradilar. Bunda ular yurak va qon tomirlaridagi yoshga doir o‘zgarishlarni dalil qilib oladilar.
Odamning butun umri davomida yurak o‘zgarmay qolmaydi. Uning kattaligi va holati, vazni va shakli, avtomatizmi va qo‘zg‘aluvchanligi, o‘tkazuvchanligi va qisqaruvchanligi bevosita yoshga bog‘liq. Odamning yoshi yurak muskul to‘qimasi strukturasining o‘zgarishiga, muskul tolalarining uzunligi va yo‘g‘onligiga, yurakning qisqarishini cheklovchi yurak biriktiruvchi to‘qimalarining rivojlanishiga, yurak to‘qimalarining qon bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jismoniy balog‘atga yetish davrida yurak eng ko‘p o‘sadi. Navqiron yurakdagi yoshga doir o‘zgarishlar asosan yurakning umumiy massasining hamda uning ayrim segmentlarining, ya’ni yurak bo‘lmalari va qorinchalarining notekis rivojlanishiga ta’sir etadi.
Yurak massasi va hajmining asta-sekin kattalashishi, almashinish jarayonlarining buzilishi, chap qorinchaning gipertrofiyasi yurakning ishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Kishi juda qarib qolganda esa yurak atrofik jarayonlarga duchor bo‘lib, hajmi kichraya boshlaydi. Yurakning turish holati ham o‘zgaradi. Agar odamning yosh paytida yurak o‘rtacha holatda tursa, yoshi ulg‘aygan sari aortaning uzayishi hamda diafragmaning yuqoriga ko‘tarilib qolishi sababali, u qiyshiq va ko‘ndalang holatga kelib qoladi.
Odamning yoshlik chog‘ida nerv sistemasida qo‘zg‘aluvchanlik ko‘p bo‘lib, uning yurak nerv apparatiga ham kelib turishini yuqorida ko‘rsatib o‘tgan edik. Yosh ulg‘ayganda va qarilikda yurak-nerv apparatining qo‘zg‘aluvchanligi pasayishi natijasida tomir urishini sekinlashadi. Tomir urishining sekinlashishiga, shuningdek yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarda sklerotik o‘zgarishlar yuz berib, ular faoliyatining buzilishi ham sabab bo‘ladi.
Yurak muskullarining qon bilan yetarli ta’minlanmasligi natijasida jismoniy mashqlar odamni xansiratib qo‘yadi, yurakda og‘riq paydo bo‘ladi.
50 yoshdan oshgandan keyin jismoniy mashqlarni bajarishga kirishilgan taqdirda shuni esada tutish kerakki, ana shu yoshdan oshgan va ilgari jismoniy mashqlar bilan sira shug‘ulanmagan ko‘pchilik odamlarda tomir devorlari elastikligining pasayishi natijasida ko‘pincha qon bosimi birmuncha ko‘tarilgan bo‘ladi. Buni hisobga olish lozim va tomirning o‘zgargan devorlarida uzilish yuz bermasligi uchun ko‘p kuch sarflashni talab qiladigan mashqlarni bajarishdan qochish kerak.
Yosh ulg‘ayishi bilan vena qon tomirlarida va asosan vena klapanlarida ham o‘zgarishlar boshlanadi, ular atrofiyalana boshlaydi. Buning natijasida yurakka oqib keladigan qonning miqdori kamayishi mumkin va vena tomirlarida qon aylanish sharoitining yomonlashuvi oqibatida oyoqlarda ko‘pincha shish paydo bo‘ladi.
Agar keksa yoshdagi kishilarda qon bosimi ko‘tarilib, tomirlarda, ayniqsa yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarda o‘zgarishi yuz bergan, yurak muskullari bo‘shashgan, shuningdek jismoniy yuklama vaqtida o‘zgaruvchi qon aylanish sharoitiga tomirlarning moslashish qobiliyati pasaygan bo‘lsa, jismoniy mashq me’yorlarini belgilashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish talab etiladi.
Yoshga doir xususiyatlar nafas olish apparatining funksiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘pkadagi tomirlar orqali o‘tadigan qon miqdorining kamayishi sababli katta yoshdagi odamlarda kislorodni singdirish protsenti yoshlardagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi 20-30 yoshlarda maksimal kattalikka yetadi. 40-50 yoshlardan keyin u pasaya boshlaydi, chunki nafas olish sistemasida o‘pka to‘qimasining elastik elementlari o‘rnini yaxshi elastik bo‘lmagan biriktiruvchi to‘qima elementlari egallaydi.
Qobirg‘a tog‘aylarining suyakka aylanishi natijasida ko‘krak qafasining ekskursiyasi kengayishi va siqilishi ham kichrayadi. Keksa va qari odamlarda nafas olishning ancha chuqur va nafas chiqarishning birmuncha qisqa bo‘lishi tufayli o‘pka to‘qimasi doimo cho‘zilgan holatda bo‘ladi, uning elastiklik xususiyati kamayadi va qon aylanishi buzildi. Bunday holat o‘pkaning kengayishiga nafas olishning tezlashuviga va hatto nafas qisilishiga olib keladi. Keksa va qari kishilarda organizmga kiruvchi kislorodning yetishmasligi natijasida to‘qimalarda bo‘lib turadigan oksidlanish jarayonining shiddati susayib qoladi, asosiy almashinish pasayadi, bu esa, o‘z navbatida organizmning barcha hayotiy funksiyalarining bo‘shashishiga olib keladi. Hozirgi zamon fanining ma’lumotlariga qaraganda, organizmda modda almashinishining kamayishi va buning oqibatida hujayra to‘qimalar faolligining pasayib ketishi organizmni qarituvchi sabablardan biridir.
Semizlik va yog‘ bosish kishining qaddi-qomatini buzib yuborishidan tashqari, uni bir qator kasalliklarga ham duchor qiladi, jismoniy mashqlarni tavsiya etayotganda ana shu kasalliklarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Klinika va sportda odamning me’yorda og‘irligi uning bo‘yi balandligidan 100 sonini olib tashlagandan keyin qolgan santimertlarning kilogramm bilan ifodalangan soniga teng bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi. Agar odamning bo‘yi 168 santimertga teng bo‘lsa, uning kilogramm bilan ifodalangan me’yorda og‘irligi 68 kilogramm bo‘lishi kerak. Agar vazn me’yorda og‘irlikdan 25 protsentdan oshib ketsa, semizlikning yengil shakli, 50 protsentdan ortib ketsa-o‘rtacha shakli, 50 protsentdan ko‘p oshib ketsa-semizlikning og‘ir shakli hisoblanadi.
Semirib ketgan kishilarda, yurak-qon tomir sistemasi ayniqsa ko‘proq zararlanadi. Ularning yuraklarini yog‘ qoplab oladi, shuningdek yurak muskulining tolalari orasida ham yog‘ to‘planadi. Yurak muskullari kuchsizlanib qoladi va tamoman o‘zgarib ketib, jismoniy mashqlarga sust qisqarish bilan javob beradi.
Nafas qisish, yurak o‘ynash, o‘zini yomon his etish, og‘riq va hokazolar boshlanadi.
Nafas olish ham o‘zgaradi. U tezlashadi va yuzaki bo‘lib qoladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, agar tegishli parhez saqlanmasa yoki, agar yog‘ bosish ichki sekretsiya bezlari ishining o‘zgarishi natijasida yuz bergan bo‘lsa, jismoniy mashqlarning nafi tegishi qiyin. Katta yoshda to‘qimalardagi yog‘ qatlami ma’lum darajada turg‘unlashib qoladi, bu davrda boshlangan mashqlar vaznni kamaytirishda kam natija beradi. Shunday bo‘lsa ham jismoniy mashqlar nafas qisishini, umumiy bedarmonliklarni yo‘qotadi.
Jismoniy mashqlar o‘rta va katta yoshdagi ayollarning salomatligi uchun juda katta ahamiyatiga ega. Erkaklardagi singari ayollarda ham yosh ulg‘ayishi bilan qo‘zg‘alish jarayonlarining kuchi kamaya boradi, tormozlanish jarayonlarining kuchi o‘zgarib, harakterga, fe’l-atvorga va mehnat qobiliyatiga ta’sir etadi.
Taxminan 45 yoshlardan keyin yurak-qon tomir va o‘pka sistemasida turli o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi, modda almashinuvi sekinlashadi, ko‘pincha ko‘p miqdordagi yog‘ qatlamlari hosil bo‘ladi. Bu davrda hayz ko‘rish faoliyatining to‘xtashi bilan birga ko‘pincha miyaga qon quyilishi, ko‘p terlash, umumiy zaiflik, bosh og‘rig‘i va asabiylik, yurak o‘ynoqilik va tomirlarning tortishib qolishi singari hollar yuz beradi.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, gigienik gimnastika kishini toliqtirmaydigan yengil o‘yinlar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Jismoniy mashqlarni tavsiya etish va ularni bajarishda organizmning yoshga doir xususiyatlari nazarda tutilishi hamda hozirgi zamon fani ishlab chiqqan quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilinishi kerak.
1. Odatda qisqa vaqt ichida bajariladigan hamda nerv, muskul, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa sistemalarning sekundlar bilan o‘lchanadigan vaqt ichida juda zo‘riqib ishlashini talab etadigan tezlikni oshirish yoki sur’atni o‘stirish mashqlari kichik yoshdagilarga tavsiya etiladi. Bunday mashqlarga juda tez yugurish, velosipedda tez yurish, chang‘i poygalari kiradi.
40 yoshdan oshgan kishilar, ayrim hollarda sportda erishgan yutuqlarini va chaqqonliklarini saqlab qolgan bo‘lishlariga qaramay, umuman qisqa vaqt ichida ko‘p kuch sarflashni talab etadigan jadal mashqlarni bajarish qobiliyatlarini yo‘qotadilar. Bu tamoman qonuniy bir hol bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘i, nerv-muskul harakat apparati, yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari qo‘zg‘otgichlarining pasayganligi bilan, shuningdek yosh ulg‘aya borgan sari tomirlar elastikligining, muskullar tonusining o‘zgarishi, tarangligining pasayishi va hokazolar bilan bog‘liq.

  1. Bir necha minutdan tortib, to bir necha soatgacha davom etishi mumkin bo‘lgan chidamlilikni oshirish mashqlari, masalan, 10 kilometrga yugurish, 40-50 kilometr masofaga yurish, uzoq masofaga suzish, turistik va alpinizm poxodlarida qatnashish-qon aylanish va nafas olish organlarining ishini nihoyat darajada kuchaytirib yuboradi va shu bilan organizmning barcha organ va sistemalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, bunday yuklamaga faqat yuragi va nafas olish apparati yaxshi rivojlangan, o‘rtacha qo‘zg‘o‘luvchanlikka, mustahkam nerv sistemasiga ega bo‘lgan, to‘la-to‘kis takomillashgan organizmgina bardosh bera oladi. Shuning uchun ham o‘smirlik yoshida chidamlilikni oshirish mashqlari ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi, lekin bunda muntazam ravishda mashq qilib turilishi va yuklama asta-sekin oshira borilishi shart. Chidamlilikni oshirish uchun o‘rtacha masofaga yugurish, chang‘i va konki sporti hamda sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Chidamlilikni oshirish mashqlarining-o‘rtacha shiddatli va ko‘p kuch sarf qilinadigan yuqori shiddatli xillari bilan farqlanadi. O‘rtacha shiddatli mashqlarda yurak, o‘pka, nerv va muskul sistemalarining ishi unchalik yuksak darajada bo‘lmaydi, binobarin, muddati bir xil bo‘lgan o‘rtacha shiddatli chidamlilikni oshirish mashqlarini faqat 20-30 yoshdagi kishilargina emas, balki yaxshi chiniqqan 40-50 yoshdagi kishilar ham bajarishlari mumkin.

  1. Kuch mashqlari yoki kuchni oshirishga yordam beruvchi mashqlarni bajarishda ham yoshga doir xususiyatlarni tabaqalashtirilgan holda hisobga olish zarur.

Kuch mashqlariga quyidagilar kiradi: og‘ir buyumlarni ko‘tarish, kurash tushish, gimnastika asboblarida bajariladigan ba’zi mashqlar, xodaga, arqonga, narvonga tirmashib chiqish, arqon tortish va hokazolar.

Download 267,86 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 267,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalari

Download 267,86 Kb.