|
Mustaqil ta’limga ajratilgan soatlar va mavzular mazmuni
|
bet | 14/15 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 76,64 Kb. | | #128610 |
Bog'liq ishchi dasturMustaqil ta’limga ajratilgan soatlar va mavzular mazmuni
O‘quvchilarning mustaqil ishlarining mazmuni mashg‘ulotlar orqali shakllantiriladi. Mustaqil ish mavzulari o‘quvchi faoliyatining turi va mazmuniga, tarbiyachilik kasbiga xos xususiyatlariga, o‘quv dasturining mazmuniga mos tuzilishi kerak. O‘quvchi uchun tushunarli tarzda bayon etilishi kerak. Mustaqil ish o‘quvchi tomonidan o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan, lekin uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ish maqsadi, hajmi, mustaqil ishning aniq mavzulari, murakkabligi darajasi, o‘quvchilarning mahorat darajasiga qarab alohida yoki o‘quvchilar guruhlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ishni shakllantirishda mavzu, faoliyat turi, o’tkazish joyi aniq tavsiya etilishi kerak. Mustaqil ishlarni bajarishda internet tizimi, AKTdan keng foydalaniladi.
O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar, qo‘llaniladigan innovatsion metod, usul va vositalar
O’quvchilarning fanini puxta o’zlashtirishini ta’minlash maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qollanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron matn, materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi. Kichik guruhlarda ishlash, “Charxpalak”, “Blits-so’rov”,”Tushunchalar tahlili”, “FSMU-texnologiyasi”, “Aqliy xujum” usuli, “Klaster”, “BBB-texnologiyasi”, o’yinli ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanish o’zlashtirish sifatini oshiradi. O’qituvchi o’z tajribasiga tayaangan holda mavzuga mos metodlarni tanlaydi, o’qitish materialarida bayon etadi.
O‘quv jarayonini tashqil etishdagi didaktik vositalar turlari
Fanning o’quv dasturini amalga oshirish uchun o’quv xona, kompyuter jihozlari, plakatlar, bukletlar bo’lishi talab etiladi.
|
| |