|
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕBog'liq document (2)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 10
Часть–3_ Декабрь–2022
130
2181-3187
qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi. O‘quvchilar
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni
tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va
sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va
maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni tala
b etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini
belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal
etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
– pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat munosabatlarini
shakllanganlikning o‘ziga xos an’ana vositalariga
tayanish
;
– ulg‘ayayotgan inson shaxsini tarbiyada
oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har
bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy
huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda
bo‘lishi mumkin:
a) fan to‘garaklari;
b) mohir qo‘llar to‘garaklari;
v) duradgorlik to‘garaklari;
g) sport to‘garagi;
d) badiiy havaskorlik to‘garagi.
O‘rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar
tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak rahbarlariga yaqindan yordam
beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka
a’zo bo‘lishga chorlaydi.
Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy
faoliyatni to‘ldiradi. Ularni dunyo qarashini to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol
topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan
chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik
qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni
nazorat qilish;
– o‘quvchilarning sinfdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik jamoa,
o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
|
| |