• Kurs ishining dolzarbligi
  • Kurs ishining maqsadi
  • O’sish fazalari




    Download 33.82 Kb.
    bet1/6
    Sana06.04.2024
    Hajmi33.82 Kb.
    #189547
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kurs ishi 18-mavzu
    Jafar at, ATESTATSIYA YUZI, ML, 2023-yilda tushishi mumkin testlar original-2023-1, aylana 3, Mustaqil ish Mavzu Oquv jarayonida axborot texnologiyalarining -fayllar.org, Ekologik madaniyatni shakllantirishda o`qituvchining kuzatishga , Eshqobilov Abdilamid, kurs ishi 1-mavzu

    Oʻsimliklar ontogenizining fiziologik tavsifi
    Kirish
    Oʻsimliklar ontogenizining fiziologik tavsifi
    Ontogenezning bosqichlari
    Monokarp va polikarp o`simliklar
    Yarovizatsiya
    Xulosa
    Foydalangan adabiyotlar
    Ilovalar

    KIRISH
    Kurs ishining dolzarbligi: Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genesis - rivojlanish) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi.


    Kurs ishining maqsadi: Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va sifat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri preformizm Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.

    Download 33.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 33.82 Kb.