• Abituriyentlarga omad yor bo’lsin. Namangan viloyat Chust tumani 13-maktab fizika fani o’qituvchisi Farhod Nizomiddinov.
  • 2023-Ehtimoliy testlar




    Download 431.36 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana01.08.2023
    Hajmi431.36 Kb.
    #77836
    Bog'liq
    2023-yilda tushishi mumkin testlar original-2023-1
    Jafar at, ATESTATSIYA YUZI, ML, aylana 3, Mustaqil ish Mavzu Oquv jarayonida axborot texnologiyalarining -fayllar.org, Ekologik madaniyatni shakllantirishda o`qituvchining kuzatishga , Eshqobilov Abdilamid, kurs ishi 1-mavzu, Kurs ishi 18-mavzu


    2023-Ehtimoliy testlar
    1. 
    Silliq sirtda joylashgan bikirligi 57,6 kN/m 
    bo’lgan vaznsiz prujinaga massasi 4 kg bo’lgan 
    jism tomon 10 m/s tezlik bilan harakatlanib absolyut 
    noelastik urildi. Prujina 5sm siqilgan vaqtidagi jismning tezligini aniqlang.
    A.0 B.8 m/s C.9 m/s D.10 m/s 
    2. Tebranish davri 18 s bo’lgan ideal tebranish konturida induktiv g’altak zaryadlangan 
    kondensatorga ulangandan so’ng t=3,5 s o’tgach tok kuchi - 2,4 A qiymatga ega 
    bo’ldi. Shundan qancha minimal vaqtdan so’ng yana tok kuchi +2,4 A ga teng 
    bo’ladi? 
    A.2 s B.4,5 s C.9 s D.6,5 s 
    3. Elektromagnit nurlanishda temperatura pasaysa nurlanish maksimumiga to’g’ri 
    keluvchi to’lqin uzunligi qanday o’zgaradi? 
    A.Qisqa to’lqin tomon siljiydi
    B.Uzun to’lqin tomon siljiydi
    C. O’zgarmaydi
    D.Qisqa yoki uzun to’lqin uzunligi tomonga ham siljishi mumkin 
    4. 
    Rasmda 3 ta o’ta uzun o’tkazgich tasvirlangan. 3-
    o’tkazgichga ta’sir etayotgan kuch yo’nalishini aniqlang. 
    A. B. C. D.
    5. Ketma – ket ulangan kondensator va induktiv g’altakdan o’zgaruvchan tok 
    o’tmoqda. Tarmoqdagi kuchlanish 20 V, g’altakdagi kuchlanish 24 V bo’lsa 
    kondensatordagi kuchlanishni aniqlang.
    A.20 V B.24 V C.44 V D.4 V 
    6. Tebranish davri 18 s bo’lgan ideal tebranish konturida induktiv g’altak zaryadlangan 
    kondensatorga ulangandan so’ng t=3,5 s o’tgach tok kuchi - 2,4 A qiymatga ega 
    bo’ldi. Shundan qancha minimal vaqtdan so’ng yana tok kuchi - 2,4 A ga teng 
    bo’ladi? 
    A.2 s B.4,5 s C.9 s D.6,5 s 


    7. Har birining massasi m bo’lgan bloklarga massasi m bo’lgan yuk 
    osib qo’yilgan. Yukni tekis harakatlantirib yuqoriga harakatlantirish 
    uchun unga qanday F kuch ta’sir etishi lozim. 
    A.mg B.mg/4 C.2,5mg D.mg/2 
    8. Har birining massasi 3m bo’lgan bloklarga  massasi m bo’lgan 
    yuk osib qo’yilgan. Yukni tekis harakatlantirib yuqoriga 
    harakatlantirish uchun unga qanday F kuch ta’sir etishi lozim. 
    A.mg B.mg/4 C.2,5mg D.2mg 
    9. Tomoni a=1mm bo’lgan kvadratning har bir burchagiga q=6nC zaryad 
    joylashtirildi. Har bir zaryadga ta’sir etayotgan kuchni aniqlang.
    A.0,62 N B.0,324 N C.0,456 N D.0,65 N 
    10. To’lqin uzunligi 800 nm bo’lgan yorug’lik nuri hosil qilayotgan fotonning impulsini 
    toping. 
    A. 830·10
    -27
    kg m/s B. 83·10
    -27
    kg m/s C. 8,3·10
    -27
    kg m/s D.0,83·10
    -27
    kg m/s 
    11. 80 g massali argonni izobarik ravishda 2K ga isitish uchun qancha issiqlik miqdori 
    kerak bo’ladi? 
    A.100 J B.83 J C.50 J D.33 J 
    12. Misdan yasalgan o’tkazgichdan 50 s vaqt davomida tok o’tganda uning 
    temperaturasi qanday o’zgaradi? Tok zichligi 4 A/mm

    A.56 K B.0,48 K C.3,9 K D.390 K 
    13. Vodorod molekulasi birinchi kosmik tezlikdan besh marta kichik tezlik bilan 
    harakatlanishi uchun uning temperaturasi qanday bo’lishi kerak? 
    A.1024 K B.206 K C. 128 K D.520 K 
    14. Rasmda 3 ta o’ta uzun o’tkazgich tasvirlangan. 2-
    o’tkazgichga ta’sir etayotgan kuch yo’nalishini aniqlang
    A. B. C. D.
    15. Diodning tok to’yingan holdagi quvvati qaysi ifoda 
    bilan aniqlaniladi? 
    A.I
    2
    R B.k·U
    3/2
    C. k·U
    5/2
    D.IU 
    16. 0,5 kg suvni 2° ga isitishga sarflangan energiya bilan 0,8 t massali yukni qanday 
    balandlikka ko’tarish mumkin?
    A.0,01 m B.42 m C.9,8 m D.0,525 m 


    17. Temperaturasi 100° bo’lgan 3 mol suvni to’la bug’latib yuborish uchun unga 
    qanday issiqlik miqdori berish lozim? 
    A.6,9 kJ B.42 kJ C.124,2 kJ D.130 kJ 
    18. Massasi 800 kg avtomobil 7,5 m/s
    2
    tezlanish bilan gorizontal harakatlansa 
    avtomobilni sirtga ta’sir etuvchi kuchnini aniqlang. 
    A.10 kN B.8 kN C.11,6 kN D.14 kN 
    19. Jism gorizontal otildi. Rasmdagi ma’lumotlardan foydalanib h

    / h
    2
    ni aniqlang. 
    A.4/3 B.9/16 C.3/4 D.3/2 
    20. Arqon ko’pi bilan 50 kg yukni ko’tara oladi. Suv 
    ichida shu arqon yordamida necha kg muzni tutib turish 
    mumkin. 
    A.45 kg B.450 kg C.270 kg D.55,55 kg 
    21. Suvda jismni yuqoriga a=25 m/s

    tezlanish bilan ko’targanda tekis ko’targanga 
    nisbatan arximed kuchi necha marta o’zgaradi? 
    A.3,5 marta ortadi
    B.2,5 marta ortadi
    C.1,5 marta ortadi
    D.o’zgarmaydi 
    22. Diodning tok to’yinmagan holdagi quvvati qaysi ifoda bilan aniqlaniladi? 
    A.I
    2
    R B.k·U
    3/2
    C. k·U
    5/2
    D.IU 
    23. Qaysidir planetada birinchi kosmik tezlik 9 km/s bo’lsa, shu planeta uchun ikkinchi 
    kosmik tezlikni aniqlang. 
    A.12,6 km/s B.11,2 km/s C. 16,7 km/s D.18 km/s 
    24. Ichi bo’sh bo’lgan balon izotermik ravishda nasos yordamida damlanmoqda. Nasos 
    porsheni 40 marta dam berganda idishdagi bosim qanday bo’ladi? Idish hajmi 3 l, 
    nasos kamerasininh hajmi 100 cm
    3

    A.75 kPa B.200 kPa C. 133 kPa D.500 kPa 
    25. Silliq sirtda joylashgan bikirligi 10 kN/m 
    bo’lgan vaznsiz prujinaga massasi 4 kg bo’lgan 
    jism 10 m/s tezlik bilan absolyut noelastik urildi. 
    Prujina 5sm siqilgan vaqtidagi jismning kinetik energiyasini aniqlang. 
    A.150 J B.187,5 J C. 200 J D.50 J 


    26. Vinning siljish qonuni ko’rsatilgan javobni aniqlang. 
    A.λ 
    m
    /T = b B,λ 
    m
    b = T C.λ 
    m
    T = b D. T/λ 
    m
    = b 
    27. 
    O nuqtada nuqtaviy yorug’lik manbai 
    joylashgan. B nuqtada joylashgan sharni A 
    nuqtaga ko’chirilsa ekranda hosil bo’layotgan 
    tasvirning yuzasi qanday o’zgaradi? 
    A.2 marta ortadi B.2 marta kamayadi
    C.4 marta kamayadi D.4 marta ortadi 
    28. 
    O nuqtada nuqtaviy yorug’lik manbai 
    joylashgan. B nuqtada joylashgan sharni C 
    nuqtaga ko’chirilsa ekranda hosil bo’layotgan 
    tasvirning yuzasi qanday o’zgaradi? 
    A.2,25 marta ortadi
    B.2,25 marta kamayadi
    C.4 marta kamayadi
    D.4 marta ortadi 
    29. m masali vertolyot qisqa vaqt havoda muallaq turishi uchun uning quvvati qanday 
    bo’lishi kerak? 
    A.mg
    𝑣 B. mg𝑣/2 C. mg𝑣
    2
    /2 D. mgh 
    30. 
    𝜑 = 𝜔
    0
    t +𝜀t
    2
    /2 tenglama qanday harakatni tavsivlaydi? 
    A. Aylana bo’ylab tekis harakat 
    B. Aylana bo’ylab tezlanuvchan harakat 
    C. Aylana bo’ylab notekis tezlanuvchan harakat 
    D. To’g’ri chiziqli tezlanuvchan harakat 


    Abituriyentlarga omad yor bo’lsin. 
     
    Namangan viloyat Chust tumani 13-maktab fizika fani o’qituvchisi 
    Farhod Nizomiddinov.
    Kamchiliklari bo’lsa ma’zur tutasizlar. 

    Download 431.36 Kb.




    Download 431.36 Kb.
    Pdf ko'rish