Rivojlanishning turli bosqichlarida gavda proporsiyasi




Download 96,16 Kb.
bet2/2
Sana06.12.2023
Hajmi96,16 Kb.
#112702
1   2
Bog'liq
Bolalar va o\'smirlar o\'sish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

Rivojlanishning turli bosqichlarida gavda proporsiyasi. Bolalar o‘sish va rivojlanishining muhim qonuniyatlariga, o‘sish va rivojlanishning bir tekisda kechmasligini va tinimsizliklarini, hayotiy muhim funksional tizimlar va akselerasiyani ya’ni ularni yetilishidan oldin yuzaga keluvchi hodisalar – geteroxroniyalarni kiritish mumkin.
I.A.Arshavskiy faqatgina turli yosh davrlarida organizmning fiziologik funksiyalarni spesifik xususiyatlarini emas, balki shaxsiy rivojlanish qonuniyatlarini ham tushunish imkonini beruvchi asosiy omil sifatida «skelet muskullarining energetik qoidasini» shakllantirdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, turli yosh davrlaridagi energetik jarayonlarning xususiyatlari, hamda nafas va yurak tomirlar tizimining faoliyatining o‘zgarishi va qayta shakllanishi ontogenez jarayonida yuqoridagi organlarga mos bo‘lgan skelet muskullarining rivojlanishiga bog‘ liq bo‘ladi.
A.A.Markosyan shaxsiy rivojlanishining umumiy qonunlariga biologik tizimlar ishonchliligini ham qo‘shishni taklif etdi.
Biologik tizimlarning ishonchliligi deganda, organizmdagi jarayonlarning boshqarilish darajasining, qaysini imkoniyatdagi zahiralardan favqulodda foydalanish natijasida yuqoridagi jarayonlarning (optimal) maqbul holatda kechishi ta’minlanishi va o‘zaro almashinuvi natijasida yangi sharoitga moslashishini ta’minlovchi va juda tez ilgarigi holatga qaytish darajasi tushuniladi.
Ushbu konsepsiyaga asosan zigota hosil bo‘lganidan boshlab toki uning tabiiy o‘limi bilan tamomlanadigan rivojlanish yo‘li hayotiy imkoniyatlar zahirasi mavjud bo‘lgandagina amalga oshadi. Ushbu imkoniyatlar zahirasi tashqi muhitni o‘zgaruvchan sharoitlarida hayotiy jarayonlarni rivojlanishini va maqbul holatda kechishini ta’minlaydi. Bir necha misollar keltiramiz.
Bir odamni qonida mavjud bo‘lgan trombin (qon ivishida ishtirok etuvchi ferment) 500 odamni qonini ivitish uchun yetarli. Uyqu arteriyasining devori 20x105 Pa.ga teng bo‘lgan bosimga chidaydi, lekin qon tomirlar tizimining ushbu qismidagi bosim ayrim vaqtlardagina yuqoridagi bosimni 1/3 qisminigina tashkil etadi. (105 Pa). Son suyagi 1500 kg og‘irlikdagi yukni cho‘zilishiga chidaydi.
Tuzilmalar birgalikda tug‘ ilish oldidan hayotiy muhim vazifalarni bajaruvchi funksional tizimlarni tashkil qilib, ular hosil bo‘ladi va tanlanib hamda tezlashgan holda yetiladilar. Masalan, og‘ izning aylana muskuli yuzning boshqa muskullari innervasiya qilinishidan oldinroq, tezlashgan holda innervasiya qilinadi. Og‘ izning aylana muskullaridan tashqari boshqa muskullar va emish aktinii bajarilishini ta’minlovchi markaziy asab tizimining boshqa tuzilmalari ham tezlashgan rivojlanishga uchraydi.
Qo‘lning barcha nervlari orasida eng avval ushlash refleksida ishtirok etuvchi muskullarni qisqarishini barmoqlarni bukilishini ta’minlovchi nervlar bunday to‘la qiymatli funksional tizimlarni tashkil qiluvchi morfologik hosilalar ya’ni yangi tug‘ ilgan bolalarni yashashini ta’minlovchi morfologik tanlanib va tezlashib rivojlanishi sistemogenez deb ataladi.
Odam organizmida u tug‘ ilganidan toki o‘limiga qadar uning xayotining turli davrlarida tuzilishning maxsus xususiyatlari, biokimyoviy jarayonlar, organizmning to‘liq yoki uning ayrim tizimlarining funksiyalarini o‘zgarishi qayd qilinadi. Bu o‘zgarishlar ma’lum darajada o‘sish va rivojlanishning bosqichlarini aniqlovchi irsiy omillar bilan ta’min etiladi. Ammo bu irsiy omillarning namoyon bo‘lishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga, yoshga oid xususiyatlarni shakllanishida oziqlanish va odamlarning ijtimoiy hayotini mohiyatini tashkil qiluvchi o‘qitish va tarbiyalash hayotning gigiyenik sharoitlari, bolaning odamlar bilan muloqoti, jismoniy va mehnat faoliyati va boshqa omillar egadir.
Odamning hayoti – bu rivojlanishning uzluksiz jarayonidir. Dastlabki qadam va harakat funksiyalarining kelgusi rivojlanishi, bolaning boshlab gapirgan so‘zi va nutq funksiyasining rivojlanishi, bolaning ovqat hazmi va o‘smirlik davrida jinsiy yetilish, markaziy asab tizimining tinimsiz rivojlanishi, reflektor faoliyatning murakkablashuvi, bularning hammasi organizmning uzluksiz o‘zgarishidan keltirilgan ayrim misollardir.
Bola organizmining o‘sish jarayoniga taalluqli xususiyatlardan bo‘lib uning notekisligi yoki geteroxronizm va to‘lqinsimonligi hisoblanadi. O‘sishning tezlashgan davrlari uning biroz sekinlashishi bilan almashadi. Bola organizmining o‘sish dinamikasini grafik kuzatishlarda bu qonuniyat juda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bola o‘sishini ancha jadallashgan davri hayotining birinchi yilida va jinsiy yetilish davrida, ya’ni 11-15 yoshlik bo‘lgan paytlarga to‘g‘ ri keladi. Endi tug‘ ilgan bolaning bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, bir yoshning oxiriga kelib 75-80 sm.ga yetadi, ya’ni 50 % dan ortishi kuzatiladi, gavda og‘ irligi esa uch martaga – ya’ni yangi tug‘ilgan bola bor yo‘g‘i 3,0-3,2 kg bo‘lsa, birinchi yil oxiriga kelib 9,5-10,0 kg gacha yetadi. Keyingi yillarda jinsiy voyaga yetish davrigacha o‘sish tempi pasayadi va o‘rtacha yiliga 1,5-2,0 kg qo‘shilsa, bo‘y uzunligi 4,0-5,0 sm. ga o‘sadi.
O‘sish tempining ikkinchi marta sakrashi jinsiy yetilish davrining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘y uzunligi bir yilda 7-8 sm.ga hatto 10 sm.gacha ortadi. Vaholanki 11-12 yoshda qizlar o‘sish bo‘yicha o‘g‘il bolalardan bo‘ydorroq bo‘ladilar. 13-14 yoshda ularning bo‘ylari deyarlik bir xil bo‘lsa, 14-15 yoshga borib esa bo‘yi bo‘yicha o‘g‘il bolalar qizlardan o‘tib ketadilar va bu ortiqlik butun hayot davomida saqlanib qoladi.
Yangi tug‘ilish davridan to to‘lig‘icha voyaga yetish yoshigacha tana uzunligi –3,5 marta, gavda uzunligi –3 marta, qo‘llar uzunligi –4,5 marta oyoqlar uzunligi esa –5 marta ortadi. Yoshga qarab tana proporsiyasi ham kuchli almashadi.
Yangi tug‘ilgan bola voyaga yetgan odamlarga nisbatan oyoqlarning kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bola boshining balandligi gavda uzunligining 1/2 qismini, 2 yoshli bolada 1/5, 6 yoshda 1/6, 12 yoshda 1/7 va voyaga yetgan odamlarda –1/8 qismini tashkil qiladi, yosh o‘tishi bilan bosh o‘sishi sekinlashib, oyoqlariniki esa tezlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sodiqov B., Suchkarova L. Bolalar va o’smirlar fiziolognyasi va gigiеnasi.O’zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi davlat nashriyoti. T. - 2005-y.
Solixo’jaеv S.S., Iskandarova Sh.T., Do’stjanov B.D. Umimiy gigiyеna. Toshkеnt, 2003 y.
Тухтаев Ф, Жабборов Р, Деҳқонов Ш. Ўсмирлар физиологияси.(услубий қўлланма) Самарқанд. 2007
Almatov X.T. Ulg’ayish fiziologiyasi. M.Ulug’bek nomidagi O’zMU bosmoxonasi. T. – 2004-y.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 96,16 Kb.
1   2




Download 96,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlanishning turli bosqichlarida gavda proporsiyasi

Download 96,16 Kb.