|
Osiyo xalqaro universiteti
|
bet | 3/12 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #154224 |
Bog'liq Menejment texnologiyasiMaqsadlar - bu aniq yakuniy holatlar bo'lib, u yoki bu sub'yekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydilar, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadilar.
Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq muddatli va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko'proq muddatda erishiladiganlar maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadilar. Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o'rtacha muddatli) maqsadlar ham belgilanadilar.
To'g'ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishlari kerak bo'lgan bir necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bo'lishlari kerak:
haqiqiy;
egiluvchan;
o'lchanadigan, vaqtga qaratilgan;
aniq;
bir birlari bilan birga bo'la oladigan;
ta'sirning asosiy sub'yektlari uchun qulay;
Boshqaruv tizimida bir necha o'zaro bog'langan maqsadlar mavjudligida maqsadlar tizimi(daraxti)ni qurish zaruriyati vujudga keladi. U maqsadlar ierarxiyasini, ya'ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning izchilligi darajasi bo'yicha joylashgan, bir biriga bo'ysunuvchi maqsadlarning tartibga solingan majmuasini qurishdan iboratdir.
Rejalar nima qilish kerakligini ko'rsatuvchi ro'yxatga egalar, qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan ishni bajarishning izchilligi, resurslar va vaqtni belgilab beradilar. SHunga ko'ra rejalashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
•maqsadlar va vazifalarni belgilash; maqsadlarga erishish uchun strategiyalar, dasturlar va rejalarni ishlab chiqish;
•zarur resurslarni aniqlash va ularni maqsadlar va vazifalar bo'yicha taqsimlash;
•rejalarni ularni bajarishi kerak bo'lgan, ularni amalga oshirish uchun javobgar bo'lgan kishilarga yetkazish.
Umuman rejalashtirish vazifasi zamonaviy tashkilotlarda uchta darajada bajariladi: strategik, taktik, operativ. Strategik boshqarish va rejalashtirish 4-bobda ko'rib chiqiladi.
Strategik rejalashtirishdan taktik, keyinroq esa operativ (odatda bir yillik) rejalashtirish kelib chiqadi, u yetarlicha batafsil quriladi. Ushbu rejaga muvofiq tashkilot faoliyatining har bir yo'nalishi bo'yicha faoliyatning hajmi belgilanadi. Ishchi kuchi va kapital kiritmalarni jalb qilish bo'yicha rejalar, mahsulotni ishlab chiqarish rejalari tuziladi. Yillik reja ishlab chiqarish va sotish rejalarini choraklar va oylar bo'yicha tafsiloti bilan aniqlab beradi. Bunda har bir bo'linma har oyda sotishlar va xarajatlar bashoratlarini aniqlab oladi va o'z rejalarini ushbu aniqlashlar bilan moslashtiradi.
Korxona faoliyatini operativ rejalashtirish ko'pincha biznes-reja asosida amalga oshiriladi. Biznes-rejada tashkilot rioya qilish kerak bo'lgan vaqt oralig'i ma'lum bo'lishi kerak (odatda bir yil).
Biznes-reja yordamida tadbirkor ma'lum davr ichidagi faoliyati natijalarini baholashi mumkin. Bu rejadan yana kelajakda biznesni olib borish konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin.
Bundan tashqari qarz beruvchilar va sarmoyadorlar biznesga pullarini kiritishdan avval, biznes-reja bilan tanishishlari darkor. Bunda ular tadbirkorning ishga doir obro'si, qarzga xizmat ko'rsatish bo'yicha pul oqimlari, kafolatlarni ta'minlanishi va shaxsiy sarmoyaning ulushiga e' tibor qaratishlari kerak.
Biznes-rejalar asosan quyidagi bo'limlarga ega bo'ladilar:
mahsulot va xizmatlar;
marketing;
ishlab chiqarish rejasi;
boshqaruv va tashkil qilish;
sarmoya va kompaniyaning yuridik shakli;
moliyaviy reja.
Boshqaruvning keyingi vazifasi tashkil qilishdir. Uning vazifasi quyidagilardir:
tashkilotni qismlarga bo'lish, umumiy boshqaruv vazifalarini bo'linmalar vaxodimlar o'rtasida taqsimlash;
tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, uning elementlari o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish;
tashkilotning ma'lum tashkiliy madaniyatini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
•qabul qilingan qarorlarni bajarilishini tashkil qilish ;
•ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlarni joriy tashkil qilish;
•tashkilot faoliyatini resurslar bilan ta'minlash;
•vazifalar va vakolatlarni boshqalarga topshirish; tashkilotni uni rivojlanish jarayonida isloh qilish (qaytadan tashkil qilish).
Boshqaruv jarayonlari va ularni tashkil qilishni ham ko'rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchilarga bo'linadilar. Bunda mehnat predmeti sifatida boshqaruv qarori, axborotlar va hujjatlar bo'ladilar. Agar operatsiya mehnat predmetining parametrlarini o'zgartirishga qaratilsa, jarayon asosiy bo'ladi. Xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv jarayonlariga mehnat predmetini jamlash, nazorat qilish va uzatish, yordamchilarga esa natijasida asosiy va xizmat ko'rsatish jarayonlarini bajarilishi uchun normal sharoitlar yaratiladigan operatsiyalar kiradi.
Boshqaruv jarayonlarini ratsional tashkil qilishning shartlarini ajratish mumkin:
mutanosiblik;
uzviylik;
maqsadlarning mavjudligi;
harakatlarning elastik (egiluvchan)ligi;
barqarorlik;
mehnat taqsimoti;
boshqarilish me'yorlariga rioya qilinishi;
majburiyatlar va vakolatlarni boshqalarga topshirilishi;
parallellik;
to'g'ridan to'g'ri aniqlik; bir maromdalik;
• birturdagi mehnat predmetlarini bir joyda jamlanishi; jarayonlarni egiluvchanligi.
Masalan, mutanosiblikda bitta jarayonning har xil ish joylarining teng o'tkazish qobiliyatiga, ish joylarni axborotlar, moddiy resurslar bilan bir xilda ta'minlanishiga va h.k, parallellikda-operatsiyalarni bir vaqtda birga bo'la olishligiga, to'g'ridan to'g'ri aniqlikda - mehnat predmetlari, axborotlar va h.k.ni o'tishining muvofiq yo'liga, bir maromdalikda - boshqaruv jarayonlarini bajarilishining vaqtdagi tengligiga, uzviylikda - ish vaqtidan boshqaruv jarayonlarini bajarish uchun ko'proq foydalanishga erishiladi.
Bu shartlarga rioya qilinishiga erishish uchun jarayonlar va operatsiyalarni takrorlanishini oshirish zarur, bunga turli xarakterdagi ayrim jarayonlarni unifikatsiyalash va bir turga keltirish yo'li bilan erishiladi.
Menejer tomonidan vakolatlarni qo'li ostidagilarga topshirilishi boshqaruvni ratsional tashkil qilinishining muhim sharti bo'ladi, keyingilar o'zlariga topshirilgan sohalarda qarorlar qabul qiladilar va ularni amalga oshiradilar. Topshirish vazifalar va qarorlar qabul qilish huquqini ularni bajarish bo'yicha majburiyatlarni o'ziga oluvchi shaxsga topshirilishini bildiradi.
Topshirish jarayoni o'z ichiga quyidagi harakatlarni oladi:
•majburiyatlarni belgilash;
•talab qilinadigan natijalarni belgilash; kerakli vakolatlarni topshirish va zaruriy natijalarga erishish bo'yicha majburiyatlarni zimmasiga yuklash.
|
| |