4.29– rasm. 10 BASE-FL ga adapter va konsentratorlarni ulash.
Shisha tolali transiver FOMAU deb nomlanadi (Fiber Optic MAU). U ham
oddiy (MAU) transiverining hamma vazifalarini bajaradi, lekin undan tashqari
uzatish uchun elektr signalini optik signalga o‗zgartiradi va teskarisiga
o‗zgartirishni signalni qabul qilish jarayonida amalga oshiradi. FOMAU ham aloqa
yo‗lini butunligini nazorat qiluvchi signal ishlab chiqaradi va nazorat qiladi
(axborot uzatilish to‗xtagan vaqtlarda). 10BASE-T uskunasidagidek aloqa yo‗lini
butunligini yorug‗lik tarqatuvchi diodlar ―Link‖ yordamida nazorat qilish (ko‗rish)
mumkin. Transiverni adapterga ulash uchun 10BASE5 uskunasidagidek AUI
standart kabeli ishlatiladi, lekin uning uzunligi 25 metrdan oshmasligi kerak.
Ethernet
adapteri
Shisha tolali konsentrator
TX RX TX RX TX RX
FOMAU
TX
RX
Shisha tolali kabellar
15 ta kontakli AUI razyomlar
Transiverli kabel
306
Transiver va konsentratorlarni ulash uchun ishlatiladigan shisha tolali
kabellarning uzunligi hech qanday signallarni qayta hosil qilish qurilmasini
ishlatmasdan 2 kmgacha yetkazishi mumkin. Shunday qilib mahalliy tarmoqqa
turli binolarda joylashgan kompyuterlarni ham ulash imkoniyati paydo bo‗ladi.
Dastlabki vaqtlarda shisha tolali aloqa repiterlar o‗rtasidagi aloqani hosil
qilishga ishlatilgan. Shuning uchun birinchi standart FOIRL (Fiber Optic Inter-
Repeater Link) 1980-yillarning boshida ishlab chiqilgan bo‗lib, u 1000 metr
masofadagi ikki repiter oralig‗idagi aloqani amalga oshirish uchun mo‗ljallangan.
Shundan so‗ng shisha tolali transiver ishlab chiqildi, uning yordamida repiterga
alohida kompyuterlarni ulash amalga oshiriladi va 10BASE-F standarti ham qabul
qilindi, u o‗z tarkibiga uch turdagi segmentni qabul qilgan:
10BASE-FL uskunasi FOIRL eski standart o‗rnini egalladi. U hozirgi
vaqtda eng ko‗p tarqalgandir. U ikkita kompyuter o‗rtasidagi aloqani amalga
oshiradi, shuningdek ikki repiterlar o‗rtasidagi aloqani yoki kompyuter va repiter
o‗rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Maksimal masofa 2000 metrgacha;
10BASE-FV tarmoq bo‗lagi repiterli taqsimlangan asos tizim hosil
qilish maqsadida bir necha repiterlar o‗rtasida axborotni sinxron almashish uchun
foydalaniladi, maksimal uzunligi 2000 metr, bu uskuna keng miqyosda tarqala
olmadi;
10BASE-FR tarmoq bo‗lagi - 33 tagacha kompyuterni repiter
ishlatmasdan ―passiv yulduz‖ topologiyasiga birlashtirish uchun mo‗ljallangan
(buning
uchun
maxsus
optik
taqsimlagichlar
(razvetvitel)
ishlatiladi).
Kompyuterdan taqsimlagichgacha bo‗lgan eng uzun masofa 500 m. Ruxsat etilgan
uzunlikni bunchalik kamayish sababi, signalni taqsimlagichda kuchli so‗nishidir.
Bu tarmoq bo‗lagining turi ham keng tarqala olmadi.
10BASE-FL standart shisha tolali kabel ikkala uchida shisha tola uchun
mo‗ljallangan abonentli ST – razyomi bo‗lishi kerak (4.30-rasmda ko‗rsatilgan
BFOS/2.5 standartli). Bu razyomni transiver yoki konsentratorga ulash, 10BASE2
|