|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
32
oilasi 1990-yili V780 modelining o‗rniga kelgan va u o‗z tarkibiga 5 ta yangi
modellarni olgan: Model-20, 30, 45, 65, 85; katta modellari Model-45, 65, 85–ko‗p
protsessorli modellar, mos ravishda 4, 6, 8 ta protsessorli; oxirgi katta modelning
operativ xotirasining sig‗imi 2 Gbayt va 256 ta kiritish-chiqarish kanallariga ega.
Amdal firmasi 4-avlod meynfreymlarini 1999-yili ishlab chiqara boshladi
(3-avlod mashinalari o‗rniga Millennium 400 va 500 ishlab chiqarilgan), so‗ng
Millennium 700 va 800 ishlab chiqarilgan, ularning birinchisi 690 MIPS,
ikkinchisi esa 1000690 MIPS unumdorlikka ega bo‗lib, 12 tadan protsessorga ega
bo‗lgan.
Germaniyaning Comparex firmasi 3-avlod meynfreymlarini ishlab
chiqargan: 8/8x, 8/9x, 9/8xx, 9/9xx modellarini, ularda sakkiztagacha protsessori
bo‗lgan, operativ xotirasi 8 Gbaytgacha sig‗imga ega bo‗lib, unumdorligi esa 20
dan 385 MIPS gacha bo‗lgan. 4-avlod meynfreymlari: M2000 va S2000, mos
ravishda unumdorligi 990 va 870 MIPS bo‗lgan, operativ xotira hajmi 8000 gacha
va 16 000 Mbaytga ega bo‗lgan. Bu tizimlarning buzilishgacha bo‗lgan o‗rtacha
ish vaqti juda ham katta–12 yilni tashkil etadi. 3-avlod mashinalariga nisbatan
o‗lchamlari va iste‘mol quvvati jiddiy kichraytirilgan (1-2 ta ShKaf) (M2000 8
protsessorli modeli 50 kV A istemol qiladi, 9/9xx ning 8 protsessorli modeli 171
kV A iste‘mol qilgan va suvda sovutilishi ta‘lab etilgan).
Chet el firmalari tomonidan meynfreymlarning reytingi ko‗p ko‗rsatkichlar
bo‗yicha aniqlanadi, ular quyidagilardir:
- ishonchlilik;
- unumdorlik;
- asosiy va tashqi xotira sig‗imi;
- asosiy xotiraga murojaat vaqti;
- tashqi xotira qurilmasiga ega bo‗lish vaqti;
- kesh-xotira ko‗rsatkichlari;
- kanallar soni va kiritish-chiqarish tizimining samaradorligi;
|
| |