37
Serverlar (server)–hisoblash tarmoqlaridagi ko‗p foydalanuvchi uchun
quvvatli mikrokompyuterlar, tarmoqning barcha ish stansiyalaridan keluvchi
so‗rovlarga ishlov berish uchun ajratilgan.
Tarmoq
kompyuterlari
(network
computer)–soddalashtirilgan
mikrokompyuterlar, tarmoqda ishlashni va tarmoq resurslariga ega bo‗lishni
ta‘minlovchi, ko‗pincha ma‘lum turdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan
(tarmoqqa ruxsat etilmagan ega bo‗lishni himoyalash, tarmoq resurslarini ko‗rishni
tashkillashtirish, elektron pochta va hokazo).
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlar (ShK)
mikrokompyuterlar
guruhiga taalluqli, lekin ular ommaviy tarqalganligi uchun alohida diqqatga
sazovordir. ShK tatbiq etilishdagi ommaboplik va universallik talablarini
bajarish
uchun quyidagi sifatlarga ega bo‗lishlari kerak:
narxining arzon bo‗lishi;
atrof-muhitga maxsus talabsiz alohida ishlata olishlik;
arxitekturasining moslashuvchanligi,
boshqarishda, ilm-fanda, ta‘limda,
ro‗zg‗orda va boshqa turli sohalarda tatbiq etilishiga uni moslashtirib beradi;
hech qanday maxsus tayyorgarliksiz foydalanuvchi operatsion tizimining
va boshqa dasturiy ta‘minotlarining do‗stonaligi (ishlata olishligi);
ishlashining yuqori ishonchliligi (birinchi buzilishgacha ishlash vaqti 5000
soatdan ko‗p).
Shaxsiy kompyuterlar orasida birinchi navbatda IBM (International Business
Machine Corporation) firmasining kompyuterlarini qayd qilib o‗tish kerak:
IBM PC XT (Personal Computer eXtended Technology);
IBM PC XT (Personal Computer Advanced Technology) 80286 (16-
razryadli) mikroprotsessorlarida;
IBM PS/2 8030–PS/2 8080 (PS
Personal System, quyidagilardan tashqari
barchasi PS/2 8080,-16- razryadli, PS/2 8080 – 32- razryadli);
IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32-razryadli);