|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
30
taalluqli bo‗lishi mumkin, superserverlar esa superkompyuterlarga yaqinlashib
qolmoqdalar. Server-bu kompyuterlarni ishlatilish sohasi bo‗yicha turlanishi
bo‗lib,
mikrokompyuterlar,
kichik
kompyuterlar,
meynfreymlar,
superkompyuterlar deb nomlanishi esa o‗lchami va vazifasi bo‗yicha guruhlarga
ajratishdir.
Oxirgi bir necha o‗n yillar mobaynida bu guruh mashinalari rivojlanib
kelayotgan standart, hozirgi zamon katta kompyuterlari avlodining boshi IBM
firmasining mashinalari hisoblanadi. IBM 360 va IBM 370 model
kompyuterlarining arxitekturasi va dasturiy ta‘minoti Rossiyada ishlab chiqarilgan
YES EVM mashinalarini loyihalashtirishda ham asos sifatida olingan.
Eng yaxshi meynfreymlar loyihalariga birinchi navbatda Amerikada ishlab
chiqarilganlarini kiritsa bo‗ladi:
IBM 3090, IBM 4300 (4331, 4341, 4361, 4381), IBM 380 o‗rniga 1979-
yili yaratilgan (meynfreymlarning 2-avlodi);
IBM ES/9000, 1990-yili yaratilgan (meynfreymlarning 3-avlodi);
S/390 AS/400 (4-avlodi);
System z9 (5-avlodi).
IBM ES/9000 (ES–Enterprise System) meynfreymlar oilasi katta
kompyuterlarning oilasini boshlab berdi, ular o‗z ichiga 18 kompyuter modelini
olib, IBM 390 arxitekturasi asosida joriy etilgan:
ES/9221 model 120 kichik modellari asosiy xotirasining sig‗imi 256
Mbaytga ega, unumdorligi o‗nlab MIPS va 12 ta kiritish-chiqarish kanali mavjud;
ES/9221 model 900 katta modellari 6 ta vektorli protsessorlarga ega, asosiy
xotiraning sig‗imi 9 Gbaytga teng, unumdorligi minglab MIPS, shisha tolali
kabeldan foydalanuvchi 256 ta kiritish-chiqarish kanali mavjud.
1997-yili
IBM firmasi o‗zining katta kompyuterlarini bipolyar
mikrosxemalarni qo‗llash orqali, KMOYA-mikrosxemalari ishlatiladigan, kichik
o‗lchamli S/390 meynfreymlarga o‗zgartirish dasturini davom ettirdi.
|
| |