|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
24
Iqtisodda, shuningdek, ilm hamda texnikada eng ko‗p foydalaniladigan va
tarqalgan turi bu RHM, odatda, ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy
kompyuter deb ataladi.
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‗yicha kompyuterlarni shartli
ravishda avlodlarga bo‗linadi:
1-avlod, 1950-yillar; elektron vakuumli lampalardagi EHM;
2-avlod, 1960-yillar; diskret yarimo‗tkazgichli asboblardagi
EHM
(tranzistorlardagi);
3-avlod, 1970-yillar; yarimo‗tkazgichli kichik va o‗rta integral sxemalardagi
kompyuterlar (bitta g‗ilof ichida yuzlab-minglab tranzistorlar joylashtirilgan).
Integral sxema–maxsus vazifalar uchun mo‗ljallangan elektron sxema, u yaxlit
yarimo‗tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‗lib, o‗zida katta sondagi aktiv
elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi
kompyuterlar, ularning asosi mikroprotsessorlardir (bitta kristallda o‗n mingtalab–
millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar
shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron
qurilmalari 100–150 m2 maydonni egallagan bo‗lsa, hozir 1,5–2 sm2 maydonni
egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalarda
aktiv elementlar o‗rtasidagi masofa 0,032–0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish
uchun: odam soch tolasining qalinligi bir necha o‗n mikronga teng).
5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o‗nlab parallel ishlovchi
mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga
ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli
juda murakkab mikroprotsessorlarda tashkil topgan kompyuterlar bir vaqtning
o‗zida dasturning o‗nlab ketma-ket ko‗rsatmalarini bajara oladilar.
6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi
optoelektron
kompyuterlar,
ular
ko‗p
sonli
murakkab
bo‗lmagan
|
| |