|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
19
Modellash jarayoniga ikkita asosiy talab qo‗yiladi.
Birinchidan, modeldagi eksperiment originaldagi eksperimentga qaraganda
soddaroq, tejamliroq, xavfsizroq bo‗lishi kerak.
Ikkichidan,
modelning
sinovi
asosida
originalning
parametrlarini
hisoblashda qo‗llaniladigan qoidasi bizga ma‘lum bo‗lishi kerak. Busiz eng yaxshi
modellash ham befoyda bo‗lib qoladi.
Toza ko‗rinishda (alohida) berilgan obyektlarning matematik modellari kam
qo‗llaniladi, ular quyidagidek kombinatsiyalangan. Masalan, TT matematik
modellarida TJ matematik modellaridan foydalaniladi, ularda, o‗z navbatida, FJ,
KJ va FKJ matematik modellaridan foydalaniladi. Zamonaviy model termini bir
necha ma‘nolarda qo‗llaniladi. O‗rganilayotgan obyekt tadqiqotning turli
bosqichlarida o‗rnini bosuvchi qandaydir obyekt bu modeldir.
Qo‗yilgan maqsadga erishish uchun eng muhim xossalarini aks ettiruvchi
original obyektning maqsadli ko‗rinishi bu modeldir.
Model–bu xayoliy tasavvurdagi yoki moddiy amalga oshirilgan tizim bo‗lib,
obyektni aks etishi yoki tadqiqot obyektini tiklashi hamda obyektni o‗rganish va u
haqida yangi axborot keltirish maqsadida uning o‗rnini bosishi mumkin bo‗lgan
tizim.
Shunday qilib, har bir modelni yaratish doim qandaydir maqsadni ko‗zlaydi.
Matematik modellar quyidagilar uchun ishlab chiqiladi:
1.
FJ, FKJ, TJ, TT larni tavsiflash.
2.
FJ, FKJ, TJ, TT larni tadqiq qilish.
3.
TJ, TT larni loyihalash.
4.
TJ, TT larni loyihalashda optimmallash.
5.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini qurish.
Matematik modelning ko‗rinishi, tarkibi va murakkabligi qaysi obyektni
tavsiflashi va qaysi maqsadlar uchun ishlab chiqilganiga bog‗liqdir.
|
| |