|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
15
to‗qnashishi, ularning maydalanishi, koalessensiyasi, apparat hajmi bo‗yicha
tasodifiy sanqishi bilan) yoki apparatdagi geometriya xarakterining chegaraviy
shartlari (tartibsiz yotqizilgan nasadka elementlarining tasodifiy joylashishi,
katalizatorning donalari, siljuvchi muhitlar fazalararo chegarasining ishlab
chiqaruvchi oriyentatsiyasi va sh.o‗.) bilan izohlanadi.
Shunga o‗xshash turli tizimlar fazalar va komponentlarning tashkil
etuvchilarini o‗ta murakkab o‗zaro ta‘sirlashishi bilan xarakterlanadi, buning
natijasida ularni klassik determinanlangan moddani olib o‗tish va saqlash qonunlar
pozitsiyasidan o‗rganish imkoni yo‗q.
Kimyoviy-texnologik
jarayonlarni qanday o‗rganish mumkin? Bu
muammoni yechish kalitini matematik modellash usuli beradi. Bu usul tizimli
tahlil strategiyasiga asoslanadi. Bu strategiyaning mohiyati-jarayonni murakkab
o‗zaro ta‘sirlanuvchi iyerarxik tizim deb, uning strukturasini sifatli tahlillab,
matematik ifodasini ishlab chiqish va noma‘lum parametrlarini baholashdan
iboratdir. Masalan, yaxlit suyuq muhitda zarralar, tomchilar yoki gaz pufakchalar
ansamblini harakatlanish jarayonida paydo bo‗layotgan hodisalar qaralganda,
samaralar iyerarxiyasining beshta sathi ajratiladi:
1) atomar-molekulyar sathdagi hodisalar majmui;
2) molekulalar tashqi yoki globulyar strukturalar masshtabdagi samaralar;
3) fazalararo energiya va modda olib o‗tish hodisalari va kimyoviy
reaksiyalarni inobatga oladigan, dispersli fazani birlik ulanish harakatiga bog‗liq
bo‗lgan ko‗p fizikaviy-kimyoviy hodisalar to‗plami;
4) yaxlit fazada ko‗chib yuradigan aralashmalar ansamblidagi fizik-
kimyoviy jarayonlar;
5) apparat masshtabida makrogidrodinamik muhitni aniqlaydigan jarayonlar
majmui. Bunday yondashuv butun jarayonning hodisalari va ular orasidagi
bog‗lanishlar to‗plamini to‗la o‗rnatishga imkon beradi.
|
| |