|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
12
tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib,
bunda elementlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗proq, kenja tizimlar o‗rtasida esa kamroq
bo‗ladi.
Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o‗zi ham
murakkab tizim bo‗lishi mumkin. Biror belgi bo‗yicha ajratilgan tizim o‗ziga
nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‗lishi mumkin.
Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni
cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‗rnatadi, undan tashqaridagi
elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‗z-
o‗zidan emas, balki boshqa ko‗plab elementlar qurshovida mavjud bo‗ladi. Ayrim
masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki
ushbu masala nuqtayi-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‗rib
chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‗lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi
muhit bu ko‗rilayotgan tizimga ta‘sir ko‗rsatuvchi yoki ko‗rilayotgan masala
sharoitida uning ta‘siri ostida bo‗lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat
elementlaridir. Chunki real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki
boshqalari yonida, bir-biriga bog‗liq holda ishlayli. Tizimlarni tahlil va sintez
qilish chog‗ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi
aloqaga ega tizimlar ochiq, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi.
Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga
o‗xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
Tasniflash-bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va
chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi,
boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hokazo bo‗yicha amalga
oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‗yicha tasniflash qiziqtiradi.
Sun‟iy tizimlar bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
Tabiiy tizimlar-bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan
tizimlar.
|
| |