|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
11
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko‗ra farqlanadi. Quyida 1.1.-
jadvalda turli elementlardan iborat bo‗lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir
qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
Tashkiliy murakkablik tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u
elementlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar (o‗zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi.
Elementlar o‗rtasidagi chatishib, qo‗shilib ketgan o‗zaro aloqalar shunday
tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o‗zgarishiga olib keladi.
Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori
bo‗lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflarni aniqlaydi. Umuman
olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega
bo‗libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi.
Shuningdek elementlar ega bo‗lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish
xususiyatiga ega.
Tizim butunligining o‗ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi
xususiyatlarning paydo bo‗lishi ba‘zan emerjentlik (inglizcha «emergent»-yuzaga
keluvchi, paydo bo‗luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o‗zi tarkib
topadigan elementlarga bo‗lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o‗z-o‗zidan yo‗q
bo‗ladi.
Maqsadga qaratilganlik. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya‘ni u umumiy
maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga
yo‗naltirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo‗lgan o‗zaro
aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi.
Tizimning tarkiblashganligi-bu tizimning alohida elementlari va ularning
tashqi muhit bilan o‗zaro harakati o‗rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir.
Tizim tarkibi uning faoliyati samaradorligini ko‗p jihatdan belgilovchi muhim
tavsiflardan biri sanaladi.
Tizimning bo‗linishi-bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi
ma‘lum belgilar bo‗yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan
|
| |