|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
14
Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o‗ziga xosligi ko‗p maqsadli ishlash
xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi, umumiy olganda ham,
uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga ko‗ra ko‗plab miqdordagi
texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‗rsatkichlar bilan belgilanadi. Samaradorlikni
baholashning ko‗pqirraligi ko‗pgina o‗zaro bog‗liq jihatlar bo‗yicha boshqarishni
tashkil etish zaruriyatiga olib keladi. Bunda tizimning boshqa elementlari bilan
moddiy va axborot jihatdan o‗zaro ta‘sirini tashkil etish talab etiladi.
Uchinchi o‗ziga xoslik-tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o‗z
ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo‗lishini, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki
shart-sharoit hamda o‗zgarishlar bilan bog‗liq holda qondirish yollarini
takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, obyektlar tarmoqlari doimiy o‗zgaradi,
uning elementlari o‗rtasida yangi aloqalar paydo bo‗ladi. Shuningdek, ham alohida
obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o‗zgaradi.
1.1.1. Kimyo sanoat korxonalaridagi kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida
qo‗llanilayotgan hisoblash mashinalari, sistemalari va tarmoqlari,
jarayonlarning modellari to‗g‘risida umumiy ma‘lumot
Kimyoviy texnologiyalarning jarayonlari-bu murakkab fizikaviy-kimyoviy
tizimlar, ular ikki xil determinantli-stoxastik tabiatga hamda fazo va vaqtda
o‗zgaruvchi qiymatlarga egadir. Ularda qatnashuvchi moddaning oqimlari ko‗p
fazali va ko‗p komponentlidir. Fazaning har bir nuqtasida va fazalar chegarasida
jarayon o‗tish davrida impuls, energiya va massaning eltishi bo‗lib o‗tadi.
Umuman butun jarayon konkret geometrik xarakteristikaga ega bo‗lgan apparatda
bo‗lib o‗tadi. O‗z navbatida bu xarakteristikalar jarayonning o‗tish xarakteriga
ta‘sir etadi.
Kimyo-texnologik jarayonlarning muhim xossasi shundan iboratki,
hodisalarni tashkil etuvchi majmui determinantli-stoxastik tabiatga egadir. Bu
tabiatli apparatdagi modda issiqlik o‗tkazish va kimyoviy o‗zgarishlarga
gidrodinamik muhitning stoxastik xossalarini qoplashida ayon bo‗ladi. Bu fazalar
komponentlarini tashkil etuvchilarining tasodifiy o‗zaro ta‘sirlashishi (zarrachalar
|
| |