• 1.6-rasm. Vazifasi bo„yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    25
    mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmog‗i bo‗lib, neyronli biologik tizimning 
    modeli kabidir. 
     
    1.2.1. Kompyuterning asosiy bloklari, ularning vazifalari va 
    ko‗rsatkichlari 
    Kompyuterlarning har bir keyingi avlodi o‗zining oldingi avlodiga nisbatan 
    jiddiy yaxshi ko‗rsatkichlarga ega bo‗ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va 
    barcha xotirasining sig‗imi, odatda, bir necha o‗n marotaba ortiq.
    Vazifasi bo‗yicha kompyuterlarni uch guruhga ajratish mumkin (1.6-rasm):
    universal (umumiy masalalarga mo‗ljallangan); 
    muammoga yo‗naltirilgan; 
    maxsuslashtirilgan. 
    1.6-rasm. Vazifasi bo„yicha kompyuterlarni turlarga ajratish. 
    Universal kompyuterlar turli-muhandislik, texnik, iqtisodiy, matematik, 
    axborot va shu kabi masalalarni yechish uchun mo‗ljallangan. 
    Universal kompyuterlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
    - yuqori unumdorlilik; 
    - ishlov beriladigan axborotlar turlarining ko‗pligi- ikkilik, o‗nlik, belgilik–
    ular katta oraliqda o‗zgaradi va ular yuqori aniqlikda ifodalanadi; 
    - bajariladigan operatsiyalarining ro‗yxati-keng, arifmetik, mantiqiy va 
    maxsus; 
    - operativ xotira sig‗imi katta; 
    Hisoblash mashinalari 
    Universal 
    Muammoga yо‗naltirilgan 
    Maxsuslashtirilgan 


     
    26
    - axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi 
    qurilmalarni ulashni taʻminlaydi. 
    Muammoga yo‗naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalarni 
    yechish uchun, odatda, texnologik obyektlarni va jarayonlarni boshqarishga, 
    nisbatan katta bo‗lmagan axborotlarni yig‗ish, qayd qilish va ishlov berishga, 
    nisbatan murakkab bo‗lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‗ljallangan. Ularda 
    universal kompyuterlarga nisbatan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir. 
    Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma‘lum darajada tor doiradagi masalalarni 
    yechish uchun yoki qatʻiy guruh funksiyalarni joriy etishga mo‗ljallangan. 
    Kompyuterni bunday tor yo‗naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga 
    imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan holda 
    ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytirish mumkin. Maxsuslashtirilgan 
    kompyuterlarga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, maxsus vazifalar uchun 
    dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; alohida murakkab bo‗lmagan texnik 
    qurilmalarni va jarayonlarni boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter 
    va kontrollerlar; hisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi 
    qurilmalar. 
    O‗lchami va hisoblash quvvati bo‗yicha kompyuterlarni (1.7-rasm) quyidagi 
    guruhlarga bo‗lish mumkin: 
    - juda katta (superkompyuterlar); 
    - katta; 
    - kichik; 
    - juda kichik (mikrokompyuterlar).
    Kompyuterlarning vazifalarini bajarish imkoniyatlari quyidagi muhim 
    texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlari bilan bog‗liqdir: 

    tezligi (vaqt birligi oralig‗ida mashina bajaradigan o‗rtacha operatsiyalar 
    soni bilan o‗lchanadi); 

    kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli; 



    Download 5,65 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish