|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
29
ular o‗lchami, arxitekturasi va narxi bo‗yicha kichik kompyuterlar guruhiga
tegishli bo‗lsa ham, ammo unumdorligi bo‗yicha katta kompyuterlarga tenglasha
olgan.
1969-yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970-yillarda yana bir
kompyuterlar guruhi–mikrokompyuterlarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Aynan
mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarni aniqlab beruvchi belgi
bo‗lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter
guruhlarida ishlatiladi.
Ba‘zi kompyuter guruhlarining hozirgi holatini qisqacha ko‗rib chiqamiz.
Katta kompyuterlar. Katta kompyuterlarni ko‗pincha meynfreymlar
(mainframe) deb ataydilar; ularga quyidagi ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan
kompyuterlar kiritiladi:
- unumdorligi 100 MIPS dan kam bo‗lmagan;
- asosiy xotiraning sig‗imi 512 dan 10 000 Mbayt;
- tashqi xotira sig‗imi 100 Gbayt dan kam bo‗lmagan;
- ko‗p foydalanuvchini ta‘minlash ish tartibi bo‗lgan (bir vaqtning o‗zida
16 dan 1000 tagacha foydalanuvchi);
Meynfreymlarni samarali tatbiq etishning asosiy yo‗nalishlari–bu ilmiy-
texnika masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli hisoblash
tizimlarida ishlatish, katta axborotlar ombori bilan ishlashda, hisoblash
tarmoqlarini va ularning resurslarini boshqarish. Oxirgi yo‗nalish–meynfreymlarni
hisoblash tarmoqlarining katta serveri sifatida ishlatish–mutaxassislar tomonidan
ko‗pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda.
Meynfreymlarni ko‗pincha katta server deb ataydilar (meynfreym-serverlar).
Ba‘zida bunday atalishi atamalarda chalkashlik tug‗diradi. Gap shundaki,
serverlar–bu ko‗p foydalanuvchili kompyuter, hisoblash tarmoqlarida ishlatiladi.
Serverlar odatda mikrokompyuterlarga mansubdir, lekin o‗zining ko‗rsatkichlari
bo‗yicha quvvatli serverlar kichik kompyuterlarga ham va hatto meynfreymlarga
|
| |