• Xususiyatlar
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    10
    chambarchas bog‗langan qisimlardan iborat butun bir obyektlar majmuasi 
    tushuniladi. Bunday ta‘rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
    detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig‗ilgan mashina; hujayralarining butun 
    majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog‗langan 
    ko‗plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligi yuzaga kelgan 
    korxonalar va hokazo. Bunday hollarda obyektlar (qismlar) yagona tizim sifatida 
    ishlaydi, ya‘ni har bir obyekt, kenja tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona 
    maqsad uchun harakat qiladi. 
    «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «obyektlar», «aloqalar», 
    «xususiyatlar». 
    Obyektlar-tizimning bir bo‗lagi yoki komponentlari bo‗lib, jismoniy, 
    matematik o‗zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, 
    axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‗linmalari kabi ko‗plab cheklanmagan 
    qismlarga ega.
    Xususiyatlar bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat 
    tizimning ma‘lum bir o‗lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon 
    etish imkonini beradi. 
    Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o‗zgarishi mumkin. 
    Aloqalar obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona 
    yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va 
    tizimlar o‗rtasida aloqa bo‗lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, 
    qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‗rtasida aloqaning mavjud bo‗lishi 
    tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega 
    bo‗lmagan element ko‗rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari 
    quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-
    tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‗linishligidir. 



    Download 5,65 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish