|
Pedagogik mahorat fanini o`qitishda pedagogik texnologiyaning zamonaviy milliy modellaridan foydalanish
|
bet | 1/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 13,05 Mb. | | #253247 |
Bog'liq PEDAGOGIK MAHORAT FANINI O`QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING PEDAGOGIK MAHORAT FANINI O`QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ZAMONAVIY MILLIY MODELLARIDAN FOYDALANISH REJA: 1.Pedagogik mahorat fanini tashkiol etish 2. Pedagogik mahorat fanida qo`llaniladigan zamonaviy milliy modellar 3. Pedagogik texnologiyaning zamonaviy modellaridan foydalanishning ahamiyati “Pedagogik mahorat” fani o’qituvchilarni ilmiy – metodik va amaliy jihatdan tayyorlashni maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy yo`nalishlari : pedagogik ijodkorlik, pedagogik topqirlik, pedagogik muloqot, o’qituvchining professional sifatlari, o’qituvchi nutqi, uning o’quvchiga har tomonlama ta‘sir etish mahorati, pedagogik texnika hamda o’qituvchining tarbiyachilik mahoratidan iborat. O’qituvchi faoliyati o’z xususiyatiga ko’ra ijodiy yo`nalishga ega. Shunga ko’ra ham yuqorida sanab ko’rsatilgan yo`nalishlardan tashqari, o’qituvchining o’quvchilarga ta‘sir etish yo`llari, usullari, notiqlik san‘ati va mahorati kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi. “Pedagogik mahorat” fani bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining pedagoglik kasbiga ilmiy-nazariy va metodik tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak pedagoglar “Pedagogik mahorat” fanini o‘rganish jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi: - pedagogik mahoratni egallash vositalari, o‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘mi; - pedagogik texnika tushunchasi va uning mazmuni, pedagogik texnika xususiyatlari, pedagogik texnikani namoyon etishda o‘qituvchining kasbiy mahorati; - pedagogik texnikani egallash usullari, o'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi; - pedagogik muloqot va pedagogik muomala madaniyati, Sharqona tarbiya va muosharat odobining mirioqotga ta’siri, muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari; Pedagogik mahorat fani bo`lajak o‘qituvchilarda pedagogik texnikani shakllantirishda tajribalarga tayanilsa, kasbiy mahoratni shakllantirishning omillaridan foydalanilsa, bo`lajak o‘qituvchilarda kasbiy va shaxsiy sifatlar shakllanib, mohir pedagog bo‘lishiga zamin yaratiladi. Zero, kasbni aniq tanlash, unga bo‘lgan qiziqishni orttirish, mahoratli bo‘lishni uyg‘otadi. Mahoratli kasb egasining ma’naviy dunyosi boy, ishlash qobiliyati teran bo‘ladi va u o‘z kasbi yordamida o‘ziga ham, boshqalarga ham katta foyda keltiradi.
|
| |