• O‘tish jarayonlarni keltiradigan sabablari va ularning oqibatlari.
  • O‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushincha




    Download 70,19 Kb.
    bet1/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi70,19 Kb.
    #237887
      1   2   3   4   5   6

    O‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushincha.

    1. O‘ta kuchlanishdan himoya

    2. Qisqa tutashish muammosi

    3. Elektr tizimining turg‘unligi

    4. Elektr uzatish tarmoqlarining, elektr aloqa tarmoqlariga ta’sir etish muammosi va boshqalar.

    Bu ko‘rinishdagi avariya holatlari vujudga kelganda elektr tarmoqlarda o‘tkinchi jarayonlar hosil bo‘ladi, ya’ni elektr tarmoq bir holatdan ikkinchi bir holatga O‘tkinchi jarayoniga o‘tkinchi jarayon deyiladi. O‘tkinchi jarayonlar shartli ravishda uchta guruhga bo‘linadi:

    1. Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlar

    2. ElektroMexanik o‘tkinchi jarayonlar

    3. Maxsus holatlar.

    Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlar deb asosan quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi.
    a) Qisqa tutashuv va qisqa tutashtirilgan zanjirda qayta qo‘shib ajratishda.
    b) Tizimda mahalliy nosimmetriya hosil bo‘lganda.
    v) Sinxron mashinalarning qo‘zg‘atishini o‘zgartirish ta’sirida.

    a- qisqa tutashuvlar (k. t) deb, fazalar orasidagi tutashuv (elektro-ustanovkaning faza o‘tkazgichlari), neytrali erga mustahkam va samarali ulangan tarmoqlarda fazalarning erga (nol o‘tkazgichga) tutashuvi, shuningdek, elektrmashinalar o‘ramlarining tutashuviga aytiladi.


    Qisqa tutashuv elektr zanjirlarning izolyasiyasi buzilganda sodir bo‘ladi. Bunday buzilishlarning sababi turlicha: izolyasiyaning eskirishi va shu sababli uning buzilishi (teshilishi), elektr uzatuvchi simlarning bir-biri ustiga tushishi, simlarning o‘zilib erga tushishi, er qazish ishlarida kabellar izolyasiyasining Mexanik buzilishi, elektr uzatuvchi liniyalarga yashin tushishi va boshqalar.
    Qisqa tutashuv simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin:
    Simmetrik qisqa tutashuvga - uch fazali qisqa tutashuvda elektr tarmog‘ining hamma fazalari bir xil sharoitda bo‘ladi, shuning uchun u simmetrik deb yuritiladi.
    Nosimmetrik qisqa tutashuv esa ikki fazali qisqa tutashuv, ikki fazali er bilan qisqa tutashuv, bir fazali qisqa tutashuv. Qisqa tutashuvning boshqa ko‘rinishlarda tarmoqning fazalari turli sharoitlarda bo‘ladi, shu sababli toklar va kuchlanishlar vektorlarning diagrammasi buziladi.
    Bunday qisqa tutashuvlar nosimmetrik deb yuritiladi.
    Qisqa tutashuv natijasida elektr tizimining bitta nuqtasi shikastlansa, bu turdagi qisqa tutashuv oddiy qisqa tutashuv deyiladi. Agarda elektr tizimida bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda qisqa tutashuv bo‘lsa, bu turdagi qisqa tutashuv murakkab qisqa tutashuv deyiladi.
    Qisqa tutashuv ko‘pincha, o‘tkinchi qarshilik orqali , masalan izolyasiyaning buzilgan joyida hosil buluvchi elektr yoy qarshiligi orqali hosil bo‘ladi. Ayrim hollarda o‘tish qarshiligisiz metalli qisqa tutashuv hosil bo‘ladi. Dvigatelli yuklamalar ayniqsa kuchlanishning pasayishini yaxshi sezadi. Kuchlanishning pasayish mikdori katta bo‘lganda, dvigatelning aylanish momenti mexanizm qarshilik momentidan kichik bo‘ladi. Dvigatel tormozlanib, iste’mol kilayotgan tokning oshishiga sabab bo‘ladi. Bunda tarmoqda kuchlanish yanada ham ko‘proq pasayadi, buning natijasida kuchlanish kuchkisi (lavina) shakldagi jarayon kuchayib yanada ko‘proq elektrenergiya iste’molchilarni o‘ziga tortadi.
    Qisqa tutashuvda kuchlanishning keskin pasayishi generatorlari-ning parallel ishlash turg‘unligini buzilishi va xalq xo‘jaligida katta ziyon etkazuvchi sistemali avariyaga olib kelishi mumkin.
    Mahalliy nosimmetriyaning vujudga kelishi qisqa tutashuv bo‘lmasa ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: ajratish apparatining bir fazasi payvandlanib kolganda.
    Bu turdagi nosimmetriya mahalliy nosimmetriya deyiladi.
    Zanjirning nosimmetrik yuklanish va nosimetrik qisqa tutashuv hosil bo‘ladigan nosimmetriya ko‘ndalang nosimmetriya deyiladi.

    O‘tish jarayonlarni keltiradigan sabablari va ularning oqibatlari.


    Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga asosiy sabablardan biri qisqa tutashuv hisoblanadi. O‘tkinchi jarayonlar asosan quyidagi ketma-ketliklar sababli vujudga kelishi mumkin va ular quyidagilardir: elektr qurilmalarni izolyasiyasini eskirishi buzilishi, himoyalovchi materiallarni izolyasiyasini eskirishi, o‘ta kuchlanishlar natijasi, elektr qurilmalarni reja bo‘yicha o‘z vaqtida tekshirib turilmasligi ya’ni Mexanik sabablar natijasida. Masalan: Er qazish ishlarini bajarishda kabel tarmoqlarini himoya kobiklarini buzilishi va boshqalar. Amaliyotda kuzatilishi bo‘yicha esa tok o‘tuvchi qismlarga xayvonlar va kushlarni tegib ketishi natijasida qisqa tutashuvlar sabab bo‘lishi mumkin.
    Keyingi vaqtlarda esa qisqartirilgan elektr sxemalar pasaytiruvchi podstansiyalarni qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshirildi. Bu pasaytiruvchi podstansiyalarni yuqori kuchlanish tomoniga qo‘shib ajratgich quyilmaydi, chunki bu podstansiyani sarf xarajatlarini kamaytiradi.
    Transformatorning o‘zida kandaydir sabablarga ko‘ra ichki buzilishlar sodir bo‘lsa, aslida bu holat amalda juda kam uchraydi. Mazkur iste’molchini liniya boshida o‘rnatilgan vklyuchatellar elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi. Vklyuchatellarni ishlashi uchun esa ma’lum mikdorda qisqa tutashuv toki hosil bo‘lishi kerak. SHu maqsadda transformator oldida su’niy qisqa tutashuv hosil qilish uchun maxsus apparat hisoblangan qisqa tutashtirgich o‘rnatiladi. Liniya ajratilgandan so‘ng qisqa tutashtirgich avtomatik ravishda uzgich yordamida ajraladi. Avtomatik qayta ulash qurilmasini ta’siriga ko‘ra qo‘shib ajratgich yordamida liniya qayta ulanadi.
    Elektr sistemasida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv, yuklanishlar, o‘zilishlarni umumiy sonini urtacha qiymatlari xavoyi uzatish va kabel liniyalari uchun 44,5 %. Elektr stansiyalari va podstansiyalar uchun 55, 5 % li tashkil etadi.


    Download 70,19 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 70,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushincha

    Download 70,19 Kb.