|
Uch fazali qisqa tutashuv
|
bet | 4/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 70,19 Kb. | | #237887 |
Uch fazali qisqa tutashuv.
Simmetrik qisqa tutashuvga - uch fazali qisqa tutashuvda elektr tarmog‘ining hamma fazalari bir xil sharoitda bo‘ladi, shuning uchun u simmetrik deb yuritiladi.
3 fazali qisqa tutashuv sodir bo‘lgandan so‘ng sxema bir
biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita zanjirga bo‘linadi. Ularning biri manbaga ulangan holda qoladi, ikkinchisi esa qisqa tushtirilgan konturga aylanadi.
Undagi tok, magnit oqim energiyasi issiqlikka aylanguncha saqlanib turadi. Manbaga ulanib kolgan zanjirning qarshiligi kamayganligi sababli tok oshadi ya’ni bu holda fazalararo siljish burchagi o‘zgaradi.
Qisqa tutashuvni barqarorlashgan holati.
Ma’lumki qisqa tutashuv hosil bo‘lganda statorda reaksiya ortadi va generatorning magnitsizlanishiga olib keladi, natijasida kuchlanish belgilangan qiymatidan kamayib ketadi. Bu holatki bartaraf qilish uchun KAR qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash qurilmasi yordamida sekinlik bilan kuchlanish rostlanadi.
Barqarorlashgan holat deb qisqa tutashuvning boshlang‘ich momentida hosil bo‘lgan erkin toklarning sunishi va qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichi ta’sirida tokning ortishi barxom berilgan qisqa tutashuv jarayoniga boskichiga aytiladi. Bu boskich qisqa tutashuv hosil bo‘lgandan bir necha sekunddan so‘ng hosil bo‘ladi.
Bu holda utgan mavzularda aytib o‘tilgan quyidagilarni e’tiborga olgan holda genaratorning aylanish tezligi sinxrom bo‘lib qoladi. Belgilangan rejimga berilgan ta’rif faqat bitta geniratordan iborat tizim uchun to‘g‘ri hisoblanadi. Murakkab tizimlar uchun bu ta’rif shartli ravishda qabul qilingan simmetrik belgilangan rejimdagi sinxrom mashinaning asosiy tavsiflari va ko‘rsatgichlari quyidagilardir:
a) Salt ishlash tavsifi
b) Bo‘ylama Xd va ko‘ndalang o‘qlar Xq bo‘yicha to‘yinmagan sinxron reaktivlik (turbogeneratorlar uchun hamda silliq rotorli mashinlar uchun Xd =Xq) teng.
v) Statorning yoyilish reaktivligi X *.
Teskari va nolinchi ketma – ketliklar uchun element-larning parametlari.
Magnitli bog‘langan har akatlanmagan elementlar qarshiligi uchun to‘g‘ri va teskari ketma – ketliklari bir xil chunki uch fazali tok sistemasini fazalarini siljishi va fazalar orasidagi elementlar o‘zgarmas bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda teskari ketma – ketlik qarshiligi – fazalar orasidagi o‘zaro indo‘qsiya faza almashinish tartibiga bog‘liq bo‘lmagan zanjir elementlari uchun to‘g‘ri va teskari ketma – ketlikning indo‘qtiv, aktiv tulik qarshiliklarni bir xil bo‘ladi, ya’ni
, va
Bu turdagi elementlarga xavo va kabel liniyalari, reaktorlar, transformatorlar va avtotransformatorlar kiradi.
Sistemaning nol ketma-ketlik toki sistemani to‘g‘ri va teskari ketligi tokidan ajralib turadi. Nol ketma-ketlikning qarshiligi boshqa ketma-ketliklarga nisbatan har -xil holatlarda ham ajralib turadi. Aylanuvchi mashinalardagi teskari ketma-ketlikdagi toklar rotorning aylanish yunalishiga qarshi aylanidigan statorning magnit oqimini hosil kiladi, ya’ni mashina rotoriga nisbatan ikki marta ko‘p burchak tezligiga ega. Bu magnit oqim o‘z yulida rotor bilan sinxron aylanuvchi va to‘g‘ri ketma-ketlik toklari hosil kiluvchi, to‘g‘ri ketma-ketlik magnit oqimining yulidagi magnit qarshilikdan farklanuvchi va mashinaning konstro‘qsiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan magnit qarshiligiga duch keladi. SHu sababli, umumiy holda aylanuvchi mashinalar uchun X1 X2. Agar bir fazali shikastlanish transformatorning chulg‘ami uchburchak yoki noli erga tutashmagan yuldo‘z ko‘rinishida ulangan yoxud nol simsiz tomonida sodir bo‘lsa, nol ketma-ketlikdagi toklar shu transformator orqali okib o‘ta olmaydi va nol ketma-ketlikdagi almashtirish sxemasida uning qarshiligi cheksizga teng bo‘ladi.
Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar to‘g‘risida asosiy tushuncha va ta’riflar.
Biz bilamizki, energosistema deb elektr energiya ishlab chiqiladigan, o‘zgartiriladigan, uzatiladigan va iste’mol qilinadigan elektroenergetika sistemasining shartli ravishda ajratilgan qismi tushiniladi.
Elektr sistemasi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin
Kuch elementlari – Elektro energiyani ishlab chiqaruvchi (generatorlar) o‘zgartiruvchi (transformatorlar) uzatuvchi va tarqatuvchi (havo liniyalari tarmoqlar) va iste’mol qiluvchi (yuklama);
Boshqaruv elementlari – sistemani holatini o‘zgartiruvchi va rostlovchi (sinxron mashinalarni ko‘zg‘atishini rostlagichlar, chastota rostlagichlari, rele, viklyuchatellar va h.k.)
Elektr tizimlari ishlarini o‘rganish vaqtida sistemaning asosiy funksiyalari bo‘lgan elektr jarayonlarni emas, balki sistema elementlaridagi mexanik jarayonlarni, ya’ni birlamchi dvigatel(turbina)lardagi, ularni avtomatik rostlagichlaridagi jarayonlarni, sistema tarmoqlaridan olinayotgan energiya,mexanik energiyaga olinayotgan yuklama dvigatellaridagi jarayonlar ko‘riladi. Demak, energosistemadagi elektromexanik jarayonlari o‘rganiladi.
Normal o‘tkinchi jarayonlar sistemani ishlatish jarayonida kuzatiladi. Ular asosan sistemani nagruzkasi o‘zgarganda va ularga rostlash jihozlarini ta’siri vaqtida sodir bo‘ladi. YA’ni transformator va liniyalarni qo‘shish va ajratish alohida generatorlarni va yuklamalari qo‘shish va ajratish yoki ularni quvvatlarini o‘zgarishi vaqtida sodir bo‘lishi mumkin. Sistemani normal eksplutatsiya qilish davrida hamma vaqt kichik o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi. Bu kichik o‘zgarishlar sistemani barqarorligiga ta’sir etmasligi kerak. Bu kichik o‘zgarishlarda sistema barqarorligi saqlanishi kerak. Boshqacha qilib aytganda sistemaning statik barqarorligi saqlanishi kerak.
Normal holatlarni buzilishi vaqtida, ya’ni avariya holatlarida (katta quvvatga ega bo‘lgan generator yoki liniyalarni o‘zib qolishida)sistemaning barqarorligi buziladi. Bu xolatlar rejim parametrlarini sezilarli o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Bu katta o‘zgarishlarga,barqarorliklarni buzilishiga nisbatan sistemaning dinamik barqarorligi degan tushunchani kiritiladi.
|
| |