O‘quvchilarning bilimini baholash mezoni
T\R
Mezonlar
Baho
1.
Olgan bilimlarini dars jarayonida va testlar ishlashda qo‘llay
oladigan,
ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan,
mustaqil ish va
vaifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan,
har jihatdan
boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan
5
2.
O‘quv adabiyotidan foydalana oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera
oladigan va amaliyotda qo‘llay oladigan, mustaqil
fikrlash qobiliyatiga
ega
4
3.
Darslarda 95% gacha qatnashgan o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan,
adabiyotlardan foydalana oladigan
3
4.
Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan kam
o‘zlashtirgan o‘quvchilar.
2
2-ilova
Akvarium metodi
Ta’rifi:
4.
5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo‘ylab o‘tiradilar. Ular
– «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o‘tiradilar
(yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».
5.
Ichki doira a’zolari («baliqlar») o‘qituvchi taklif qilgan savolni faol
muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib
turadilar va savolni
muhokama qilayotgan biron O‘quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda
jarayonga kirishadilar: qo‘shimcha
qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar.
Shunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning
yoniga turib
olishi kerak.
6.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so‘ng ishtirokchilar
joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo‘ylab
o‘tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Afzalliklari:
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon
yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo‘shilish va undan chiqib ketishga imkon
beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi.
Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.