• I.BOB. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi 1.1. "Ikki eshik orasi", "Nur borki, soya bor" romanlarida inson konsepsiyasi
  • Ishning nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 61.78 Kb.
    bet4/7
    Sana16.05.2023
    Hajmi61.78 Kb.
    #60597
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kurs ishi gulnoza
    ADINA KURS ISHI, BOLTAYEVA UMIDA ONA TILI O\'QITISH METODIKASI
    Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan kelgusida muallif asarlarining yangi o‘rganilmagan tomonlarini tadqiq etishda, BMI va referatlar, maruza mantlari tayyorlashda, foydalanish mumkin.
    Tadqiqotning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi quyidagicha shakllantirildi: Kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.


    I.BOB. Yozuvchining o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi
    1.1. "Ikki eshik orasi", "Nur borki, soya bor" romanlarida inson konsepsiyasi
    Oʻtkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Doʻmbiravot mavzeida tugʻildi. Oʻ. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida oʻqish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi.
    Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkordir.
    Shu paytgacha yozuvchining “Poʻlat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motiʼlka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir boʻldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.
    Uning ''Ikki eshik orasi'', ''Dunyoning ishlari'', "Bahor qaytmaydi" kabi asarlari kitobxonlarning qalbidan joy olgan. Xuddi shunday asarlardan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Asar 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan.
    Asar o‘ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o‘lim tushagida yotgan bemorga o‘xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi... Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma'yus boqadi. Yer-ko‘kni kafandek oppoq tuman chulg‘aydi. Oq zulmat orasidan qarg‘alarning xosiyatsiz fig‘oni eshitiladi.
    Kuzning o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshatilishi, hazonlarning
    ingrashi, yer-u ko‘kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg‘alarning bexosiyat
    fig‘oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo‘lishiga ishora qiladi.
    Asar bosh qahramonlardan biri Rustam o‘qishni to‘xtatib armiyaga ketadi. Armiyadan esa urush bo‘layotgan Afg‘onistonga jo‘natiladi. U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi. Temur, Hayriddin, kabi o‘ziga o‘xshash yosh yigitlarning Afg‘oniston hududida bekordan-bekorga o‘lib ketishlariga, afg‘onlarning urushdan katta azob ko‘rayotganlariga guvoh bo‘ldi. Urush natijasida u kasallik chalindi.
    Asar voqealar markazida turgan qahramonlar: Rustam, uning otası, Komissar Soat G‘aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma'nisiz va alg‘ov -dalg‘ov o‘tdi...
    Rustam afg‘on urushi xotiralaridan qutula olmadi
    ... U O‘zi sevgan qiz Shahnozaga uylangan bo‘lsa ham, ikkalasi bir-birini qattiq sevsa ham ular baxtli bo‘lisha olmadi. Bu baxtsizliklarning asosiy sababi urushning salbiy ta'siri edi. Uyga qaytgandan keyingi ketma-ket adolatsizliklar, nohaqliklarga guvoh bo‘lishi, ayolining baxtsizligiga o‘zini aybdor his etishi uning fojiali o‘limiga sabab bo‘ldi.
    Komissar Soat G‘aniyev har bir kitobxonning qalbida nafrat uyg‘otadi. U otasining izidan borib, sovet komissari bo‘lib yetishadi. Yoshligidan ko‘plab insonlarning (Mahalladoshi Husan, To‘lagan) nohaq jazolanishiga sabab bo‘lgan, bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo‘lmaydi. U o‘tgan umridan afsuslanmaydi. dunyoqarashini o‘zgartirmaydi. Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli. U oddiy emas, o‘ta xavfli manqurt.
    Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog‘ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo‘ymaydi. Doktorlar man etishsaham o‘z bilganidan qolmay kundalik tashvishlarini bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi.
    Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim.
    "O‘ylab qarasam, o‘tgan umrim umr emas, tush ekan. Go‘yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko‘rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko‘rib.
    O‘sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg‘onishga esa qo‘rqqanman... Mana endi, uyg‘onib, yonverimga qarasam menga o‘xshaganlar ko‘p ekan... ''
    Yuqoridagi parchada Shomatovning o‘zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so‘ng ko‘zlari ochilib , umrlari yolg‘an taqdir asosiga qurilganligini kech bo‘lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan bo‘lsa kerak yozuvchi.Yolg‘on aqidalar, be'mani urush, qatag‘on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi...
    Said Ahmad ''Tushda kechgan umrlar'' asariga quyidagicha baho beradi.
    ''Romanni loqayd hayajonsiz o‘qib bo‘lmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qarg‘ish yog‘diradi''
    Haqiqatdan ham asarni shunchaki o‘qib bo‘lmaydi. Asardan chiqargan xulosam shu bo‘ldiki, afg‘on urushi insonlar boshiga ko‘plab kulfatlarni soldi. Qatag‘on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Bunga sabab nima edi. Javob bitta mustamlakachilik. Qachonki xalq, davlat mustaqil bo‘lsa uni bosqinchilar xohlagancha boshqara olmaydi. O‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaydi.
    O‘tkir Hoshimov o‘zbek xalqining eng mashhur va eng sevimli yozuvchilaridan biri. Adibning “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Nur borki soya bor”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki karra ikki - besh” kabi asarlari xalqimiz ko‘ngil mulkidan joy olgan. Sanab o‘tilgan asarlar orasida Istiqlolga erishganimizdan so‘ng yozilgan “Tushda kechgan umrlar” romani alohida o‘rin tutadi. 80- yillarning o‘rtalarida O‘zbekistonda markaz tomonidan «paxta ishi”, “o‘zbek ishi” nomlari bilan markaz tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish, unga barham berish niqobi ostida, aslida esa, “siyosiy tozalash” ishlari olib borildi Sho‘rolar davrida har o‘n yilda mana shunday “tozalash ishlari” olib borilgan. 80- yillar o‘rtalarida Moskvadan kelgan X. Gdlyan, I. Ivanov boshchiligida olib borilgan “O‘zbeklar ishi”da minglab o‘zbeklar qamoqqa olindi.
    O‘zbekistonga markazdan minglab mutaxassislar ko‘chirib kelindi. Xalqni qullik asoratida saqlab turish uchun bor imkoniyatlar ishga solindi. Shuni ta’kidlash lozimki, sobiq ittifoq boshidanoq soxta edi. Unga Respublikalar majburan birlashgan edilar. Sho‘rolar tuzumining qariyib yetmish yillik hukmronligi davrida to‘planib qolgan muammolar saksoninchi- yillarga kelib yuzaga chiqa boshladi. Endi ittifoqni kuch bilan boshqarish mumkin bo‘lmay qoldi. Mihayl Gorbochev hukumat tepasiga kelgach to‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun “Qayta qurish” siyosatini o‘tkaza boshladi. Stalin davridagi qatag‘onlar butun ittifoqni qamrab olgan bo‘lsa, qayta qurish davrida qatag‘on buluti faqat birgina millatni badnom etdi . “Paxta ishi” , “O‘zbeklar ishi” degan soxta uydirmalar o‘ylab chiqarildi. Maqsad ittifoqda avj olib ketgan boshboshdoqlik, qo‘shib yozish, korrupsiya kabi muammolarni O‘zbekiston misolida bartaraf etishga kirishildi.
    Kommunistik partiya rahbarlari O‘zbekistonni badnom qilish barobarida, boshqa respublikalarni ham qo‘rqitib qo‘yishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. 1985 - yil kommunistik partiyaning navbatdagi plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sho‘ro jamiyatini yangilash zarurligi borasida ko‘rsatmalar berdi. Natijada O‘zbekistonga “Kadrlar desanti” yuborildi. SSSR prokraturasi hodimlari, Gdlyan va Ivanov boshchiligida tergovchilar guruhi yeng shimarib ishga kirishdilar . 6 Tergovchilar o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishda, boqimandachilikda va hokazolarda ayblab, firqa va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha ta’qib ostiga oldilar. “Paxta ishi” natijasida yigirma besh mingga yaqin respublikamiz fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz tergovsiz qamaldi. Yillar davomida muttassil o‘tkazilib turgan qatag‘onlar, sobiq ittifoq va respublikamizda yuzaga kelgan tang vaziyat, milliy urf-odat va an’analarning toptalishi, hattoki yaqin qarindoshi vafot etganda uni so‘ngi manzilga kuzatishga borolmaslik va boshqa holatlar kishilarning ko‘zini ocha boshladi. Xalq orasida norozilik kayfiyati paydo bo‘la boshladi. Bu voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ta’sirlangan O‘tkir Hoshimov bu voqealarni badiiy asarga aylantirdi. Roman kuchli dard bilan yozilgan bo‘lib, unda biz tafakkuri teranlashgan, ijtimoiy dard-alamlari pishib yetilgan ijodkorni ko‘ramiz. Jamiyat hayotiga chuqur kirib borish, kishilar ruhiyatini nozik tasvirlash adibning boshqa romanlariga nisbatan, “Tushda kechgan umrlar”da yaqqol ko‘rinadi. Munaqqid A. Rasulov asar ruhi, mundarijasida mustaqillik samarasi sezilganligini quydagicha izohlaydi: “Tushda kechgan umrlar”da O‘.Hoshimov insonlar xarakterini yoritishda o‘zini zinhor cheklamadi. Sho‘ro davridagiday, buni aks ettirish mumkin emas, insonni asosan, ijtimoiy mohiyatini yoritish kerak degan yozilmagan qonunlar tazyiqi endi yo‘q”.1 1Bu asar Sho‘ro davrida yozilgan bo‘lganida zinhor chop etilmagan bo‘lardi. Chunki butun umrini Sho‘rolar davlatiga xizmat qilishga bag‘ishlagan, millatimiz farzandlarini o‘z qo‘li bilan «yot unsur”ga aylantirgan Soat G‘aniyevichdek kimsalar mustabid tuzum davrida ko‘kka ko‘tarilgan edi. Soat G‘anievich faqat obraz emas.
    Yozuvchi uning qiyofasida Sho‘ro davri ijtimoiy tuzumini ham aks ettirgan. Unga din va millat tushunchasi mutlaqo begona. U kezi kelsa, o‘z xotini va bolasidan ham gumon qiluvchi chekist. Mustabid tuzum o‘ziga mana shunday kishilarni tarbiya qilib voyaga yetkazgan edi. Romanda Rustam, uning suyukli xotini Shaxnoza va Rustamning ota-onasini asosiy syujet chizig‘iga yig‘ish orqali real hayot manzaralari tasvirlanadi.
    Asar Rustamning o‘limi voqeasi bilan boshlanadi. Voqealar rivoji davomida yozuvchi bosh qahramon o‘limi tafsilotini aniqlash barobarida rustamlar fojeasiga sabab bo‘lgan tuzumning mohiyatini ochib beradi. Inson bolasining tariqchalik qadr-qimmati yo‘qligi, ularning taqdiri tuzum yaratgan komissarlar qo‘lida xal bo‘lishini mahorat bilan ko‘rsatib beradi. Rustam kabi olijanob mard yigitning avji yigitlik pallasida o‘limni tanlab o‘z joniga qasd qilishi mantiqsizlikday ko‘rinadi. Lekin yaxshilab o‘ylab ko‘rilsa, bemaqsad Afg‘on urushi, uning minglab gunohsiz qurbonlari, «o‘zbek ishi” bahonasida xalq boshiga solingan qatag‘olar mantiqsiz. Rustam ana shu mantiqsizlikning qurboni. Suhbatlaridan birida yozuvchi bu xususida shunday deydi: “Sho‘ro zamoni oxirlab qolgan kezlar edi. Bir tomonda bemaqsad Afg‘on urushi boryapti. Ikkinchi yoqda “o‘zbek ishi” bahonasida xalqimiz boshida qatag‘on qilichi o‘ynayapti. Bir kuni Afg‘ondan, bir kuni mamlakat ichkarisidan askar yigitlarimizning “temir tobuti” kelib turibdi. Xuddi dahshatli tush kabi... ” Roman nomi ham bejiz bunday tanlanmagan. Adib 70 yil davomida mudroq holatda bo‘lgan, uyquda hayot kechirgan millatning ijtimoiy, ma'naviy holatiga ishora beryapti. Asarda ko‘p yillar kommunistik ahdiga sodiq yashagan Rustamning otasi tuhmat bilan qamalgandan so‘ng, o‘g‘liga yozgan xatida aytadi: “O‘ylab qarasam o‘tgan umrim– umr emas, tush ekan. Go‘yo men esimni tanib-tanimay birov uyqu dori ichirgan-u tush ko‘rib yuraverganman:goh shirin, goh xatarli tush ko‘rib, o‘sha “birov” qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman... uyg‘onishga esa qo‘rqqanman... mana endi, uyg‘onib, yonverimga qarasam, menga o‘xshaganlar ko‘p ekan...” Bu so‘zlar o‘zi yashab turgan tuzumning adolatsizliklarini ko‘rgan, nohaq jabr tortgan raisnigina emas, roman personajlarining barchasiga, ular timsolida esa minglab jabrdiydalarga ham tegishli.
    Ular bu qo‘rqinchli tushdan uyg‘onib amin bo‘ladilarki, ular ishongan g‘oyalar puch, bir umr e’tiqod qo‘yganlari sarob bo‘lib chiqdi. Adib bu tuzumning va unga ishongan odamlarning taqdiridagi ma’nisizliklarni shu tarzda ochib beradi. Romanda insonlar taqdiri orqali mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy mohiyati ochib beriladi.2. Yozuvchining aytishicha, “Tushda kechgan umrlar” romanidan bir qancha boblarni xorijda nashr etiladigan “Ikarus” jurnalida ingliz tilida e’lon qilishayotganda “U nimasi bilan sizlarga yoqadi?” deb so‘radim. “Unda siyosat yo‘q, ya’ni bu - kommunist, bu - fashist, bu - qizil, bu - oq, bu - Do‘st, bu - dushman, degan gap yo‘q. Bu asarda urush, inson, o‘lim, degan uchlik bor», deb javob qilishdi noshirlar3 . Darhaqiqat, urush va uning oddiy odamlarga keltirgan zararli oqibatlari haqida. Yozuvchi Afg‘on urushi mavzusiga qo‘l urushdan oldin Afg‘onga borgan yigitlarning ko‘pi bilan gaplashadi. Lekin asarni boshlashi juda qiyin bo‘ladi. Shu orada betob bo‘lib, kasalxonaga yotganida muhim bir voqea sodir bo‘ladi: “O‘shanda kech kuz - noyabr oyi edi. Balkonga chiqib, sigaret chekib tursam, ro‘paradagi - yong‘oqmidi, chinormidi, hozir eslolmayman - daraxtdan bir yaproq uzilib, uchib-uchib kelib, oyog‘im ostiga tushdi. Bosgan edim, “qisir-qisir” etib maydalanib ketdi. Shunda bo‘lajak romanning birinchi jumlasi tug‘ildi: “Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi, oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi”.
    Asarning musiqasi topildi! Shoshilinch bilan statsionardan chiqib ketib, “Tushda kechgan umrlar” romanini o‘ttiz kunda yozdim. Agar o‘qigan bo‘lsangiz, u boshdan oxirigacha hazin bir musiqaga o‘xshaydi: Rustamning qismati ham ma’yus musiqa, Shahnozaning qismati ham, urushda halok bo‘lgan Xayriddinning qismati ham ma’yus musiqa”4 . Shu tariqa adibning buyuk bir romani dunyo yuzini ko‘radi. Albatta roman yozilishining ko‘plab ijtimoiy omillari mavjud. 1990 yilda XXVIII syezd bo‘ladi. Unga O‘zbekistondan O‘. Hoshimov ham delegat bo‘lib boradi.
    O‘shanda Qirg‘izistonda “Ayrim tashkilotlar” qutqusi bilan qirg‘iz va o‘zbek xalqlari orasiga nifoq solingan, “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” deya bolalarimizni armiyada urib o‘ldirishayotgandi. Peshanamizga “Bosmachining bolalari, poraxo‘r, qo‘shib yozuvchi”, degan tamg‘alar bosilgandi. Syezd majlisida Islom Karimov “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” degan gap ozbek xalqiga, butun bir millatga nisbatan tuhmat ekanligini qattiq gapiradi.. Ertasiga O‘. Hoshimov ham shu masalada so‘zlab, keyingi paytda armiyadan O‘zbekistonga kelayotgan “ikki yuzinchi” yuklar (ya’ni temir tobut) ko‘payib ketganini, ularning aksariyati Afg‘onistondan emas, mamlakatning o‘zidan yuborilayotganini aytadi. Shunda s'ezdda qatnashayotgan generallardan biri: “Siz sovet Armiyasiga tuhmat qilyapsiz. Genshtabdan aniqlaymiz, agar gapingiz tasdiqlanmasa, tribunal oldida javob berasiz”, deydi. Shund yozuvchi “Tribunal emas, lozim bo‘lsa, sud oldida javob beraman, men harbiy emas, delegatman”, deya javob qaytaradi. General kech soat oltilarda yuqoridagi masala yuzasidan ma'lumot berishini bildiradi. Haqiqatan ham u soat roppa-rosa o‘n sakkizda minbarga chiqib. “O‘zbekistonga borgan “ikki yuzinchi” yuklar faloncha emas, pistoncha ekan”, deydi. Shunda zaldagilar: “Ikki yuzdan ortiq o‘lim kammi, bitta soldat bolaning o‘ligi borsa ham, fojia-ku bu!” deb qichqirib yuborishadi.
    Keyin millatimizning jonkuyar adibi O‘. Hoshimov minbarga chiqib. “Boyagi gapingiz uchun mendan emas, o‘zbek xalqidan kechirim so‘raysiz”, deydi. Bu gaplardan ko‘rinib turibdiki, ardoqli adibimizning bu mavzuga qo‘l urishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib qolmagan. O‘tkir Hoshimov o‘zigacha bo‘lgan boshqa yozuvchilardan farqli o‘laroq, urushdagi qahramonliklar haqida emas, uning asl qiyofasini, kulfatini, baxtsizligini ko‘rsatib berdi. “Tushda kechgan umrlar” romanida bir lavha bor. Rustam tankda ketayotib, o‘liklarni mashinaga ortayotgan askarlarni ko‘rib qoladi-da, to‘xtaydi. Tushib qarasa, uning eng yaxshi ko‘rgan do‘sti Temurning o‘ligini ham ortishayotgan bo‘ladi. Temurning afti tanib bo‘lmas darajada pachoqlab tashlangani uchun uni qo‘lidagi tatiurovkadan taniydi. Yana bir dahshatli holat: Temurning olati kesib olingan edi (Afg‘on urushida yaralanib qo‘lga tushgan askarlarnig qulog‘i, burni va boshqa a'zolarini kesib tashlash holatlari ko‘p bo‘lgan.)
    Buni ko‘rgan Rustam o‘zini bilmay qoladi, “quturib” ketadi... U bir hovliga tanki bilan bostirib kiradi. Hammayoq chang-to‘zon. Tankdan tushadi. Birpasdan so‘ng ishkom tagidagi qizil ko‘ylakka ko‘zi tushadi. Beixtiyor yaqin boradi. Qarasa, ko‘ylak emas, yiqilib yotgan ayol ekan. Rustam uning ustiga egiladi. “Qo‘rqmang, opa, biz sizga tegmaymiz”, deb yelkasidan tutsa, ayol yonboshga ag‘dariladi. Bu go‘zal ayolning o‘q teshgan bo‘ynidan oqqan qon yarim yalang‘och ko‘ksiga tushadi. Shu payt vayrona kulbadan bir yarim-ikki yoshlardagi ishtonchang bola chiqib, entak-tentak qadam bosib, ayolning boshiga keladi. “Mo‘rjona”, “mo‘rjona”, (“mo‘rjona”, - ona degani) deb, uni ema boshlaydi. So‘ng bosh ko‘taradi-da, chirqillab yig‘lab yuboradi. Bolaning og‘zidan sut emas, qon oqar edi! Yozuvchi sizu bizga ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan urushning noinsoniy qiyofasi xuddi shunday edi. Bunday fojiaga dosh berolmagan Rustam “Otaman!
    Hammangni otaman! O‘zimniyam otaman!” deb hayqiradi va hushidan ketib, kontuziya bo‘lib qoladi. Uning ruhiy holatidagi o‘zgarishda nafaqat yarador bo‘lishining, balki ana shu manzaralarning ham “hissa”si bor. U urushga bormasdi, uni majbur qilib yuborishdi. Balki Rustam o‘sha ayolni otmagandir, boshqa bir avtomatdan otilgan o‘q tekkandir unga.
    Lekin o‘lib yotgan ayolning gunohi nima? Urushga borib ota bo‘lish baxtidan mosuvo bo‘lib kelgan Rustamning gunohi nima? Urushda qornidan xanjar yeb o‘lgan Xayriddinning, Temurning gunohi nima? Va nihoyat, sut o‘rniga onasining ko‘ksidan qon emgan go‘dakning gunohi nima? Roman boshdan oyoq mana shu savollarga javob qidiradi.

    Download 61.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 61.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishning nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 61.78 Kb.