• II.BOB. "Tushda kechgan umrlar"- yaqin tariximizning badiiy talqini 2.1. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari
  • Yozuvchi ijodiy laboratoriyasida o‘tmish, bugun va kelajak tasviri uyg‘unligi




    Download 61.78 Kb.
    bet5/7
    Sana16.05.2023
    Hajmi61.78 Kb.
    #60597
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kurs ishi gulnoza
    ADINA KURS ISHI, BOLTAYEVA UMIDA ONA TILI O\'QITISH METODIKASI
    1.2. Yozuvchi ijodiy laboratoriyasida o‘tmish, bugun va kelajak tasviri uyg‘unligi
    Roman so‘ngida komissar hayoti poyoniga yetib qolgan bo‘lsada, biroq u, shu umri davomida shaxs sifatida shakllanmadi, balki sho‘ro mafkurasining «maxsus odami” sifatida yashab o‘tdi. Uning kuzi allaqachon kelgan. Lekin Komissar shunday tubanlashib ketganki, bu haqiqatni tan olgisi kelmaydi. O‘ylab qaralsa, uni hamma tark etdi. Naziradek ayol (xotini), farzandlari, kelinlari undan yuz o‘girdi. Keyingi xotinidan u vafo topmadi. Na bir do‘st, na bir suyanchiq qolmadi. So‘ngida esa, u e’tiqod qo‘ygan jamiyat, mafkura tanazzulga yuz tutdi. Shunday bo‘lsa-da, u aynan shu holatni-haqiqatni anglab yetishdan mahrum. Chunki, u, butunlay, inson qiyofasidagi hayvonga aylanib ulgurgan, har qanday insoniy his-tuyg‘ulardan mosuvo, “qotma” ga aylangan mahluq edi.
    Onadan tug‘ilmagan jonzot yo‘q. Jannatdan yer yuziga haydalgan Odam Ato, Momo Havo, Azozil va ilonni istisno qilganda, barcha jonzotni ona tuqqan. Hadislarida aytilganidek har bir go‘dak tug‘ilganda musilmon bo‘lib tug‘iladi. Ammo ulg‘aygan sari uning dini ham, fe’l-atvori ham o‘zgarishi mumkin. Bu muhitga, muhitdagi tarbiyaga bog‘liq. Ajabki, bo‘ritabiat komissarlarni ham ona tuqqan. Soatni ham iymoni butun ona dunyoga keltirgan. Biroq keyinchalik muhitning ta’siri bilan ularning hammasi oqpadarlik tavqi-la’natini bo‘yniga osgan. Buni komissar misolida ko‘rishimiz mumkin.
    Badiiy ijodda ruhiy tahlilning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Har qanday badiiy asarning darajasi unda inson qalbi haqidagi haqiqat qay yo‘sinda, qanday ifoda etilgani yoki tasvirlanganligiga ko‘ra belgilanadi. Badiiy asarlar markazidagi inson qiyofasi uning ruhiyati tahlili orqali ochib beriladi. San’atkor-ijodkorlar yaratgan asarlarga e’tibor qaratilsa, jahon adabiyotining yetuk durdonalari sanalmish asar mualliflari ruhshunos insonshunos sifatida qalam tebratganliklarining guvohi bo‘lish mumkin.
    II.BOB. "Tushda kechgan umrlar"- yaqin tariximizning badiiy talqini
    2.1. Urush fojiasining inson taqdiridagi mudhish manzaralari
    O‘zining minglab kitobxonlarini topgan O‘tkir Hoshimov asarlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki qardosh xalqlarning ham sevimli yozuvchisiga aylangan. Biz uning kitoblarini o‘qiganimizda ijodi xalq hayoti bilan naqadar yaqin ekanligining guvohi bo‘lamiz. Uning yozganlari afsona, ertak ham emas, sof haqiqat. Kitobxon unda yo otasi, yo akasi va yo yaqin kishisi bilan uchrashadi. Olamdan nom-nishonsiz o‘tib ketgan, ammo shon-sharaf bilan yashagan kishilar ko‘z oldimizga keladi. Ularning quvonchlaridan ko‘nglimiz ko‘tarilsa, g‘amu – alamlaridan ko‘zlarimizdan duv-duv yosh to‘kiladi.
    O‘tkir Hoshimov adabiyotga shaxsga sig‘inish barham topa boshlagan 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshlarida kirib keldi. O‘zining dastlabki asarlari bilan atoqli adib Abdulla Qahhor nazariga tushadi, xalq mehrini qozonadi. Aytish mumkinki O‘tkir Hoshimov omadli yozuvchi. U adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda ijtimoiy hayotda bo`lganidek, badiiy adabiyotda ham erkinlik shabadasi esa boshlagan vaqt edi. Bu paytga kelib yozuvchilar o‘z ko‘nglidagilarini ochiq aytmasa ham ancha erkin yoza boshladilar. Xuddi shu davrda O‘tkir Hoshimov asarlari birin- ketin dunyo yuzini ko`ra boshladi. Bir qator qissa va hikoyalari bilan xalq mehrini qozongan adib yetmishinchi-yillarning oxirlarida roman janriga qo`l urdi. “Ikki eshik orasi”, “Nur borki, soya bor” kabi romanlar tajribasidan so‘ng
    O‘tkir Hoshimov o‘zining so‘ngi romani “Tushda kechgan umrlar” qo‘l urdi. Badiiy adabiyotda psixologik-ruhiy tasvirning o‘rni benihoya kattadir. Yozma adabiyotda psixologik-ruhiy tasvir tushunchasi ostida adabiy qahramonlarning ruhiy olami, ichki dunyosi, orzu-o‘ylari, kechinmalari, kayfiyatlari hamda intilishlarini yuksak badiiylik asosida tasvirlash san’ati yotadi. Uning mohiyatini esa, qahramon xarakteriga xos xislatlarning, ruhiy olamining qay holda, qay vaziyatda ochilishi belgilaydi. Yozma adabiyotda psixologik tasvir anchagina chuqur va ko‘p qirralidir, ya’ni unda, nafaqat ruhiypsixologik tasvir, balki ruhiy tahlil hukmronlik qilish darajasiga yetadi. Ruhiy tahlil kuchli bo‘lgan adabiy-badiiy asarlarda har bir deta , xatti-harakat, epizod, har bir voqea u yoki bu qahramonning ichki-ruhiy olamini ochishga bo‘ysundiriladi. Inson ruhiyati juda keng olam bo‘lib, undagi hissiyot va tuyg‘ular ham anglab bo‘lmas darajada cheksizdir.
    Xuddi shu his-tuyg‘ular insonda ikki xil shaklda o‘z ifodasini topadi: birinchisi anglangan, ma’lum mantiqqa ega bo‘lgan, tashqi dunyoga nisbatan o‘zining qat’iy xulosa va yo‘nalishiga ega bo‘lgan tuyg‘ular. Bu tuyg‘u insonning jamiyatga, odamlarga, atrof-muhitga munosabati va bular haqidagi ma’lum tushunchaga ega bo‘lgan qarashlarni ifoda etadi. Bularning hammasini ong sintez qilib beradi, ya’ni ong bevosita ishtirok etadi. Ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud bo‘lgan, obyektiv olam bilan tinimsiz aloqaga kirishib turuvchi hislar. Bu kabi hislar inson ruhiyatining asosini tashkil etadi. Garchi biz biror ishni qilganda, gapirayotganimizda, o‘zimizni tutishimiz, holatlarimiz bizga anglangan, ma’lum bo‘lgan va xuddi biror mantiqqa bo‘ysunganday bo‘lib tuyulsa-da, ammo, shu hislarni yuzaga chiqaruvchi, shu tushunchalarga turtki beruvchi asosiy narsa-ong osti hislaridir. Inson ruhiyatida ongli faoliyat, ongli hislardan ko‘ra anglanmagan hislar ko‘lam jihatidan cheksizdir.
    Masalan, biz oldimizdan o‘tib ketgan mushukni payqamay qolsak-da, ong osti hislari uni o‘ziga qabul qiladi va ma’lum vaqtdan so‘ng uni o‘zi qabul qilgan ramzlar orqali tushimizga uzatadi. Shuning uchun ham tushimiz bizga hamisha g‘ayritabiiy tuyuladi. Tushdagi voqea, hodisa, holat yoki obraz aynan ong osti hislarining tashqi dunyoni qabul qilish ramzlari bo‘lib, odam ongli faoliyatdan to‘xtagan, ya’ni uyqu paytida bu hislar inson miyasiga o‘zi qabul qilgan ramzlarni tarqata boshlaydi. Har qanday adabiy-badiiy asar bilan o‘quvchi tanishar ekan, uning oldida eng birinchi va asosiy vazifa-badiiy asarni tushunish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Asarni tushunish uchun esa, o‘quvchi uni o‘qish asnosida muayyan qoidalar, qonuniyatlar asosida ish ko‘rishi zarur bo‘ladi. Bu qonuniyatlar asarga tegishli bo‘lgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan, tushunish masalasini osonlashtiruvchi bir qator omillardir. Bu omillardan biri, badiiy asarning ruhiyatiga kira olish, uning ruhiy olamini, qahramonlarning xarakterlari, ichki kechinmalari, o‘y-xayollari, ruhiy dunyosini anglash, demakdir. Badiiy asardagi har bir xarakter, xatti-harakatlar, detallar, voqealar rivoji, epizodlar orqali asar ruhiyati anglashiladi. Bu, nisbiy tushuncha. Chunki, badiiy asar ruhiyatini faqat yuqoridagi vositalar orqaligina tushunish mumkin, degan hukm noto‘g‘ri. Biroq, bu narsalar asarni to‘laroq tushunishda vosita rolini o‘ynaydi, xolos. Inson ruhiy borlig‘i, uning o‘y-kechinmlari, orzu-armonlari, maqsad-intilishlarini tasvirlash hamisha badiiy adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Tadrijiy takomillashib, rivojlanib kelayotgan o‘zbek romani qiyofasi hamda nufuzi kechagidan tubdan tafovutlanadi. Yangilanayotgan badiiy tafakkur miqyoslari yangicha talqinlarni idrok etishni taqozo etmoqda. Har bir davr badiiyat solnomasi mohiyatida millat orzulari aks ettiriladi. Davr hodisalari, zamon o‘zgarishlari inson qalbida aks-sado beradi. Ijtimoiymadaniy, siyosiy-adabiy kayfiyatlar oqimi qalbga yo‘naladi, uning zarblariga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar qalbning o‘ta shaxsiy, shu barobarda o‘ta ijtimoiy mahsuli bo‘lganligi bois, zamonning o‘zgarayotgani, tafakkurning yangilanayotgani unga ham o‘z muhrini bosadi. Badiiy asar mana shunday o‘zgarishlar, o‘sishlar tasvir oynasi. Unda g‘oya taraqqiyoti, inson ongi va ma’naviyati o‘sish tarixi, ijobiy yangilik kasb etish jarayonini kuzatish mumkin. Shunga ko‘ra bir davrda yaratilgan qahramon boshqa bir davrda yaratilgan qahramondan farq qiladi, bir ijodkor yaratgan xarakter o‘zga ijodkor qayta tiklagan iroda yo‘nalishidan tubdan tafovutlanadi. Biroq joriy qahramon tabiatida mushtarak jihatlar ham mavjudki, holat, eng avvalo, tarix falsafiy-badiiy tadqiqoti jarayonida yanada bo‘rtibroq ko‘zga tashlanadi. Har qanday badiiy asar ham aniq bir hayot haqiqatini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bunda yozuvchining iste’dodi, mahorati va matonati eng muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “Iste’dod-murakkab ijtimoiy muhit. Iste’dod-yozuvchining ijodiy kuchlari kompleksi va uning ijod qilish ishtiyoqi, shunga layoqati, qobiliyati”.5Shuning uchun ham iste’dodi yuksak adiblar asarlarida o‘z davrining ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etib turadi. Bu narsa esa asar qahramonlarining faoliyati va xarakter xususiyatlari orqali ifodalanadi. Illo, “Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. Badiiy asarni to‘laligicha namoyon bo‘lishi uchun qahramon va uning ruhiyati masalasi birinchi o‘rindagi masalalardan biri hisoblanadi. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanining voqealari kuz tasvirini berish orqali boshlanadi.
    E’tibor qilinsa, ijodkorning badiiy mahorati shunda ko‘rinadiki, voqealarni “...kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi...” tashbehi bilan boshlab, o‘quvchini keyinroqda yuz beradigan fojiyaviy vaziyatga ruhiy jihatdan tayyorlab oladi Bu romanda muallif voqealar tasvirida ularning tabiiy oqimini saqlashga intiladi. Asar voqealari zamirida salmoqli umumlashmalar, insonlar hayotining muhim tomonlarini ifodalovchi teran fikrlar mavjud. Muallif birinchi navbatda inson shaxsi, uning ruhiy dunyosi manzaralarini ustalik bilan chizadi. Ikkinchidan, urush atalmish ofatni qoralaydi, uning g‘ayriinsoniy mohiyatini ochib beradi. XX asrni qaritgan «...izm”lar insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Inson ruhi, qalbi va ma’naviyati siyosiy mafkuraning quliga aylantirildi.
    G‘ayriislomiy va g‘ayriinsoniy g‘oyalar doyaligida “pioner”, «komsomol”, “kommunist” singari mavjudotlar tug‘ildi. Mavjud siyosiy mafkura bilan “oziqlanib” ulg‘aygan bu avlodlar go‘yoki odamiyatning ideal vakillariga aylandi. Tabiiyki, ana shunday vaziyatda bu “vakillar” urush maydonlaridan, mehnat lagerlaridan, cho‘lu sahrolardan badiiy kitob sahifalariga ko‘chdi. Adabiy qahramonlarga aylandi. Ayni holat o‘zbek adabiyotida ham shaklan milliy, mazmunan “...izm”lar g‘oyasini tarannum etuvchi asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi.
    Asarni yaxshiroq anglashimiz uchun Bunda bizga, bu asar qahramonlarining taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘langanligi, ular ruhiy dunyosining o‘zaro uyg‘unligi, yaqinligi qo‘l keladi. Darhaqiqat asarda Rustam, Qurbonoy, Komissar, Sanjar, Shahnoza, Grisha kabi qahramonlarning taqdiri bir ipga chizilgandek, go‘yo. Yozuvchi “Tushda kechgan” umrlar romani orqali urush oqibatida inson ruhiyatida qanday g‘alayonlar kutilganligini ko‘rsatgan. Jumladan Rustam va Shaxnozaning Qatortoldagi qo‘shnisinikida bo‘lgan to‘y sahnasi o‘zbek millatiga xos ruhiy sifatlarning namoyon bo‘lish ko‘lami va teranligi jihatidan oldingi romanlardan also qolishmaydi.
    Romandagi to‘y epizodida orsizlik, qo‘rqoqlik singari tuban ma’naviy sifatlar milliy belgilar tarzida namoyon bo‘ladi. Yuzlab odamning birgina kelgindini andishasizligi oldida indamay bo‘yin egib turishi tasviri, yuraksizlik, o‘zbekdan qo‘y-odamlar tarbiyalashda yuksak natijaga erishganligining yorqin dalili bo‘lgan.



    Download 61.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 61.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yozuvchi ijodiy laboratoriyasida o‘tmish, bugun va kelajak tasviri uyg‘unligi

    Download 61.78 Kb.