O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish




Download 116,5 Kb.
bet4/7
Sana02.12.2023
Hajmi116,5 Kb.
#109817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish

AKADEMIK

  • AKADEMIK
  • PARPIYEV NUSRAT A’ZAMOVICh
  • 1931 yilda tugilgan, o`zbek, oliy ma’lumotli. 1953 yil O`rta Osiyo Davlat universiteti (xozirgi ToshDU) ning kimyo fakultetini tugatgan. 1958 yil kimyo fanlari nomzodi, 1974 yilda kimyo fanlari doktori bulgan. 1981 yil anorganik kimyo mutaxassisligi buyicha professor unvonini olgan. 1984 yil UzSSR FA muxbir a’zoligiga, 1995 yilda akademiligiga saylangan. UzR FA kimyo institutining direktor muovini, O’rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot institutining direktori, Buxoro texnologiya institutining rektori, ToshDU prorektori,1995 yildan Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor hamda UzR FA Prezidium a’zosi va kimyo texnologiya fanlari bulimining raisi vazifasida ishlagan. O’zbekiston Respublikasi "Oliy o’quv yurtlarining xabarlari" jurnaliga bosh muxarrir bulgan
  • Parniiv N.A. Anorganik kimyo sohasidagi yirik olimdir. U va u boshqargan ilmiy jamoa faoliyatining asosiy yunalishi oraliq metallarning yangi anorganik birikmalarini olish usullarini ishlab chiqish, tuzilishini aniqlash, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini urganishdan iborat bulgan.
  • Parpiyev N.A. va uning shogirdlari tomonidan 17 dan ortiq oraliq metallarning azotli, kislorodli va oltingugurtli ligandlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalari urganilgan. Molibden, reniy, volfram, vanadiy, temir va simoblarning kompleks hosil qilish xossalarini izchillik bilan o’rganish natijasida volfram birikmalarini molibdendan ajratishning yangi usuli ishlab chiqilgan, molibden, vanadiy, reniy, temir va simoblarning aniqlashning yangi metodlari topilgan, termik usulda tozalik darajasi yuqori bulgan molibden olish usuli yaratilgan. Bu ishlar amalda-ishlab chiqarishda qo’llanilgan va O`zbekiston qiyin eruvchan va issiqqa chidamli metallar kombinatiga joriy qilingan.
  • Parpiyev N.A. metallarning anorganik va kompleks birikmalari sohasida maktab yaratgan olimdir. Uning rahbarligi ostida 7 ta doktorlik va 28 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, 470 dan ortiq maqola, 7 ta monografiya, anorganik, 2 ta darslik nashr qilingan, ilmiy ixtirolar unun 22 ta mualliflik guvohnomalari olingan.
  • Parpiyev N.A. oraliq metallarning anorganik birikmalarini urganish buyicha O`zbekiston ilmiy maktabining rahbaridir. U asos solgan bu yunalish UzR FA kimyo instituti laboratoriyalarida, ToshDU, Buxoro texnologiya instituti anorganik kimyo kafedralarida muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda.

Download 116,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 116,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish

Download 116,5 Kb.