|
O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish
|
bet | 3/7 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 116,5 Kb. | | #109817 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish AKADEMIK - AKADEMIK
- USMONOV HAMDAM USMONOVICh
- (1916 - 1994)
- 1916 yilda tugilgan, o`zbek, oliy ma’lumotli. 1937 yilda 'O`rta Osiyo (xozirgi Toshkent) Davlat universitetini tugatgan. 1941 yilda kimyo fanlari nomzodi, 1954 yilda kimyo fanlari doktori bulgan. 1935 yidda O`rta Osiyo (xozirgi Toshkent) Davlat universiteti fizik kimyo kafedrasining asistenti, 1946 yil dotsenti va 1955 yilda professori bulgan. 1950 yilda Uz SSR FA kimyo institutida tabiiy polimerlar, laboratoriyasining mudiri, 1952 yil shu institut direktori, 1954 yil universitet, fizik kimyo kafedrasining mudiri, Uz SSR FA paxta va usimlik moddalar kimyosi «xozirgi usimlik moddalar kimyosi» institutida direktor bulgan. Shu yil Uz SSR FA ning muxbir a’zosi, 1966 yil akademigi bulgan. 1959 yil Uz SSR FA polimerlar, kimyosi (keyinchalik paxta kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot institutini) tashkil qilgan va uning direktori bulgan.
- Usionov H.U. O`zbekiston polimerlar kimyosi taraqqiyotnni boshaab bergan, makromolekulyar birikmalar kimyosi sohasida eng yirik olimlardandir. U olib borgan tadqiqotlar fan va texnikaning rivojlanishiga beqiyos xissa qo’shgan
- Usmonov H.U. Ulug’ Vatan Urushida qatnashgan. Ruminiya, Vengriya, Avstriya, Chexoslovakiya kabi davlatlarni ozod qilishda qatnashgan. Mardonavor xizmatlari uchun 2 marta «Qizil yulduz», «2 darajali Vatan urushi» ordenlari, «Budapeshtni ozod qilgan uchun va boshqa ko’plab medallar bilan mukofatlangan.
- Usmonov H.U. mohir pedagog, katta olim va yirik fan tadqiqotchisi bo’lgan. Ilmiy ma’ruzalar bilan 10 dan ortiq chet mamlakatlardagi anjumanlarda qatnashgan, mamlakatimizda polimerlar kimyosi buyicha utkazilgan yirik ilmiy anjumanlarning tashkilotchisi bulgan. Uning rahbarligi ostida 11 ta fan doktori, 120 dan ortiq fan nomzodi etishib chiqqan.
- Usmonov H.U. ilm va fandagi ulkan xizmatlari uchun 2 marta «Hurmat belgisi», «Mexnat Kizil bayroq» ordenlari, ko’plab medallar, nishonlar va Faxriy Yorliqlar bilan mukofotlangan. Unga "O`zbekistonda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi" Faxriy unvoni hamda A.Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
|
| |