O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish




Download 116,5 Kb.
bet6/7
Sana02.12.2023
Hajmi116,5 Kb.
#109817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish

AKADEMIK

  • AKADEMIK
  • NABIYEV MALIK NABIYEVICh
  • (1913 - 1995)
  • 1913 yilda tugilgan, o`zbek, oliy ma’lumotli. 1935 yilda Ivanovo kimyo-texnologiya institutini bitirgan, 1935-40 yillarda Donbassdagi Gorlovsk azot zavodida muxandis, 1940 yildan Chirchiq elektrokimyo kombinatida bosh muxandis, 1944-45 yillarda O`rta Osiyo industrial (xozirgi Toshkent kimyo-texnologiya) instituti anorganik moddalar texnologiyasi kafedrasida mudir vazifalarida ishlagan. 1951 yilda texnika fanlari nomzodi, 1955 yilda texnika fanlari doktori bulgan va 1956 yilda professor unvoniga sazovor bulgan.
  • Nabiyev M.N. 1951 yilda O`zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi kimyo institutida ugitlar kimyosi va texnologiyasi laboratoriyasini, 1966 yilda bu laboratoriya asosida ugitlar kimyosi va texnologiyasi bulimini tashkil qilgan va uni boshqargan. 1956 yil O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining akademigi qilib saylangan.
  • Nabiyev M.N. mineral ugitlar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi yirik va taniqli olimdir. Uning rahbarligi ostida kompleks azotli-fosforli-kaliyli, suyuq polimerli, xlorsiz ugitlar, defoliantlar, paxta vilti kasalligiga qarshi ishlatiladigan preparat yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlash kimyosi va texnologiyasini, superfosfatni ammoniylashtirish usullarini ishlab chiqqan. Bu tadqiqotlarning natijalari uning «Fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlash», "Qoratog’ fosfatlaridan ammoniylashtirilgan superfosfatni olish», «Tyubegatan kaliyli tuzlar» kabi monografiyalar kiritilgan.
  • Nabiyev M.N. uz shogirdlari bilan vilt kasalligiga qarshi qo’llanadigan preparat-UDM seriyasidagi defoliant va desikant, "Sihat" defoliantlarni yaratgan va paxtachilikka joriy qilgan, 13 ta monografiya, 129 ixtiro, 460 ta ilmiy maqolalarni e’lon qilgan. Uning rahbarligi ostida 7 ta doktorlik va 96 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan.
  • Nabiyev M.N. O`zbekiston SSR davlat plan qo’mitasi raisining urinbosari O’zbekiston KPMK fan, oliy o’quv yurtlari, maktablar, hamda sanoat, transport va aloqa bulimlarining mudiri, "O`zbekistan kimyosi" jurnalining bosh muxarriri bulgan. "Oktyabr revolyutsiyasi", 3 marta "Mexnat Qizil Bayroq", "Hurmat belgisi" ordenlari, medallar va Faxriy Yorliqlar bilan mukofotlangan. "O`zbekiston SSRda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi" faxriy unvoni, A. Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofotini olgan.

Download 116,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 116,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish

Download 116,5 Kb.