|
O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish
|
bet | 5/7 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 116,5 Kb. | | #109817 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish - O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR
- AKADEMIYaSINING MUXBIR A’ZOSI
- ASQAROV MIRHOJI ASQAROVICh
- 1931 yilda tugilgan, o`zbek, oliy ma’lumotli. 1953 yilda Moskva engil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. 1957 yil kimyo fanlari nomzodi, 1967 yilda kimyo fanlari doktori bulgan. 1974 yilda O`zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi etib saylangan.
- Asqarov M.A. O`zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi institutida polimerlar sintezi laboratoriyasini, Toshkent Politexnika institutida polimerlar laboratoriyasini tashkil qilgan va ularga rahbarlik qilgan.
- 1988 yildan O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Polimerlar Kimyosi va fizikasi institutining direktori bulgan.Asqarov M.A. polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohasida kuzga ko’ringan yirik olimdir. Uning ilmiy ishlari aromatik diaminlarning alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlanish, yangi monomerlarning polimerlanish reaksiyalarini chuqur va har tomonlama urganishga, tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo’lgan plastmassalar olingan va ularning xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
- Asqarov M.A. parda hosil qiluvchi polimerlar xossalarini yog sanoati chiqindilaridan olingan stabilizatorlar ta’sirida yaxshilash asosidagi ishlarni polimer pardalar va linoliumlar ishlab chiqarishga joriy qilgan.
- Asqarov M.A. AQSh, Fransiya, ispaniya, Gollandiya, Vengriya, Hindiston, Turkiya va Belgiya kabi davlatlarda utkazilgan anjumanlarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.Asqarov M.A. polimerlar kimyosi va texnologiyasi bo’yicha O’zbekiston ilmiy maktab yaratgan olimdir. Uning rahbarligi ostida 14 ta doktorlik, 30 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U uz shogirdlari bilan 500 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qilgan, 12 ta ilmiy monografiya va darsliklar yozgan, ilmiy ixtirolar uchun 115 ta mualliflik guvohnomalarini olgan. Uning "Sintetik polimerlar kimyosi", "Polimerlar fizikasi va kimyosi" kitoblari oliy o’quv yurtlarida darslik sifatida qo’llanilgan.
- Asqarov M.A. Toshkent Politexnika (xozirgi kimyo texnologiya) hamda Toshkent Tekstil va Engil sanoati institutida talabalarga dars bergan.
- Asqarov M.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi rayosati a’zosi, ixtisoslashgan ilmiy Kengash raisi, "O`zbekiston kimyo jurnali" bosh muxarririning urinbosari bulgan.
- Asqarov M.A. kimyo fanini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Faxriy Yorliqlari bilan mukofotlangan.
|
| |