Usta usmon zufarovning ijodiy faoliyati




Download 351,34 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2024
Hajmi351,34 Kb.
#136947
1   2   3
Bog'liq
Cholg\'u tarixi fanidan

Usta usmon zufarovning ijodiy faoliyati

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, mohir sozgar Usta Usmon Zufarov (1894-1981) 1943-yildan 1949-yilga qadar sohaviy ilmiy - tadqiqot eksperimental
laboratoriyasida faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida bir qator o‘zbek xalq cholg‘ularini zamonaviy ijrochilik talab darajasiga
moslashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy maqsad - cholg‘ularning ovoz tarovatini kuchaytirish va xas pardalar yordamida diapazonini kengaytirishdan Usta Usmon Zufarov iborat edi. Natijada turli shakldagi rubob lar, kosasi ikki va uch qavatdan iborat bo‘lgan dutorlar yaratildi. Shuningdek, g‘ijjak va chang cholg‘ulari ustida ham izlanishlar olib borildi.

Tajribaviy ruboblar Tajribaviy dutorlar

Usta Usmon Zufarov cholg‘ularning ovozini kuchaytirish maqsadida dutor va tanbur qopqog‘ining tagiga ikki tomonidan uch qatordan qo‘shimcha sado berib turuvchi simlar tortgan. Bu tajriba ijro paytida qopqoq tagidagi torlar aks-sado berishi natijasida tovush tembri yanada kuchayadi degan maqsadda amalga oshirilgan edi. Shuningdek tanbur dastasi va g‘ijjak kosasining tagiga yog‘och karnaylar o‘rnatgan. Bu ham bo‘lsa ovoz tarovatini kuchaytirish maqsadida qilingan izlanishlardan biri edi. Bu cholg‘ular ham o‘sha paytda ansambl tarkibida qo‘llanilgan, lekin bizgacha etib kelmagan. Cholg‘ular ham o‘z shakliga nisbatan ancha kattalashtirilgan bo‘lsada, ammo ijrochilik amaliyotida ko‘zlangan natijani bermagan edi.
U.Zufarov birinchilardan bo‘lib, Yu.Rajabiy buyurtmasiga asosan ansambl jamoasi uchun past registrli cholg‘ular, ya’ni “katta dutor”, “katta tanbur” va “katta g‘ijjak”larning bir necha turlarini yasaydi. Ular 1934-1936 yillar davomida Yu.Rajabiy rahbarligidagi ansambl tarkibida qo‘llaniladi va kutilgan natajaga erishilmagandan so‘ng jamoa tarkibidan chiqarib tashlanadi. Shundan so‘ng U.Zufarov faqatgina cholg‘uning hajmi uning tembr o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmasligini tushunib etadi.
Usta butun umri davomida cholg‘ularning yangi turlarini o‘ziga xos betakror bezak va nafis yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan hamohang ravishda yasash bilan shug‘ullangan. Bu cholg‘ular bugungi kunda U.Zufarov ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasining “Davlat noyob ilmiy ob’ekti”da nodir eksponat sifatida saqlanmoqda.

Usta Usmon Zufarov tomonidan yaratilgan katta dutorlar va katta g‘ijjaklar
Usta U.Zufarovning ishlari milliy musiqiy sozlarimizning sifat darajasini oshirishga katta yordam berdi va hozirgi kunga qadar bu cholg‘ular barcha sozgar ustalarga namuna (etalon) sifatida xizmat qilmoqda. Usmon Zufarovning noyob va betakror cholg‘ularida nafaqat O‘zbekistonning, balki xorijiy mamlakatlarning ham mutaxassislari va musiqa ixlosmandlari sevib ijro etmoqdalar. Ularning dutorlari (hamda tanburlari) boshqa ustalarning ishlaridan farqlanishi uchun bo‘g‘zida (dasta va kosani birlashtiruvchi qismida) gul va bulbul siymosining yog‘och o‘ymakorlik san’ati orqali aks ettirilgan. Bu esa faqatgina ustaning o‘ziga xos bo‘lgan ramziy belgisi hisoblanadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Usta Usmon Zufarov taniqli xalq ustalari qatoridan joy olgan. Ustaning nomini nafaqat O‘zbekiston sozandalari-yu xonan- dalari balki xorijiy hamkasblarimiz ham faxr bilan tilga oladilar. Qo‘qonda usta Mo‘minbek va usta Haydarning
nomlari mag‘rurlik bilan tilga olinardi.


Download 351,34 Kb.
1   2   3




Download 351,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Usta usmon zufarovning ijodiy faoliyati

Download 351,34 Kb.