• KASB ETIKASI”. ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALI XUSUSIYATLARI Kasb bayrami: 1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni!
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet55/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    Topshiriq. “O‘z kasbining yetuk mutaxassisi” mavzusida matn tuzing.Matnni yuqoridagi nazariyalar asosida tahlil va tahrir qiling.

    8-AMALIY MASHG‘ULOT
    MAVZU: “KASB BAYRAMI”. MATN MAZMUNINING QISQACHA BAYONI(REZYUME), UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING XUSUSIYATLARI. “SHARQ AKADEMIYALARI”. REFERAT MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALI XUSUSIYATLARI. “ILM SARI YO‘L”. TAQRIZ MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALI XUSUSIYATLARI. TAQRIZ MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALI XUSUSIYATLARI.KASB ETIKASI”. ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALI XUSUSIYATLARI


    Kasb bayrami: 1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni!
    USTOZ, O‘QITUVCHI, MURABBIY!
    Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilm-u ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni.
    Ustozlar hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir. Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Vatanimiz ma’rifiy tizimini shaklan va mazmunan boyitdi, o‘qituvchining Vatan ravnaqida tutgan o‘rnini belgilab berdi.
    Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanmoqda: 1997-yildan buyon 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.
    Qalblarga ezgulik urug‘ini qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi. Bunday mas’uliyatli ishni ado etuvchilar o‘qituvchi-murabbiylardir!
    Muallim — kamolot ichra ko‘zgudir, deyilishi ham bejiz emas, albatta. Ustoz bizga hayotning mashaqqatlarini, egri-bugri so‘qmoqlarini, xursandchiliklarini, umuman, hayotning mazmunini o‘rgatuvchi zotdir.
    Shuning uchun ham muallim ko‘ngillarni yorituvchi, hayotga ziyo bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanadi.
    Agar dunyodagi barcha boyliklarni yig‘sak ham, ustozlar oldidagi qarzlarni uzishga yetmaydi. Navoiy hazratlari ta’kidlaganidek, Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
    Zotan, ustozga boylik kerak emas. Unga shogirdlarining e’tibori, ularning biror martabaga erishgani va xalqi uchun kerakli inson bo‘lishini bilishning o‘zi kifoya.

    Download 0,59 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.