|
Topshiriq. Egallamoqchi bo‘lgan kasbingizning sohaviy terminlari ro‘yxatini tuzing.
Iqtidor va mehnat
|
bet | 52/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgTopshiriq. Egallamoqchi bo‘lgan kasbingizning sohaviy terminlari ro‘yxatini tuzing.
Iqtidor va mehnat
Zehn va iqtidor bilimlarni egallashdagi eng muhim xislatlardir. Inson umrining 18 yoshidan 25 yoshgacha bo‘lgan davri uning eng ziyraklik davri, 30 yoshidan 39 yoshgacha ijodiy iqtidorning barq urgan davri hisoblanar ekan. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sinoning o‘z tarjimayi holida: «Men biror kecha oxirigacha uxlamas, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim», deb qayd etilgan. Kishi katta bo‘lgani sari oqil, tajribali, ilmga beriluvchan bo‘lib borar ekan. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlarning ko‘pchiligi o‘z kashfiyotlarini 30 yoshdan keyin yaratganlar.
Har bir inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi kerak. Bu maqsad kishi irodasini tarbiyalashga yordam beradi. Sizning o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz, avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir. Buning uchun har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishingiz, fikringizni chalg‘itadigan narsalardan voz kecha olishingiz kerak. Agar shunday qila olsangiz, irodangiz ham mustahkamlanadi, jasoratli bo‘lib yetishasiz, maqsadga ham yetasiz. Siz uchun yana bir narsa – o‘z qiziqishlaringizni aniqlab olish juda muhim. Bu sizga kelajak yo‘lingizni to‘g‘ri tanlab olishingizga yordam beradi. Kimki o‘z sevgan kasbini egallash uchun astoydil o‘qib-o‘rgansa, kelajak hayotda o‘z o‘rnini topishi oson bo‘ladi. Demak, intilganga tole yor bo‘ladi.
Matnga so‘z va termin tanlash
Ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish; -terminlarningo‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularninng ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar. Umuman ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash nutq madaniyatining, kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi. So‘z va termin tanlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur: - so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash; - tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish; - so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini hisobga olish; - terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni maqsadga muvofiq tarzda tanlash; - baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash; - terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash; - so‘z va terminni matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Tahrir so‘zi arabcha bo‘lib, yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish ma’nolarini anglatadi.
Matn tuzishda so‘z va terminlarga alohida ahamiyat berish lozim. So‘zlarning lug‘aviy ma`nosini bilgan holda ishlatish, terminlarni to‘g‘ri va to‘liq talaffuz eta olish, matnga mos terminni tanlash kerak.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- nutq uslubini to‘g‘ri tanlash;
- imlo qoidalariga e`tibor berish;
- noma`lum terminlarning izohini berish;
- o‘rinsiz takrorlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- ixtisoslikka oid terminlardan o‘rinli foydalanish.
Topshiriq. Iqtidorni shakllantiish borasidagi fikrlaringizni yozma bayon qiling. Matnga so‘z va termin tanlashda nimalarga e’tibor berganingizni so‘zlab bering.
|
| |