O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




Download 0,59 Mb.
bet50/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

1-topshiriq. Yuqoridagi ustoz – shogird haqidagi xalq hikmatlari va maqollardan namunalar o‘qing va sharhlang.
2 -topshiriq. Ustoz va murabbiylar haqida monologik nutq matni tuzing.


Kasbim tarixi
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Binobarin, mustaqillik tufayli, ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir.
O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoniyati cheklangan. Chunki, Qutayba rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan janglar, talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik karashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir. Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovrupo pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilm-u fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hurfikrlilik bizdan boshlangan. «SharqYevropaning muallimidir» deb bekor ta’riflamagan edi olmon olimi Xerler. Haqiqatdan ham,o‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish lozim.
VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Al-Farg‘oniiy, Al-Beruniy, ibn Sino, az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ular bilan yonma-yon dunyoviy olimlar tug‘ildi. O‘sha ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda,Insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy qarashlarini o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. X-XV asrlarga kelib Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon singari allomalarni yetkazib berdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Oktabr to‘ntarishidan keyin, ya’ni 1917-yildan boshlab Turkiston mintaqasida «yashin tezligida» Sho‘ro hokimiyati o‘rnatila boshladi. Bu tuzum kommunistik firqa mafkurasini targ‘ib va tashviq qildi.
Sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish va ularni mustahkamlash vazifalari ko‘ndalang qo‘yiladi. Unda yoshlar ongiga yangi jamiyat g‘oyalarni singdirish, shu ishlarni amalga oshiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga e’tibor berildi. Shu ishlarni amalga oshirishda Rusiya xalq ta’limi yo‘nalishi va tizimi rahbarlik qilgan. Tarixdan ma’lumki, qaysi davlat eski mamlakat hukmron bo‘lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o‘z mafkurasini, madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilingan.
1924-yilda oktabr oyida Turkistonning parchalanishi oqibatida milliy madaniyat yo‘li asta-sekin to‘sila boshladi. Asrlar osha amalda qo‘llanilib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin grafikasi, keyin rus grafikasi asosiga qurilgan yozuvga o‘tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarini o‘z madaniyat tarixini o‘rganish imkoniyatidan mahrum etildi.Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni karim, Muhammad alayhissalom hadislari
ta’qib ostiga olindi.
1991 -yilga kelib, O‘zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o‘zining yangi milliy Qomusi asosida o‘zbek milliy fani va madaniyati, «pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondoshish imkoni tug‘ildi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o‘rgatadi. O‘tmishning pedagogik sistemalarida bo‘lgan ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi fani ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.



Download 0,59 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

Download 0,59 Mb.